|
Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti Pdf ko'rish
|
bet | 225/386 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 8,59 Mb. | | #257248 |
Bog'liq qorakolBuxoro-6.
O’zPITI Buxoro filialida turlararo duragaylash yo’li bilan yaratilgan, o’rtapishar.
Ko’sakdagi paxta massasi 7,2 g. Tola chiqishi 36,5 foiz, tola uzunligi 34 mm, tolaning pishiqligi 4,5-
4,6 gk, nisbiy uzilish kuchi 28,3 gk/teks.
Omad.
G.S.Zaysev nomidagi g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutining olimi
R.Kim tomonidan yaratilgan. O’suv davri 115- 118 kun. G’o’zaning bo’yi 80-90 sm ga boradi.
Ko’saklar tanaga yopishgan holda joylashgan. Ko’sak massasi 5,0-5,5 g. Hosildorlik 40 sentnergacha.
Tola chiqishi 35-36 foiz. Tola uzunligi esa 33-34 mm ni tashkil qiladi. Tolasi V-tipga mansub.
Mikroneyr ko’rsatgichi 4,5-4,6.
Suvga talabi o’rtacha, vilt bilan zararlanishi 5-8 foizni tashkil qiladi. Mineral o’g’itlarga o’rtacha
talabchan.
«Buxoro-102»
g’o’za navi O’zPITIning Buxoro filialida Mualliflari: S.I.Maxsudov,
B.O.Mislimov, E.Mavlonov va boshqalar tomonidan yaratilgan. O’suv davri – 115 -124 kun,
hosildorligi – 45-50 s/ga, tola chiqishi – 37-38 %, tola uzunligi – 33,0-34,0 mm, tola pishiqligi – 4,4-
4,5 gk, tolaning nisbiy uzilish kuchi – 26,5-27,0 gk/teks, bir dona ko’sakdagi paxta vazni – 7,0-8,0 g,
1000 dona chigit vazni – 123-130 g, tolaning metrik raqami – 6000-6004, mikroneyer ko’rsatkichi –
4,3-4,4, viltga chidamligi – chidamli, tola tipi – IV
«Sulton»
g’o’za navi O’zbekiston g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutida
Mualliflar: Namazov Sh., Ibragimov P.Sh., Muratov U. tomonidan yaratilgan. F4(F1G.thurberi x
G.raimondi)x G.hirsutum.L. turlararo duragayidan ko’p martalik tanlash yo’li bilan yaratilgan. O’suv
davri 115-120 kun, poyasining balandligi– 130-140 sm, hosildorligi– 40-45 s/ga, ko’sagining vazni
– 6-6,5 g, tolasining uzunligi -33-34 mm, mikroneyr ko’rsatkichi - 4,5-4,6, tolasining chiqimi – 36
%, tolasining mayinligi – 6250-6700, tolasining uzulish uzunligi– 28,0-28,5 gk/teks, tolasining tipi –
V.
|
| |