• G.hirsutum L
  • G.barbadenseL
  •  G’o’zaning respublikamizda keng tarqalgan turlari




    Download 8,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet223/386
    Sana30.05.2024
    Hajmi8,59 Mb.
    #257248
    1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   386
    Bog'liq
    qorakol

    15.9. G’o’zaning respublikamizda keng tarqalgan turlari: 
    G’o’zaning 37 ta turi mavjud bo’lib, shundan 4 tasi madaniy hisoblanadi. Bular G.xirzutum, 
    G.barbadenzi, G.xerbaseum, G.arboreumlardir. Madaniy tur g’o’zalardan asosan G.xirzutum (o’rta 
    tolali g’o’za) va qisman G.barbadenzi (ingichka tolali g’o’za) lar ekilib kelinmoqda. 


    297 
    G.hirsutum L – 
    dastlabki tarqalish joyi Markaziy Amerika bo’lib-Meksika hududidir. Shuning 
    uchun ham Meksika g’o’zasi nomi bilan yuritildi. Bu tur jahonda keng tarqalgan va asosiy 
    maydonlarni egallaydi. Tur ko’pgina mamlakatlarning sug’oriladigan va lalmi dehqonchiligida 
    ekiladi. Uning hisobiga dunyoda yetishtirilayotgan tolaning 70 % to’g’ri keladi. O’suv davri 100-150 
    kungacha, ko’sak yirikligi 3-12 g gacha, tola uzunligi 20-42 mm gacha, tola chiqishi 25-42-45 %. 
    Gommoz va vilt bilan kasallanadi. 
    G.hirsutumL turi 
    G.barbadenseL
    – dastlabki tarqalish va kelib chiqish mintaqasi tropik mamlakatlar Peru, 
    Braziliya, Boliviya va ularga yondosh mamlakatlar, xususan Barbados orolidir va uning nomiga 
    monand barbadenze deb ataladi. Barbedenze turi Peru g’o’zasi ham deyiladi. Bu g’o’za xirtuzumga 
    nisbatan kam tarqalgan bo’lib, Misrda ko’proq ekiladi. Sudan, Turkiya, Eron, MDX 
    mamlakatlarining ba’zilarida ham ekiladi. Barbadenze Si Ayland nav tipiga mansub bo’lib, Misrning 
    qimmatli navlari bazasida kelib chiqib tarqalgandir. 
    Bu tur g’o’za dunyo tolasining 9-10 % tashkil etadi. O’suv davri 135-140-170 kundan ko’proq. 
    Ko’sak yirikligi 2,5-4 g, ko’proq 3-3,5 g, tola uzunligi 27-60 mm, tola chiqishi 20-39 %. Fuzarioz 
    vilt bilan kasallanadi, gommoz bilan ham kasallanishga moyil.
    G.barbadenseL turi 
    Ma’lumki, paxta tolasiga asosiy iste’molchi to’qimachilik sanoati bo’lib hisoblanadi va ular qayta 
    ishlangan tolani ma’lum bir talablar asosida qabul qiladi (2-jadval). 
    Mustaqillik yillarida quyidagi 175-F, S-6524, S-4727, Chimboy-3010, An-O’zbekiston-3, 
    Samarqand-3, Toshkent-6, Yulduz, An-Bayavut-2, Oktyabr-60, Qirg’iziston-3, Andijon-9, Toshkent-
    1, Andijon-60, Buxoro-6, S-9070, Namangan-77, Oqdaryo-5, Oqdaryo-6, Omad, Buxoro-102, S-
    6541, Oqdaryo-8, S-8584, Sulton, Buxoro-8, Ibrat, Barhayot, Porloq kabi g’o’za navlari ekilgan va 
    ekilmoqda.

    Download 8,59 Mb.
    1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   386




    Download 8,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     G’o’zaning respublikamizda keng tarqalgan turlari

    Download 8,59 Mb.
    Pdf ko'rish