Talabalarning Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish fanini o‘zlashtirishlari
uchun o‘qitishning zamonaviy usullaridan foydalanish, ilg‘or axborot va pedagogik texnologiyalarni tatbiq
qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar,
texnologiyalar majmuasi, elektron materiallar foydalaniladi. Ma'ruza, amaliy mashg‘ulot darslarida mos
ravishdagi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi.
“Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish” fanini loyihalashtirishda quyidagi asosiy
konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim. Bu ta'lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta'lim
jarayonining barcha
ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta'limni
loyihalashtirilayotganda, albatta,
ma'lum bir ta'lim
oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq
o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.