|
Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar Pdf ko'rish
|
bet | 218/230 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 4,03 Mb. | | #122991 |
Bog'liq 9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmRInvestitsiya portfeli - mablag‘larni uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlarga sarflash.
Investitsiya trast fondi portfeli - turli jismoniy va hukuqiy shaxslarning ishonch asosidagi
mablag‘larni jalb etish hisobiga tashkil etilgan qimmatli qog‘oz-lari to‘plami.
Investitsiyalarni diversifikatsiya qilish - mablag‘larni turli sohalarga sarflash. Bu mablag‘
sarflash tavakkalchiligini ka-maytirish maqsadida qo‘llaniladi.
Indeksatsiya - majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarning narx-navo ko‘rsatkichi bilan o‘zaro nisbatini
belgilash; pul talabnomalari va turli daromadlarning hakiqiy mikdorini inflyasiya sharoitida saqlab
qolish usuli
Ipoteka - qarzga pul olish maqsadida ko‘chmas mulk, yer va kurilish binolarini garovga qo‘yish.
Bunda garovga qo‘yilgan mulk qarz oluvchining tasarrufida qoladi
Ipoteka krediti - ko‘chmas mulkni garovga olib, uzoq muddatga beriladigan kredit
Investitsiya faoliyati - pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli aktivlar va boshqa
investitsiya ob'ektlarini sotib olish va sotish.
Investitsiya (sarmoya) - xususiy yoki davlat kapitalini, mulk yoxud aqliy boylikni milliy (ichki
investitsiyalar) yoki xorijiy iqtisodiyotga (tashqi investitsiyalar) foyda olish maqsadida uzoq muddatga
sarflash.
Investor - investitsiyalarni amalga oshiruvchi omonatchi, shaxs yoki tashkilot.
Injiniring - tijorat asosida ishlab chiqarish va mahsulotni sotish jarayonlarini tayyorlash va
ta'minlash bo‘yicha muhandislik-maslahat ishlari majmui.
Qaytarmaslik asosidagi ssudalar - bu kreditor qaytarishni talab qilmagan holda, muayyan
shartlarga rioya qilib beradigan ssudalardir.
Kvota - 1. ishlab chiqarish birlashma-sining mahsulot ishlab chiqarish, uni sotish, chetga
chiqarish yoki chetdan kelti-rishda har bir qatnashchi uchun belgila-nadigan ishtirok ulushi;
2. mamlakatning xalqaro iqtisodiy yoki valyuta-moliyaviy tashkilot ustav fondiga yoki
|
| |