320
4) bank foiz stavkasi va sarmoya sarfi o‘rtasida tenglik yuzaga kelganida investitsiya qili shva
jamg‘arish bir-biriga bog‘liq bo‘lmay qoladi
Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalar - muomala muddati 12 oydan oshmaydigan oson
realizatsiya qilinadigan investitsiyalar.
Qoldiq (balans) qiymat - jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy
vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati;
Konsorsium - muayyan iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun shartnoma asosida
firmalarning muvaqqat birlashtirilishi.
Kontr-aktiv schyot (KA) - bu u bilan bog‘lik bo‘lgan aktiv schyotning saldosidan
chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.
Kontokorrent - (joriy hisob-kitob) -doimiy savdo muloqotida bo‘lgan ikki savdo korxonasining
o‘zaro kelishuvi bo‘yicha ochilgan hisob varag‘i. Hisob-kitoblar o‘zaro qarzlarni hisobga olish yo‘li
bilan olib boriladi.
Kredit - pul vositalarini, tovar va xizmatlarni ma'lum ustama to‘lab qaytarib berish sharti bilan
ma'lum muddatga qarzga berish. Qarzga mablag‘ beruvchi tomon kreditor, ya'ni kredit beruvchi, ssuda
oluvchi tomon esa qarzdor, ya'ni kredit oluvchi deyiladi. Hozirgi vaqtda kredit asosan pul shaklida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank orqali beriladi. Kreditlar ikki xil bo‘ladi. Qisqa muddatli (1 yilgacha) va uzoq
muddatli bo‘ladi. Qisqa muddatli kredit korxona va tashkilotlarning aylanma fondlarini
shakllantirishga xizmat qiladi. Uzoq muddatli kredit esa moddiy ishlab chiqarish tarmoqlariga kapital
mablag‘lar ajratish manbai hisoblanadi. Bozor munosabatiga o‘tish bilan birga kredit munosabatlari
ham qayta qurilmoqda.