314
Izohli lug‘at
Aval - 1. veksel egasi oldidaga javobgarlik;
2. veksel bo‘yicha kafillik haqidagi qayd
Avantaj - qulay vaziyat, ustunlik
Avans (bo‘nak) – oldindan to‘lanadigan pul summasi va to‘lov hisobi, kelgusida to‘-lanadigan
to‘lovlar hisobiga oldin berila-digan pul miqdori.
Avizo – o‘zaro hisob-kitoblardagi o‘zgarishlar, pul, mol va buyumlar jo‘natil-ganligi haqida
bank tomonidan xabarnoma.
Avisga - 1. to‘lov muddati ko‘rsatilmagan holda berilgan veksel. U istalgan paytda to‘lovga
takdim etilishi mumkin;
2. ko‘rsatilganda istalgan paytda to‘lanishi mumkinligini tasdiqlovchi vekseldagi yoki boshqa
qimmatli qog‘ozdagi yozuv
Akkreditiv - 1. korxonalar va tashkilotlar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblar usuli. Uning
mohiyati shundan iboratki, to‘lovchining banki to‘lov oluvchining bankiga talab qilinayotgan summani
kelishilgan muddatda to‘lash haqida topshiriq beradi;
2. kimga berilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning ko‘rsatilgan summani bank muassasasidan olish
huquqini tasdiklovchi pul hujjati
Aksept - taqdim etilgan ofertani qabul qilishga rozilik.
Akseleratsiya-investitsiya hajmi oshishi yoki kamayishi talabni oshishi yoki kamayishiga
bog‘likligi.
Aksept - 1. xo‘jaliklar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblar shakllaridan biri. U yetkazib
berilgan mahsulot, ko‘rsatilgan xizmat yoki bajarilgan ishga haq to‘lashda xaridorning roziligini
olishni nazarda tutadi;
2. to‘lovchining o‘tkazma vekselni ko‘rsatilgan muddatda to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga
olishi;
3. boshqa tomon taklif etgan shartlarda shartnoma (bitim) tuzishga rozilik berish