10. Davlat investitsiya dasturi
Reja:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining mazmuni, ahamiyati va uni
shakllantirishning asosiy tamoyillari va tartib qoidalari.
2.
Davlat investitsiya dasturini moliyalashtirish manbalari.
3.
Davlat investitsiya dasturining amalga oshirilishi monitoringi.
1.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining mazmuni, ahamiyati va uni
shakllantirishning asosiy tamoyillari va tartib qoidalari.
Investitsiya dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) Respublika iqtisodiyotini barqaror va
tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mexnat
resurslaridan oqilona foydalanish yo'li bilan Respublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy
o‘zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo'naltirilgan bir-
biri bilan o‘zaro boglangan chora tadbirlar kompleksidir.
O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
prognozlarining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat investitsiya siyosatining ustuvor yo'nalishlarini
aks ettiradi. Bu bilan birga Investitsiya dasturi loyiha-qidiruv ishlaridan boshlab mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning umumdavlat dasturlari bajarilishini ta`minlash uchun ob`ektni
foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan bosqichlarni hisobga olgan holda, investitsiya loyihalarini
amalga oshirish muddatlarini va moliyalashtirish manbalarini hisobga olish, har yili dasturning asosiy
ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan va aniq ro‘yxati yangilangan holda 3 yillik davrga shakllantiriladi.
72
Investitsiya dasturi yigma jadvallar bilan tahliliy qismdan, aniq dasturdan va ustuvor investitsiya
takliflarining yigma ro‘yxatidan iborat bo‘ladi.
Investitsiya dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishi bo‘yicha barcha ishlarni O‘zbekiston
Respublikasi iqtisodiyot vazirligi muvofiqlashtirib boradi.
Investitsiya dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining tegishli qarori bilan
tasdiqlanadi.
Investitsiya dasturining tahliliy qismi Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog'langan holdagi kapital qo‘yilmalar hajmlari va
moliyalashtirish manbalarini asoslashdan, Dastur samaradorligini baholash, loyihalarni tanlab olish
mezonlaridan iborat bo‘ladi.
Dasturning tahliliy qismi tarkibida investitsiyalarning takror ishlab chiqarish va texnologik
tarkibini hisobga olgan holda umuman Dastur, iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari, moliyalashtirish
manbalari va hududlar, amalga oshirish yo'llari bo‘yicha kapital qo‘yilmalar tarkibi beligilanadi.
Dasturning yalpi ichki maxsulot o‘sishiga, iqtisodiyotning tarmoq va hududiy o‘zgarishiga va
import tarkibiga, ishlab chiqarish quvvatlarini va ijtimoiy soha ob`ektlarini ishga tushirish hajmlariga
ta`sirining prognozlashtirilgan natijalari hisob-kitob qilinadi.
Dasturning barcha hisob-kitoblari tadrijiy tarzda, Respublikani uch yillik davrda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish prognozlari va investitsion loyihalarining aniq dasturi asosida ishlab chiqiladi.
Dasturning aniq ro‘yxatiga markazlashtirilgan manbalar, hukumat kafolati ostida beriladigan
xorijiy kreditlar va to‘gridan-to‘gri xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya
loyihalari kiritiladi.
Dasturning aniq ro‘yxati quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- iqtisodiyotni, ijtimoiy sohani va mamlakat mudofaa qudratini tarkibiy o‘zgartirishni
ta`minlovchi
Respublika
iqtisodiyoti
ustuvor
yo'nalishlarini
rivojlantirish
dasturlarini
moliyalashtirishga yo'naltiriladigan markazlashtirilgan investitsiyalar limitlaridan;
- xorijiy investitsiyalar va hukumat kafolati ostida kreditlarni jalb etgan holda amalga
oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq dasturidan;
- to‘gridan-to‘gri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan
investitsiya loyihalarining aniq dasturidan;
- ustuvor investitsiya takliflarining yigma ro‘yxatidan iborat bo‘ladi.
Ijtimoiy soha ob`ektlarining prognozlashtirilayotgan hajmlari Dasturga yiriklashtirilgan,
buyurtmachilar va ob`ektlar bo‘yicha taqsimlanmagan holda kiritiladi.
Quyidagilar loyihalarni amalga oshirishning birinchi yilida ularni aniq dasturga kiritishning
majburiy shartlari hisoblanadi;
- belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihaning (investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy
asoslashlari, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari) mavjud bo‘lishi;
- moliyalashtirish manbalarining va kreditlarning shartnomada belgalangan muddatda
qaytarilishining tasdiqlanishi.
Aniq dasturni shakllantirish jarayoni har bir loyiha bo‘yicha mo‘fassal axborot tayyorlash,
loyihani ustuvorligi bo‘yicha tanlab olish va ro‘yxatni shakllantirishdan iborat bo‘ladi.
Har bir loyiha (loyihalar guruxi) bo‘yicha axborot buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi hamda
unda quyidagilar bo‘ladi:
- belgilangan shakldagi loyiha pasporti;
- loyihani amalga oshirish reja-jadvali;
- aniq dasturni shakllantirish sanasida loyihani amalga oshirishning holati to‘grisidagi mufassal
axborot.
Loyihaning pasporti:
- texnik tavsifnomani;
- atrof-muxitga ta`sirni baholashni;
- Ishlab chiqarish va ijtimoiy mulohazalarga ko‘ra samaradorlikni va amalga oshirish
imkoniyatlarini baholashni, tashkiliy tadbirlarning ko‘lamini;
73
- maxsulotga talab hajmi va xususiyatini;
- echimning muqobil variantlari mavjudligini, bu jumladan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni
rekonstruksiya qilish yo'li bilan;
- asosiy materiallar va ishchi kuchi resurslarining mavjudligini;
- investitsiya xarajatlarini miqdorlarini o‘z ichiga oladi.
Aniq loyiha uni amalga oshirish maqsadga muvofiqligidan, uning iqtisodiy va moliyaviy
samaradorligidan, ishlab chiqarish va ijtimoiy muloxazalarga ko‘ra amalga oshirish imkoniyatlari va
maqbulligidan, tarmoqni rivojlantirishning strategik vazifalariga muvofiqligidan kelib chiqqan holda
bosqichma-bosqich tanlab olinadi.
- birinchi bosqichda - loyiha aniq tarmoq va mintaqani rivojlantirish ustuvorliklaridan kelib
chiqqan holda oldindan baholanadi;
- ikkinchi bosqichda - loyiha iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va mintaqalarni rivojlantirish
ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda tanlab olinadi.
Aniq dasturga iqtisodiy jihatdan samarasiz loyihalarni, shuningdek ilgari jalb qilingan kreditlar
bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzi bo‘lgan korxonalar loyihalarini kiritish taqiqlanadi.
Quyidagilar birinchi bosqichda loyihaning ustuvorligini belgilashning mezonlari hisoblanadi;
- loyihaning tarmoqni rivojlantirish strategiyasiga muvofiqligi;
- moliliyaviy va iqtisodiy samaradorlik;
- maxalliy xom ashyodan va butlovchi buyumlardan foydalanish darajasi;
- tayyorlangan mutaxassislarning mavjudligi;
- loyihaning amalga oshirishga tayyorlanganligi darajasi;
- ishga tushirilgandan keyin foydalanish xarajatlari.
Har bir mezonning muhimligi darajasi tarmoqni rivojlantirish strategiyasini hisobga olgan holda
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ikkinchi bosqichda uch yillik davrda Respublika iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘gartirishlar
prognoziga muvofiq qo‘shimcha ravishda quyidagi mezonlar hisobga olinadi:
- tarmoq (mintaqa)ning istiqboldagi prognoz o‘sish sur`atlari;
- eksport salohiyatining prognoz o‘sish sur`atlari;
- tarmoqning umuman Respublika bo‘yicha maqroiqtisodiyot ko‘rsatkichlariga ta`sirining
o‘zgarishi;
- tarkibiy omillar;
- ilgari qo‘yilgan investitsiyalar samaradorligi;
- asosiy fondlar ahvoli va quvvatlardan foydalanish darajasi;
- loyihaning ijtimoiy ahamiyati.
Ikkinchi bosqichda tanlab olish natijalariga ko‘ra Dasturga kiritilgan ob`ektlarning aniq dasturi
shakllantiriladi.
Dasturni va investitsiya loyihalarini amalga oshirishning birinchi yili ko‘rsatkichlari mavjud
moliyaviy resurslar va boshqa resurslar bilan o‘zaro boyalangan bo‘lishi kerak hamda birinchi
moliyaviy yilda o‘zgartirilmaydi.
Dasturni va investitsiya loyihalarini amalga oshirishning ikkkinchi va keyingi yillari
ko‘rsatkichlari har yili aniqlashtirilishi kerak, bunda boshlanmagan loyihalarning bir qismi yangi
loyihalarga almashtirilishi mumkin.
Dasturning yigma ro‘yxatiga vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaxar hokimliklari, mulkchilik shakllaridan qat`i nazar korxonalar
va tashkilotlaring ustuvor investitsiya takliflari kiritiladi.
Buyurtmachilar tasdiqlangan investitsiya dasturi asosida vakolatli banklarda moliyalashtirishni
rasmiylatirish uchun har yili qurilishlarning aniq ro‘yxatini va Dasturni amalga oshirishning ikkkinchi
va uchinchi yillariga kiritilgan ob`ektlar bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarining aniq ro‘yxatni
aniqlashtiradilar.
74
Markazlashtirilgan manbalar va davlat korxonalari mablag'lari hisobiga amalga oshiriladigan
qurilishlarning aniq ro‘yxatlari iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda
investorlar (Buyurtmachilar) tomonidan tasdiqlanadi.
Boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladigan qurilishlarning aniq ro‘yxatlari investorlar
(buyurtmachilar) tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlanadi.
Kredit resurslarini jalb etgan holda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining aniq
ro‘yxatlari tegishli kredit shartnomasi yoki kreditlovchi bankning yozma roziligi mavjud bo‘lganda
tasdiqlanadi.
Qurilishlarning aniq ro‘yxati birinchi yil mobaynida tanlov savdolari yoki yirik va strategik
muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish kengashining alohida qarorlari
bo‘yicha aniqlashtirilishi mumkin.
Istisno hollarda, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan
kelishilgan holda tanlov savdolari natijalariga ko‘ra «boshqa xarajatlar»limiti hisobiga asbob –
uskunalar xarid qilish limiti aniqlashtirilishiga yo'l qo‘yiladi.
Qurilishning titul ro‘yxati tasdiqlangan limitlar doirasida qurilishning butun davriga tuziladi va
Dastur tasdiqlangandan keyin 2 oydan kechiktirilmasdan tanlov savdolari natijalariga ko‘ra
shakllantiriladi.
Dasturdagi qurilishning titul ro‘yxati investor (buyurtmachi) tomonidan pudratchi bilan kelibgan
holda tasdiqlanadi.
Qurilishning tasdiqlangan ro‘yxatida kapital qo‘yilmalar limitlari umuman investitsiya loyihasini
amalga oshirish uchun nazarda tutiladi, bunda qurilish-montaj ishlari, asbob-uskunalar xarid qilish,
loyiha-kidiruv ishlari xarajatlari va boshqa xarajatlar (pudratchi va buyutmachilar xarajatlari aloxida
ko‘rsatiladi) qurilish yillari bo‘yicha taksimlangan holda ajratish ko‘rsatiladi.
Tanlov savdolari natijalariga ko‘ra belgilangan qurilish qiymati birinchi moliyaviy yilda
xarajatlar qiymati ortishi prognozini hisobga olishi kerak. Birinchi moliyaviy yilda qurilishning titul
ro‘yxatida loyiha-kidiruv, qurilish-montaj ishlari ko‘rsatkichlari aniqlashtirilishiga yo'l ko‘yilmaydi.
Uch yillik dasturni shakllantirish jarayoni bir yillik siklga ega bo‘ladi hamda yangilangan
Dasturni har yilning oxirigacha tayyorlashni ta`minlovchi ilovaga muvofiq kat`iy jadvalga tayanadi.
Investitsiya dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlashda buyurtmachilar quyidagi tartibga amal
qilishlari kerak:
- Dasturni amalga oshirishning birinchi yiliga kelgusi yillar loyiha-kidiruv ishlarining aniq
ro‘yxati va moliyalashtirish bilan ta`minlangan (kelgusi yilga o‘tuvchi va yangidan boshlanayotgan)
qurilishlarning aniq ro‘yxati tuziladi;
- Dasturni amalga oshirishning ikkinchi yiliga unga kelgusi yillar loyiha-kidiruv ishlarining aniq
ro‘yxati va birinchi yildan o‘tuvchi qurilishlarning prognoz ro‘yxati va Dasturni amalga oshirishning
birinchi yilida loyiha hujjatlari tayyorlangan va tasdiqlangan, birinchi yilida tanlov savdolariga
tayyorlanadigan yangidan boshlanadigan ob`ektlar kiritiladi;
- Dasturni amalga oshirishning uchinchi yiliga unga kelgusi yillar loyiha-kidiruv ishlarining aniq
ro‘yxati va tanlov savdolari natijalariga ko‘ra belgilangan amalga oshirish muddatlarini hisobga olgan
holda qiymati belgilangan tartibda aniqlashtirilgan birinchi va ikkinchi yildan o‘tuvchi qurilishlarning
prognoz ro‘yxati, loyiha xujjatlari ikkinchi yildan tayyorlanadigan va tasdiqlanadigan yangidan
boshlanadigan ob`ektlar kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish tartibi
Bosk
ich-
lar
Tadbirlar
Mudat-
lar
Mas`ullar
75
1-
bosqic
h
iqtisodiyot vazirligi uch yillik davrga O‘zbekiston
Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritish uchun
takliflarni tayyorlashga oid metodik ko‘rsatmalarni
tarmok vazirliklari va idorali, Qorakalpogiston
Respublikasi Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar
hokimliklariga
(keyingi
o‘rinlarda
buyurmachilar deb ataladi) har yili etkazadi.
Aprel'
iqtisodiyot vazirligi
2-
bosqic
h
Buyurtmachilar
loyihalr
bo‘yicha
dastlabki
axborotni tayyorlaydi, ularni uch yillik davrda
amalga oshirish uchun tanlab oladilar va takliflarni
iqtisodiyot vazirligiga takim etadilar
May-
iyun'
buyurmachilar
3-
bosqic
h
iqtisodiyot vazirligi takliflarini ko‘rib chikadi va
o‘rtacha mudatli davrda aniq tarmokni rivojlantirish
ustuvorliklariga muvofiq tarmoklarni tanlab oladi.
Iyun'-
iyul'
iqtisodiyot
vazirligining tarmok
bo‘limlari
4-
bosqic
h
iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi
iqtisodiy alokalar agentligi, «Davarxitektqurilish»
ko‘mitasi va vakolatli banklar bilan birgalikda
Investitsiya dasturiga kiritiladigan loyihalarni uzil-
kesil tanlab oladi.
Avgust-
sentyabr'
iqtisodiyot vazirligi,
Moliya
vazirligi,
Tashqi iktiso-
diy
alokalar
agentligi,
«Davarxitekqurilish
»
ko‘mitasi,
vakolatli banklar
5-
bosqic
h
Investitsiya dasturining loyihasi iqtisodiyot vazirligi
huzuridagi birlashgan hay`at tomonidan ko‘rib
chikiladi va uning qaroriga ko‘ra Ishlab chikib va
Vazirlar
Maxkamasining
komplekslari
bilan
kelishish uchun Tashqi iqtisodiy alokalar va xorijiy
investitsiyalar departamentiga takdim etiladi.
Sentyabr
'
iqtisodiyot vazirligi
huzuridagi
birlashgan
hay`at,Vazirlar
Mahkamasining
komplekslari
6-
bosqic
h
Investitsiya dasturining loyihasi tasdiqlash uchun
Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
oktyabr'
Vazirlar
mahkamasining
Tashqi
iqtisodiy
alokalar va xorijiy
investitsiyalar
departamenti
7-
bosqic
h
Investitsiya
dasturining
amalga
oshirishning
birinchi
yiliga
kiritiladigan
yanggidan
boshlanadigan ob`ektlar bo‘yicha tanlov savdolari
o‘tkaziladi.
Oktyabr'
-noyabr'
«Davarxitekt
qurilish» ko‘mitasi,
buyurtmachilar
8-
bosqic
h
Tasdiqlangan investitsiya dasturiga va o‘tkazilgan
tanlov savdolariga muvofiq belgilangan tartibda
shartnomalar tuziladi, qurilishlarning aniq va titul
ro‘yxatlari , kelgusi yillar loyihalash ishlarining aniq
ro‘yxatlari tasdiqdanadi.
Dekabr'
Buyurmachilar
prudratchilar
|