UzDEU yengil avtomobillari sovutish tizimiga TXK




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/81
Sana02.02.2024
Hajmi0,81 Mb.
#150608
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81
Bog'liq
Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi

UzDEU yengil avtomobillari sovutish tizimiga TXK 
TIKO va DOMAS rusumli avtomobillarda sovutish tizimiga TXKda tizimdagi 
sovutish suyuqligining satxi tekshiriladi (dvigatelning sovuq holatida), uning satxi 
"FULL" va "LOW" belgilarining oralig'ida bo'lishi zarur. Agar satx "LOW" belgisidan 
pastda bo'lsa, suyuqlik satxi me'yoriga keltiriladi. 
NEKSIYA va ESPERO avtomobillarida suyuqlik satxi "COLD" belgisidan 
yuqorida bo'lishi kerak. 
Sovutish tizimidagi suyuqlik dvigatelni me'yoriy issiqlik rejimida ushlab turadi va 
zanglashni oldini oladi. Shuning uchun suyuqlik satxi pasaygan taqdirda mutlaqo suv 
quyish mumkin emas. Tizimdagi suyuqlik 2 yilda almashtirib turiladi. 
Sovutish tizimi bo'yicha ta'mirlash ishlari diagnostika natijalariga ko'ra bajariladi. 
 
3. Moylash tizimida uchraydigan nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish 
sabablari. Ish jarayonida dvigatel karteridagi moy satxi kamayib, sifati o'zgaradi. Bular 
dvigatelning buzilishiga va boshqa nosozliklarni keltirib chiqarishga olib keladi. 
Dvigatelning ishlash jarayonida moy sifati yomonlashishiga sabab, uni metall 
zarrachalari, oksidlanishi va yonilg'i qo'shilib ifloslanishidandir. Shuningdek, moyga 
yaxshi moylanish sifatini beruvchi qo'shimchalarning moy tarkibida miqdorini kamayib 
borishi, 
moy 
sifatini 
pasaytiradi. 
Mexanik 
aralashma, 
qo'shimchalar 
metall 
zarrachalaridan iborat bo'lib, bular ikki ishqalanuvchi sirt sirpanishidan hosil bo'ladi. 
Mineral aralashma (qum, chang) lar, havo bilan (dvigatel) moyiga qo'shilib, moyning 
moylash xossasini kamaytiradi. Moy tarkibida, mexanik aralashmaning miqdori 0,2% dan 
oshmasligi kerak. Havodagi kislorodning ta'siri bilan moy oksidlanib qoladi va karterga 


38 
tushib, qizigan va kirlangan moy bilan aralashib ketadi. Kislotalar oksidlovchi modda 
hisoblanib, silindrlar devorini, porshen halqasining yemirilishida va zanglashga 
uchrashida asosiy omil hisoblanadi. Shuningdek, bu modda podshipniklarda ishqalanishga 
qarshilik ko'rsatuvchi muhit yaratadi. Smolalar esa porshenda va porshen halqasida 
laksimon cho'kma hosil qiladi hamda ularni qo'zg'aluvchanligini keskin kamaytiradi. 
Mayda kolloid holda va erigan yoki quyqa ko'rinishida karterga tushuvchi (qattiq 
aralashmalar, ya'ni: karbon, karboid va kokslar) moy kanallari va naychalaridan o'tib (moy 
aylanib o'tishini sustlashtirib) ishqalanuvchi sirtga ta'sir etib, qirilgan, chizilgan yuzali 
(obraziv) yeyilish hosil qiladi. 
Tizimdagi moy bosimining kamayib ketishiga sabab, karburatorli dvigatellarni, 
sovuq holatda yurgizish natijasida, silindrlar devori orqali, karterga benzin o'tib ketishi 
yoki reduksion klapan plunjerining yeyilishi yoki kirlanib qolishi natijasida, ochiq
qolishidir. Moy nasosi reduksion klapanining plunjeri yeyilib yoki kirlanib qolsa (berkilib 
qolib), tizimdagi moy bosimining oshib ketishiga sabab bo'ladi. Moy tarkibida 4-6% dan 
oshiq yonilg'i bo'lsa, bunday moy tizimdan to'kib tashlanib, yangisiga almashtiriladi. 
Dvigatel karterida moy sat- 
xining kamayishiga tizimning jips mahkamlanishining kamayishi tufayli moyni salnik va 
boshqa birikmalardan sizib chiqishi va kuyishi sabab bo'ladi. Porshen halqasining 
yeyilishi tufayli, yonish kamerasiga o'tib ketadigan moy, yonilg'i bilan qo'shilib, kuyib-
yonadi. Bundan tashqari, dvigatelning ish jarayonida, mayin va dag'al moy filtrlari 
ifloslanib qolib, moyni tozalash qobiliyati kamayadi, buning natijasida tirsakli valning 
yelkalarini va podshipnik (vkladish) larini yeyilib ketishi jadallashadi. Moylash tizimining 
nosozliklarini aniqlashda, uni quyidagi tashqi belgilariga e'tibor beriladi. Masalan: 
karterdagi moy satxi moy ko'rsatuvchi shupdagi "MIN" belgicidan kam bo'lsa, hamda 
tirsakli valni o'rtacha aylanishida, moy bosimi 0,1-0,15 MPa dan kam bo'lsa, yoki dvigatel 
(500 ob
/min) salt ishlaganda, moy bosimi 0,05 MPa dan kam bo'lsa, moylash tizimi nosoz 
hisoblanadi. Bundan tashqari, moy tarkibiga yonilg'ining qo'shilib borishi moy 
qovushqoqligini va moyning bosimi kamayib ketishiga sabab bo'ladi (bu manometr orqali 
aniqlanadi). Moyning sifati, qorayib ketganligi, bosma qog'ozga tomizib aniqlanadi. 
Bundan tashqari (jips mahkamlangan joyni bo'shab qolishidan), moy sizib oqsa hamda 
mayin va dag'al filtrlar tez-tez kirlanib qolsa, bu ham moylash tizimi nosozligidan darak 
beradi. 

Download 0,81 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



UzDEU yengil avtomobillari sovutish tizimiga TXK

Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish