|
Tarmoq mahsulotlari bozorini tahlil Pdf ko'rish
|
bet | 122/230 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 4,03 Mb. | | #122991 |
Bog'liq 9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmRTarmoq mahsulotlari bozorini tahlil etuvchi qismida, hududda, xo‘jalikda sotilgan, kelajakda
sotilishi mumkin bo‘lgan mahsulot turlari, miqdori, sifati, bahosi to‘grisidagi ma'lumotlar batafsil
ko‘rsatilishi lozim. Shu o‘rinda xo‘jalikning bozordagi o‘rni ko‘rsatilsa, yanada yaxshi bo‘ladi. U
xo‘jalikda sotilgan mahsulot miqdorini shu hududda yoki tumanda sotilgan shunday mahsulot
miqdoriga taqsimlab, 100 ga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Agarda bu ko‘rsatkich ortib borsa
unda, xo‘jalikning bozordagi o‘rni rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Undan xo‘jalikning
bozordagi mavqyei qanday o‘zgarayotganligini ko‘rish mumkin. Bu erkin bozor sharoitidagi eng
muxim shartlardan biridir. Chunki bozorda o‘rni yuksalayotgan xo‘jalik raqobatbardosh hisoblanadi
va u kelajakda samarali rivojlanadi. Shu qismda raqobatchilar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar,
xo‘jalikning tashqi bozorga chiqish imkoniyatlari, masalan, paxta tolasini, qorako‘l terisini, sabzavot
hamda bog‘dorchilik mahsulotlarini sotish bo‘yicha imkoniyatlar ham asoslangan xolda ko‘rsatilsa
foydadan holi bo‘lmaydi. Lekin yuqoridagi masalalarga oid ma'lumotlar qishloq xo‘jalik
korxonalarida e'lon qilinmaydi. Ma'lumotlar taqchilligi mavjud. Uni hal etish uchun esa Respublika
radiosi, ro‘znomalari o‘z hissalarini qo‘shishlari lozim. Tadbirkorlar ma'lumotlarni birjalardan,
ro‘znoma va oynomalardan, radio, televidenie xabarlaridan olishlari mumkin.
Rejaning mazmuni kismida xo‘jalik ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarning ichki va
tashqi raqobatchilar mahsulotlaridan farqlari, afzalliklari (sifati, bahosi, xarajati va boshqa),
tovarlarining belgilari, ularni sotish bo‘yicha mavjud bo‘lgan litsenziyalari hamda mahsulotlarni
eksport qilish imkoniyatlari bo‘yicha ma'lumotlar to‘liq keltirilishi lozim. Masalan, xo‘jalik paxtaning
ma'lum bir navini yetishtirish bilan shug‘ullansa, uni yuqoridagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshqa navlar
bilan bir jadvalda taqqoslab berish kerak. Shunda ularning farqlari, afzalliklari yakkol ko‘rinadi. Shu
qismda ishlab chiqarishning qanday joylashganligi, mahsulotlarni sotishga chiqarish imkoniyatlari
to‘grisidagi ma'lumotlar keltirilishi kerak. Masalan, paxta qaerda yetishtiriladi va u qaerda qayta
ishlanadi, ya'ni tolaga aylantiriladi. U joyning temir yo‘l, avtomobil yo‘li, havo hamda suv yo‘liga
yaqin-uzoqligi, qulayligi ko‘rsatilishi zarur. Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning
chakana va ulgurji savdo maskanlariga yaqinligi ham ko‘rsatilishi kerak. Rejaning shu qismida
191
xo‘jalikni kelajakda rivojlantirish uchun talab etiladigan kapital qo‘yilmalar va shular evaziga barpo
etiladigan barcha turdagi ob'ektlar, ularning afzalligi va samaradorligini ifodalovchi ma'lumotlar ham
keltirilishi lozim. Nihoyat, bu qismda rejaning bajarilishini ta'minlovchi asosiy omillar, yo‘llar
ko‘rsatiladi.
|
| |