185
Rejalarning ilmiy asoslangan va aniq bo‘lishi, ko‘p jihatdan ularni
tuzish usullariga bog‘liq
bo‘ladi. Bunga qishloq xo‘jaligini
rejalashtirishining muvozanat, me'yoriy mezon, iqtisodiy-
matematik usullari va avtomatik boshqarish tizimini kiritish mumkin.
Muvozanat usuli - bu bugun agrar sanoat korxonalari va shu jumladan qishloq xo‘jalik
korxonalari taraqqiyotini rejalashtirishda qo‘llanilayotgan asosiy usullardandir. Bu usulning iqtisodiy
mohiyati shundaki, qishloq xo‘jaligining turli soha va tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblikning
moddiy, mehnat va moliya resurslariga talabi va uni qondirish manbalarini aks ettiradi.
Reja muvozanatlari uch turda tuziladi: mehnat, moddiy resurslar va qiymat muvozanatlari.
Moddiy muvozanatlar qishloq xo‘jalik korxonasining barcha tarmoqlarida ishlab chiqariladigan
mahsulotlar turi bo‘yicha tuziladi. Masalan don, paxta, go‘sht, tuxum va h.k.
Mehnat resurslari muvozanati ishlab chiqarish uchun talab etiladigan
xodimlar va mutaxassis
kadrlar miqdori bilan aniqlanadi.
Qiymat muvozanati pul ko‘rinishda tuzilib, yalpi mahsulotning solishtirma va joriy baholardagi
ifodasidir.
Mezon Me'yoriy (normativ) muvozanat usuli mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda
reja - topshiriqlarini iqtisodiy jihatdan asoslab beradi. Bu usulda ishlab chiqarish uchun talab
qilinadigan resurslar me'yoriy ko‘rsatkichlar asosida aniqlanadi. Masalan: yoqilg‘i, urug‘liklar, o‘g‘it,
yem-xashak va hokazo. Me'yoriy ko‘rsatkichlar vaqti-vaqti bilan ishlab chiqarish texnologiyasi va
texnikasining yangilanish va mehnat unumdorligining o‘sish darajasiga qarab o‘zgartirib turiladi. Aks
holda, ular ishlab chiqarishni rivojlantirishga salbiy ta'sir etadi.
Iqtisodiy-matematik usul murakkab texnikani, EHMlarni yangi kompyuterlar tizimini talab etadi.
Qishloq xo‘jaligini re- jalashtirishda bu
usulning chiziqli-dasturlash, rejalashtirish, korrellyasiya
singari turlaridan foydalaniladi. Bu usuldan chorva mollar ratsioni, poda tarkibi,
ekinlar hosilini
dasturlash, MTP parkidan foydalanishning oqilona tarkibini aniqlashda keng foydalaniladi.