Biznes rsjannng maqsadn, vazifalari va talablari




Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/230
Sana18.12.2023
Hajmi4,03 Mb.
#122991
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

2. Biznes rsjannng maqsadn, vazifalari va talablari 
Biznes reja o‘rta va kichik tadbirkorlar yoki dehqon va fermerlarning aniq goyaga asoslangan 
hamda ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va tijorat bilan shugullanish istiqbollari 
(modellashtirish dasturi) yoki hisob-kitoblar majmuasi aks etgan hujjatdir. 
Dasturda (2-5 yil uchun), birinchi yil ko‘rsatkichlari oyma-oy, ikkinchi yil ko‘rsatkichlari 
chorakma-chorak va qolgan yillarniki esa yil kelishida yoritilishi maqsadga muvofiqdir. 
Biznes rejani tuzishdan maqsad: 
-birinchidan, sarmoyador, homiy, hissador va bankirlarning pul mablaglarini ishlab chiqarishga 
jalb etish; 
-ikkinchidan o‘z xodimlarini maqsad, vazifa va istiqbolga ishontirish va qiziqtirish; 
-uchinchidan, o‘z goyalarining foyda keltirishga ishonib, rejali va samarali boshqarishni tashkil 
etish. 
Biznes rejaning bozor iqtisodiyoti davrida dolzarbligi kuyidagi omillar ta'sirida shakllanadi: 

birinchidan, qishloq xo‘jalik korxonalari iqtisodiyotiga yangi mulk shakllari, ishlab chiqarish 
munosabatlari kirib kelishi bilan o‘rta va kichik tadbirkorlik hamda fermer, ijarachi-pudrat- chilarning 
yangi avlodlari shakllanmoqda. Ular uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni boshqarish, 
tashkil etish va iqtisodiyot bilan bogliq bo‘lgan muammolarni hal etish biznes- rejasiz mumkin emas; 

ikkinchidan fermerlar, o‘rta va kichik tadbirkorlik uchun ishlab chiqarishni tashkil etish va 
boshqarishda tamoman yangicha munosabat - tavakkalchilik, raqobat, raqobatga chidash va unda 
yengib chiqish sir-sinoati ham biznes reja orqali hal etiladi; 

uchinchidan, xorijiy mamlakatlar investitsiyalarini jalb etmasdan ishlab chiqarishni 
kengaytirish, yangilash va samaradorli- gini ko‘tarish juda kagga muammoga aylanmoqda. Shunday 
bir davrda xorijiy mamlakatlar investorlariga buyurtmalarni dolzarb va sa- maradorligini isbotlab 
berish va ularga sarflanadigan mab- lag‘larning yuksak darajada foyda berishini har jihatdan ko‘rsata 
bilish uchun ham biznes-reja zarurdir. 
Yuqorida qayd etilgan muommolarni turli shakldagi qishloq xo‘jalik korxonalarida yechimini 
topishda, biznes-rejaning o‘zi kifoya qilmaydi. Biznes-reja dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarida 


186 
ishlab chiqarishni rejalashtirish uchun zarur bo‘lgan texnologik xaritalar, me'yoriy hujjatlar va 
birlamchi agronomiya, zooveterenariya ham buxgalteriya hisob-kitoblari bilan to‘ldirilishi shart. 
Biznes-reja quyidagi vazifalarni yechishga qaratilishi lozim: 

dehqon va fermerlar, ijarachi va pudratchi jamoalari o‘z ishlarini qanday boshlash; 

qanday qilib ishlab chiqarishni samarali yurgizish va tovarni bozorg‘a olib chiqish; 

yangi ishlab chiqarishni kimlar bilan tashkil etish va qachon dastlabki daromadlarni olish; 

tavakkalchilik xavf-xatarini qanday kamaytirish; 

oyoqqa turib olish hamda rakobat kurashida yutib chiqish. 
Biznes-reja tuzish yordamida ijarachi va oila pudrati jamoalari dehqon va fermerlar uzlari uchun 
kuyidagilarni bilib oladilar: 

biznes-rejani tuzish jarayonida o‘z ishlab chiqarish moliya faoliyatini har tamonlama tashkiliy-
iqtisodiy va sotsial jihatdan tahlil qilish, o‘zi boshlayotgan ishni puxta bilishga, kelajakda ishlab 
chiqarishni rivojlantirishga va xolisona baholashga olib kelinishini; 

biznes-reja bu - tadbirkor bajaradigan faoliyatning tayyor rejasi ekanligini. Uni 
ishbilarmonlarning o‘z korxonalarini samarali boshqarishga hamda o‘ylagan ishlarini muvaffaqiyatli 
o‘tishiga yordamlashadigan ishchi dastur sifatida xizmat qilishini; 

biznes-reja tadbirkorning o‘z goyasini boshqa hamfikrlariga, sarmoyadorlarga va bankirlarga 
yetkazadigan eng yaxshi sinalgan usul va shuningdek, moliyaviy faoliyatni aniq rejalashtirish 
ekanligini. 

Download 4,03 Mb.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   230




Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Biznes rsjannng maqsadn, vazifalari va talablari

Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish