21
oraliqda bo'ladi. Yirik ATK va avtobus saroylarida qo'zg'almas chang so'rgichlardan
foydalanish katta samara beradi.
2.Avtomobillarni yuvish: avtomobil tashqi qismlarini va shassisini yuvish uchun
iliq suvdan (25-30
°S) foydalaniladi va uning harorati yuviladigan sirtning haroratidan 18-
20
°S dan oshmasligi, aks holda bo'yalgan yuzalarga salbiy ta'sir etishi mumkin.
Suvni
bosim ostida purkash yo'li bilan avtomobil yuvilganda, uning sifatini oshirish uchun
shyotka, gubka kabi materiallardan foydalaniladi.
Yuvish sifatini oshirish, suv sarfini va yuvish vaqtini
kamaytirish suv bosimiga,
purkagich teshigi diametriga, purkash burchagiga bog'liq.
Suvning sarfi quyidagicha aniqlanadi:
мин
/
л
,
V
d
3
1000
V
F
Q
2
200
60
´
´
´
=
´
´
=
p
Bu yerda:
F - purkagich teshigi yuzasi, mm2
V -purkagichdan suvning chiqish tezligi, m
/s
d -purkagich teshigi diametri, mm
O'z navbatida
h
g
M
V
´
´
´
=
2
, m
/s
Bu yerda:
g
=9.81 - erkin tushish tezlanishi, m/s2
h - suv bosimi (napor), m
M - sachratish koeffitsiyenti, sachratgichlar purkagichlar bilan bo'lsa 0.5-0.55,
bo'lmasa 0.7-0.75 teng.
Demak yuqori kinetik energiyaga ega bo'lish va suv sarfini kamaytirish uchun
uning bosimini oshirish va purkagich diametrini kichraytirish zarur. Bu bilan suvning
sarfini kamaytirish mumkin.
Suv sarfini kamaytirish va yuvish sifatini oshirish uchun maxsus sintetik yuvish
vositalaridan foydalaniladi (progress, avtoshampun, avtoemulsiya va h.k). Ular o'z
navbatida yuzadagi kirlarni yumshatadi moy izlarini eritadi va yuvishni yengillash- tiradi.
Misol uchun yengil avtomobillarni kuzovini yuvishda 40-50
gramm sintetik yuvish
vositasi ishlatiladi. Sintetik poroshokning 7-8 grammi 1 litr, harorati 35-45
° suvda eritilib,
suv purkagich yoki yuvish pistoleti bilan sepiladi. Suv sarfini kamaytirish uchun, undan
qayta foydalanish tizimi qo'llaniladi.
Avtomobillarni yuvish, uni bajarish turiga qarab qo'l bilan, mexanizatsiyalashgan
va maxsus bo'lishi mumkin.
qo'l bilan: shlanga va sepkich yordamida past bosimli (0.2-0.4MPA),
yuqori
bosimli (1-2.5MPA) bo'lishi mumkin.
22
Mexanizatsiyalashgan avtomobillarni yuvish turi maxsus jihozlar yordamida
bajariladi va tuzilishiga qarab zarrachali, shetkali va zarracha-shetkali bo'ladi.
Joylashishiga qarab, qo'zg'almas (avtomobil harakatlanadi), qo'zg'aluvchan
(avtomobil joyida turadi), boshqarish turiga qarab qo'l bilan boshqariluvchi va avtomat
ravishda boshqariluvchi bo'ladi.
Zarrachali yuvish jihozida ishchi a'zo sifatida purkagich va forsunkalardan
foydalaniladi, hamda ular yordamida suv yoki aralashma purkaladi.
Shetkali
yuvish jihozlarida, silindrsimon ustiga shetka o'rnatilgan barabanlar
aylanadi va suv sepadi. Ular yengil avtomobil va avtobuslar uchun qo'llaniladi.
Zarra-shyotkali - bunda purkagichlardan suv sepiladi va shyotka aylanadi (avtobus,
yengil avtomobil va yuk avtomobillari uchun).
qo'zg'almas-yuvish jihozi fundamentga yuvish postida o'rnatilgan bo'ladi.
Harakatlanuvchan-yuvish
jihozi
avtomobil
shossesiga
o'rnatilgan
bo'lib,
avtomobillarni ATK dan tashqarida yuvish uchun ishlatiladi.
qo'l bilan boshqaruvchi-yuvish jihozini, qo'l yordamida harakatga keltiriladi.
Avtomat ravishda boshqariluvchi yuvish jihozi - avtomobil yuvish postiga
kirgandan so'ng, fotoelement yoki ulagich yordamida harakatga keladi.
Ko'p sifatli jihoz yordamida avtomobilning tag va ustki qismi birdaniga yuviladi.
Avtomobillarni yuvish ishlari mexanizatsiyalashganda, unga 1.5-3 min, qo'l
bilan
10-20 min vaqt sarflanadi. Mexanizatsiyani qo'llash natijasida harajatlar yuk
avtomobillari va avtobuslarda 1-3 %, yengil avtomobillarda 25-30 % kamayadi.
Yuvish postlaridagi ariqchalarning poli 2-3 % qiyalikda, maydoncha avtomobilning
tashqi o'lchamlaridan 1.25-1.5 m kengroq bo'lishi kerak. Avtomobil yuvish postlarida
konveyer yordamida harakatlanadi.
Avtomobillarni qo'l bilan yuvish posti - maxsus trubalar bilan jihozlangan bo'lib
(vodoprovod, suv bosimi 0.2-0.4MPa) suv bosimini oshirish uchun maxsus nasos va
qurilmalardan foydalanadi.(Shlangada qo'l bilan yuvish moslamasi(M-107)dagi suv
bosimi 2.2MPa ni tashkil etadi. SKB-1100 turidagi
GARO moslamasining ishlab
chiqarish qobiliyati 35-40 l
/min ni tashkil etib, vodoprovod suvini 10 m balandlikka
chiqara oladi).
Yengil va yuk avtomobillari yuqori bosim ostida yuvishda suv sarfi 150-200 l ni,
avtobuslar uchun 300-400 l ni tashkil etadi. Past bosim ostida yuvishda suv sarfi 200-300
% ga oshadi.