26
Kuzov ishlari bo'yoqchilik ishlari bilan chambarchas bog'liqdir. ATK da bo'yoqlash
ishlari mahsus jihozlar yordamida bajariladi.
Eng ko'p tarqalgani bosim ostida bo'yoq sepish (0.3-0.7MPa) bo'lib, u mahsus
jihozlar talab qilmaydi. Buning uchun bo'yoq suyuq bo'lishi zarur. Shuning uchun ko'proq
eritgich qo'shilishi natijasida yuza silliq chiqmaydi.
Hozirda yangi usul, ya'ni bo'yoqni 50-70
°S da isitib 0.15MPa bosim ostida sepish
qo'llaniladi. Bu bo'yoqni yuzaga tekis va qalinroq sepish imkonini beradi va yuza silliq
chiqadi. Kam bo'yoq sarf bo'ladi, ammo bo'yoqni issiq suv bilan isitish zarur bo'lib, isitish
anjomi bo'yash kamerasida bo'lishi kerak emas.
Hozirda yana bir usul, bo'yoqni mahsus jihozlar yordamida 10-30MPa bosm ostida,
0.17-1.0 mm diametrli sepgichlar yordamida sepish usulidan ham foydalaniladi. Uning
kamchiligi, yuza silliq chiqmaydi, chunki bu usulda plunjerli nasoslardan foydalaniladi.
Bo'yash ishlarining texnologik jarayoni quyidagicha bajariladi: metall yuzani
bo'yashga tayyorlash (zangdan, eski bo'yoqdan yuzani tozalash), shpatlevka surtish
(yuzaga surtiladi va silliqlanadi), gruntovka surtish (GF-021 surtib, 1.5-2.0 soat
quritiladi), bo'yash (ML-12, ML-197, ML-110 turidagi bo'yoqlar sepilib, yuza 130-140
°S
da 20 soat davomida, shundan 2 soat changga, 6 soat yopishqoqlikka, 12 soat
mustahkamlikka quritiladi).
ATK da avtomobillarni rangi har xil bo'lganligi uchun,kerakli rangdagi bo'yoqni
topish mushkul, shuning uchun kerakli rangdagi bo'yoq tayyorlanadi. Buning uchun rangli
xalqadan foydalaniladi. Uch xil rang, ya'ni qizil, sariq va havo rang boshqa ranglarni hosil
qila oladi. Ishlab chiqarishda mahsus bo'yoq aralashtirgich qurilmalardan foydalaniladi va
ranglar spektor analiz yordamida bo'yoq tanlanadi.
Qaytarish uchun savollar
1. Avtomobillarning kirlanishi, asosiy sabablari va ulardan tozalash usullari.
2. Avtomobillarni yuvish ishlarining mazmuni va yuvish usullari.
3. Avtomobillarni yuvishdan so'ng quritish
4. Ishlatilgan suvdan qayta foydalanish va ularga qo'yiladigan ekologik talablar.
5. Kuzovni va kabinani ta'mirlashda bajariladigan ishlar texnologiyasi.
6. Kuzovni va kabinalarni bo'yash ishlari texnologiyasi