|
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \Bog'liq BuxgalteriyaTizimli yondoshuv. Ta'lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i
lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarining o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta'lim
oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va
imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta'limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning
natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta'limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi
faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga
e'tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta'lim. Ta'lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta'lim oluvchi
faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob'ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish
usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda
qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta'minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash - yangi kompyuter va
axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.
O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma'ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta'lim,
keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.
O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot, hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga
asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O‘qitish vositalari: o‘qitishning an'anaviy shakllari (darslik, ma'ruza matni) bilan bir qatorda –
kompyuter va axborot texnologiyalari.
|
| |