188
-
loyihani moliyalashtirish manbalari;
-
loyihani investitsiyalashdan keladigan, kutilgan foydalar: sotuv hajmi, ishlab chiqarish va sotish
xarajatlari, foyda normasi, investitsiya mablag‘larini qaytarish hamda xarajatlarni qoplash vaqti.
2. Korxona
(firma) haqida ma'lumotlar keltiriladi. Unda quyidagilar yoritiladi:
-
korxonaning (firmaning) tashkil etilgan vaqti;
-
ro‘yxatdan o‘tganligi;
-
korxona sarmoyasining tarkibi;
-
korxonaga xizmat ko‘rsatayotgan bank;
-
korxona rahbariyati haqida ma'lumot;
-
korxonaning tashkiliy-boshqaruv tuzilishi;
-
korxonaning imidji (ya'ni - xaridorlarning
korxona haqidagi fikri, korxonaning boshqa xuddi
shunday shakldagi firmalardan afzallik tomonlari, kimlar uning tovaridan yoki xizmatidan
foydalanadi, korxonaning savdo belgisi qaerlarda ma'lum va asosiy xaridorlari kimlardan iboratligi
ko‘rsatiladi).
-
korxona harakat qilayotgan ichki va tashqi bozor tahlil qilinadi.
3. Tovar mahsulot (xizmat turlari) tavsifi:
-
ishlab chiqarishga taklif etilayotgan mahsulot yoki xizmat qanday ehtiyojlarni qondiradi;
-
bozordagi hozirgi kunda mavjud bo‘lgan xuddi shu turdagi mahsulot
yoki xizmatdan sizning
mahsulotingiz yoki xizmatingiz qaysi afzal tomonlari bo‘yicha ajralib turadi;
-
taklif etilayotgan mahsulot yoki xizmat qanday mualliflik hujjatlari bilan himoya qilingan;
-
taklif etilayotgan mahsulot va xizmatning narxlari qanday bo‘lishi mumkin hamda qanchalik
raqobatga bardosh beradi;
-
mahsulot yoki xizmatni sotish natijasida qanchalik foyda normasiga erishish mumkin.
4. Sotuv bozori:
-
mahsulot yoki xizmatning asosiy xaridorlari kimlar bo‘ladi;
-
hozirgi vaqtda hamda kelajakda sotuv hajmi qanday bo‘lishi mumkin;
-
asosiy - raqobatchilar kimlar, ularning sotuv xajmi qancha, marketing strategiyasi va
daromadlari qanday;
-
raqobatchilarning mahsuloti qanday: asosiy tavsifnomasi hamda sifat darajasi qanday;
-
raqobatchilar mahsulotlari yoki xizmatlarini qaysi narx- larda sotmoqdalar,
ularning narx
siyosatlari qanday.
5. Marketing strategiyasi:
-
ichki va tashqi bozorlarda mahsulot yoki xizmatni taklif etayotgan taqsimot hamda sotuv
tizimi;
-
sotuv narxi va narxni tashkil etish tizimi;
-
reklama bo‘yicha kerakli chora-tadbirlar, taklif etilayotgan reklama vositalari hamda ularga
ketadigan xarajatlar tarkibi;
-
sotishga ko‘maklashadigan chora-tadbirlar (pablik re- leyshnz), xaridorlar uchun qo‘shimcha
imtiyozlar, sotuvdan so‘nggi xizmat ko‘rsatish va xrkazolar.
6. Ishlab chiqarish dasturi:
-
mahsulot ishlab chiqarish qaerda tashkil etiladi;
-
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish lozimmi;
-
yoki harakatdagi korxona quvvatlaridan (qayta qurollanti- rib) foydalanish mumkinmi;
-
rejalashtirilayotgan korxonada ishlab chiqarishni maqsadga muvofiq hajmi qanday bo‘lishi
kerak;
-
me'yordagi quvvatlarga erishish uchun qanday investitsiyalar zarur;
-
korxona xom-ashyo mahsulotlari hamda boshqa ishlab chiqarish omillari bilan qanday
ta'minlanadi;
-
qanday texnologiya va vositalardan foydalaniladi;
-
korxona boshqa korxona bilan ish jarayonini takomillashtirish ustida ishlaydimi.
7. Ishlab chiqarishni tashkil etish:
189
-
rejalashtirilayotgan korxonaning tashkiliy tuzilmasi qanday bo‘ladi;
-
korxona kadrlar bilan qanchalik ta'minlangan, mavjud mutaxassislarning ro‘yxati,
ularning
malakasi hamda ish tajri- basi;
-turli xil kategoriyadagi ishlovchilarni, sotsial imtiyozlarni qo‘shgan holda, ish haqi shakllari
hamda darajasi qanday bo‘ladi;
-
korxonaning texnologik tuzilmasi qanday bo‘ladi.
8. Korxonaning tashkiliy shakli:
-
rejalashtirilayotgan korxonaning mulk shakli hamda huquqiy statusi qanday (xususiy korxona,
hissadorlik jamiyati, fermer xo‘jaligi, ijara korxonasi, ko‘shma korxona va hokazolar);
-
korxonaga yordamlashuvchi investor qanday huquqlarga ega bo‘ladi (boshqarishda
qatnashishi, aksiyalar paketidagi hissasi va hokazolar);
-
rejalashtirilayotgan korxonaning homiylari yoki investor- lari kimlar (davlat tashkilotlari,
bank, fermer xo‘jaligi, xususiy korxona va boshqalar);
-
mavjud homiylar yoki investorlar uchun qanday huquqlar berilgan (boshqarish, moliyaviy
nazorat);
-
ushbu mulk shaklidagi korxona qanday yuridik huquqlarga ega (korxonaning huquqiy statusini
tartibga soladigan qonun nor- malarini qisqacha yoriting),
potensial investor, unga beriladigan
huquqlarga ega bo‘lishi uchun, qanday yuridik holatlarni amalga oshirish kerak (birgalikda egalik
qilish, homiy, hissador) va bu esa mahalliy hamda joydagi qonunlar bo‘yicha qanday huquqiy ja-
vobgarlikka olib keladi.
9. Moliyaviy reja:
-
korxonani tashkil etish uchun qancha miqdordagi umumiy investsiya hajmi kerak;
-
moliyalashtirish manbalari qanday (aksiyalar sotish, qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish, bank
kreditini olish, korxonani tashkil etayotganlarning o‘z mablagi);
-
moliyalashtirish manbalari va valyuta turlari bo‘yicha tar- kibi qanday bo‘lishi kerak (agarda
xorijiy valyutalarda investi- siyalar rejalashtirilayotgan bo‘lsa, u xolda qaysi ayriboshlash kurslarida
ularni jalb etishmoqchi);
-
uzoq muddatli investitsiyalarga va aylanma vositalarga bo‘lgan ehtiyojlarni
qondirish uchun
qanday shartlar asosida moliya mablag‘lari jalb etiladi.
10. Loyihaning rentabelligi (foydaliligi):
-korxonani tashkil etish bo‘yicha investitsiya xarajatlarining
umumiy hajmi hamda mahsulot birligiga to‘g‘ri kelishi qanday (asosiy va aylanma vositalarga,
infrastrukturaga va xokazolar uchun investitsiyalar);
-
rejalashtirilayotgan korxonani ishlatish, mahsulotini coram yoki xizmatni tashkil etish
qanchaga tushadi;
-
maxsulotni sotishdan yoki xizmatdan keladigan umumiy daromadlar hajmi qancha bo‘lishi
mumkin;
-
rejalashtirilayotgan korxona qanday turdagi soliqlarni to‘lashi kerak;
-
ijaraga olingan mablaglarni qaysi muddatlarda va qanday hajmlarda qaytarish
rejalashtirilayapti;
-
rejalashtirilayotgan korxonaning umumiy foyda hajmi va normasi qancha bo‘lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan biznes-rejaning bo‘limlaridan
tashqari, yana qo‘shimcha ravishda quyidagi
axborotlarni keltirish mumkin, ya'ni moliyaviy mablag‘lar hamda majburiyatlar, foyda va zararlar
hisoboti, moddalari bo‘yicha xarajatlar va hokazolar.
Xulosa
qilib aytganda, muvaffaqiyatli tuzilgan biznes-reja korxonaning holatini chuqur tahlil
qiladi hamda uning kelajakdagi rivojlanishiga xolisona va ob'ektiv baho beradi.
Biznes-reja muhim hujjat hisoblanadi. Shuning uchun ham uni begona odamlarga hamda korxona
boshqaruviga aloqador bo‘lmagan shaxslarga berish taqiqlanadi.