37
masofada tasmani bosib ko'rib (30-40N kuch bilan) tekshiriladi. Tasmaning me'yordagi
tarangligi (turli xildagi dvigatellar uchun) 10-20 mm bo'lishi kerak.
Yechib olingan
termostat, qizitilgan suvli vannaga botirilib, ishlashi tekshiriladi.
Termostat klapanining, dastlabki ochilishi paytida suyuqlik harorati 65–70
°S va
to'la ochilishida 80–85
°S bo'ladi. Nosoz termostatni almashtirish zarur.
Sovutish tizimi bo'yicha sozlash ishlari, ventelyator tasmasini me'yorigacha tortish,
shlangalar
birikkan joylarini qotirish, kerak bo'lsa, suv nasosi salnigini o'zgartirish va
tizimni nakipdan tozalashdan iborat. Tizim 0.02-0.03 MPa bosim ostida suv yoki
aralashma yordamida yuviladi. Tizimning yuvish yo'nalishi,
sovitish jarayoniga qarama-
qarshi yo'nalishda amalga oshiriladi.
Hakip issiqlik almashtirish jarayonini yomonlashtiradi. Ilmiy izlanishlar shuni
ko'rsatadiki, 1 mm nakip sovutish intensivligini 25%ga, quvvatni 6%ga
kamayishiga va
yoqilg'i sarfini 5%ga oshishiga olib keladi. Hakip ximiyaviy aralashmalar yordamida
yuviladi. Sovutish tizimini sulfat kislotasining yumshatgichlari va ko'pik tindirgichlar
aralashmasida yuvish yuqori samara beradi. Aralashma tizimga to'ldirilib 10-15
minut
dvigatel ishlatiladi va 60
°S haroratda to'kiladi, keyin issiq suv bilan chayqaladi. Kislotani
qoldiqlarini neytrallash uchun chayqovchi suvga neytrilizator qo'shiladi (soda, 2 xromli
kaliy)
.