32
qistirmasini almashtirish, klapanning egarini silliqlash, so'ngra
mahsus aralashma bilan
artish, maxsus eritmalar bilan moy yo'llarini yuvish va tozalash, reduksion klapanni
tozalash yoki almashtirish va boshqalar.
Silindr bloki gilzalarini almashtirish ishlari uning pastki va yuqori qo'nim
o'lchamlarining yeyilishi,
darz ketishi, chuqurchalar paydo bo'lishi natijasida bajariladi.
Shu bilan birga, hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan ko'pgina yengil avtomobillarning
gilzalari silindr bloki bilan birgalikda quyma tayyorlanadi. Gilzalarning yeyilishi
natijasida o'lchamlar me'yoriy ko'rsatkichlardan farq qilib qoladi, shu bilan birga yeyilish
gilza diametri bo'yicha notekis bo'ladi, bu holda ular mexanik ta'sir ko'rsatish yo'li
bilan(shilish) keyingi o'lchamlarga keltiriladi, so'ngra porshen va halqalar gilzaning yangi
o'lcham guruhiga moslab tanlab olinadi va o'rnatiladi.
Porshenlarni almashtirish uning yubkasida chuqurchalar paydo bo'lganda, tag qismi
va kompressiya halqa atrofidagi yuza qismi kuyganda hamda halqalarni o'rnatish
ariqchalari kengayib ketganda bajariladi. Gilzalarda yeyilish kam bo'lib, porshenlarda esa
yuqorida keltirilgan kamchiliklar yuzaga kelsa, dvigatelni avtomobildan yechmasdan turib
porshenlarni almashtirish mumkin. Bunda karterdagi moy to'kib olinadi, karter va silindr
bloki
kallagi yechiladi, shatun boltlarining gaykasi burab olinadi, shatunning pastki
qopqog'i yechiladi va porshen shatun bilan birgalikda yuqori tomondan sug'urib olinadi.
Keyin porshen bortmasidan press yordamida porshen barmoqlari yechib olinadi va
porshen shatundan ajratiladi. Kerak bo'lsa, shatunning yuqori
qismidagi bronza vtulkasi
ham press yordamida yechib olinib almashtirilishi mumkin.
Porshenni almashtirishdan avval uni silindrga moslab tanlab olish zarur, buning
uchun gilzaning o'lchamlar guruhiga mos keluvchi porshen tanlab olinadi va lentasimon
shchup yordamida silindr hamda gilza orasidagi tirqish tekshiriladi.
Porshen bilan shatun orasidagi tirqishni aniqlash uchun porshen yassi shchup bilan
birgalikda yuqori qismi bilan silindrga kiritiladi. Shchup porshen barmog'i o'rnatiladigan
teshik o'qiga perpendikular joylashishi zarur. Keyin
dinamometr yordamida shchup
tortiladi va uning chiqish vaqtidagi kuch aniqlanadi. Aniqlangan kuch avtomobil
dvigatellarining turiga qarab, ekspluatatsiya yoki ta'mirlash qo'llanmasida keltirilgan
me'yoriy ko'rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Ko'pincha, shchupning qalinligi 0,08 mm, eni
13 mm va uzunligi 200 mm bo'lishi hamda uni silindr bilan
porshen orasidan tortib
chiqaruvchi kuchning kattaligi 35
¼45 N ni tashkil etishi kerak. Agar tortib chiqaruvchi
kuch me'yoridagi ko'rsatkichdan farq qilsa, u holda porshen boshqasiga almashtiriladi.
Silindrga porshenni tanlashda porshen bortmasidagi teshik, porshen barmog'i va
shatunning yuqori kallagidagi bronza vtulka diametrlari bir xil o'lchamlar guruhida
bo'lishi kerak. Shuning uchun «porshen-barmoq-shatun» to'plamini yig'ishda, ularga
bo'yoq yordamida qo'yilgan belgilar bir xil rangda bo'lishiga e'tibor berish kerak. To'g'ri
tanlangan porshen tepa qismi bilan silindrga qo'yilganda o'zining og'irligi bilan asta-sekin
pastga tushishi kerak.
Porshen bilan shatunni bir-biriga biriktirishdan
avval shatun kallaklarining
parallelligini tekshirish zarur, buni indikatorli tekshirish moslamasida tekshiriladi.
33
Tekshiruvdan so'ng porshen 60
°S haroratdagi moyli vannaga solinib qizdiriladi,
keyin esa porshen barmog'i porshen bortmasi va shatunning yuqori kallagiga presslanadi.
Presslangandan so'ng bobishkadagi ariqchaga chegaralovchi halqalar o'rnatiladi. Porshen
bilan shatun yig'masini silindr blokiga o'rnatishdan avval, porshen halqalarini porshen
ariqchasiga joylashtiriladi. Ariqcha bilan halqa orasidagi tirqish shchup yordamida
aniqlanadi. Bundan tashqari, halqa yorug'lik nurini o'tkazishi bo'yicha tekshiriladi; buning
uchun halqa silindrning yedirilmagan yuqori qismiga joylashtiriladi va silindr bilan uning
orasidan yorug'lik nuri o'tishi aniqlanadi.