190
ko‘rsatayotgan hamda yangidan tashkil etilayotgan xo‘jaliklarniig hammasida tuziladi. U xo‘jalikning
bir yillik faoliyati bo‘yicha yoki ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha alohida tuzilishi mumkin.
Biznes rejaning asosiy maqsadi xo‘jalikdagi barcha vositalardan oqilona foydalanish natijasida
uning rivojlanishini hamda samaradorligini ta'minlashdir.
Maqsadni hal etish uchun rejada ichki va tashqi talablarni e'tiborga olgan holda qanday mahsulot
ishlab chiqarish hamda xizmatlarni bajarish kerakligini aniqlab olish tadbirlari tuziladi:
-
qancha mehnat, mablag va boshqa vositalar talab etilishini rejalashtirish, ularni olish manbalari
va yo‘llari;
-
mavjud bo‘lgan barcha vositalardan to‘la va samarali foydalanish tadbirlari;
-
ishlab chiqariladigan mahsulotlarni qaerda, kimlarga, qachon va qanday tartibda sotish va
taqsimlash tadbirlari;
-
amalga oshiriladigan barcha xarajatlar (yo‘nalishlari bo‘yicha), mahsulot sotishdan, xizmat
ko‘rsatishdan olinadigan pul daromadlarini, foydalarni, ularning taqsimlanishini aniq, ifodalovchi
hisob - kitoblar bo‘lishi kerak.
Biznes reja oldiga qo‘yilgan talabdan kelib chiqqan holda, uning tarkibi yukorida qayd etilgan 9
qismdan tashkil topgan bo‘lishi maqsadga muvofikdir:
Biznes rejaning mazmuni, tuzilish tartibi.
Biznes rejaning titul varag‘ida xo‘jalikning nomi, manzili, ta'sischilarning ismi-sharifi, manzili,
telefoni, faksi bir betda joylashtirilishi zarur.
Kirish qismida rejalashtirilayotgan xo‘jalik faoliyatining holati, hududdagi o‘rni, ahamiyati va
samaradorligi aniq ma'lumotlar yordamida ko‘rsatilishi lozim. Shuningdek unda mahsulot ishlab
chiqarish texnologiyasi, mahsulotlar assortimenti, ularning miqdori, sotilishi, umumiy mulki va
mablag‘i, ishchi-xizmatchilarning umumiy soni hamda raqobatchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlar o‘z
aksini topishi kerak. Bu qismning mazmuni ishonchli bo‘lishi kerak. Chunki u sarmoyachilar
e'tiborini o‘ziga jalb eta bilishi lozim.