42
Ta'minot tizimiga diagnoz qo'yish ko'rsatkichlari dvigatelni og'ir o't olishi, yoqilg'i
sarfini oshishi,
dvigatel quvvatini pasayishi, qizib ketishi, chiqindi gazlar tarkibidagi
zaharli gazlar miqdorini oshib ketishidan iborat.
B.Karburatorli dvigatellar ta'minot tizimiga diagnoz qo'yish diagnoz qo'yish
jihozlari yordamida yoki ishlash sharoitida bajariladi, tizimning mexanizm va
birikmalarini holati ular yechilgandan so'ng aniqlanadi.
Ishlash sharioitida ta'minot tizimiga diagnoz qo'yishda 1 km tekis yo'lda
yoqilg'ining sarfi aniqlanadi. Bu ishni tortish sifatini aniqlovchi
jihozda ham bajarish
mumkin.
Chiqindi
gazlarning
zaharliligi
dvigatellarni
salt
yurishida
aniqlanadi.
Korbyuratorli dvigetellar uchun gazoanalizatorlar, dizel dvigatellari uchun dimomerlar
ishlatiladi.
Karburatorli dvigatellar chiqindi gazlar tarkibidagi SO gazi salt yurishda (0.6nnom
+ 100ayl/min.) 1978 yilgacha chiqqan avtomobillar uchun miqdori 2-3.5 %, undan
keyingilari uchun esa 1.5% dan oshmasligi kerak.
Ta'minot tizimiga diagnoz qo'yishda avtomobilni yurgazib yoki jihoz yordamida
sinash usullari qo'llaniladi. Ikkala holda ham
avtomobilga maxsus qurilma
"sarfaniqlagich" (rasxodomer) o'rnatilib, belgilangan rejimdagi yonilg'i sarfi aniqlanadi.
Avtomobilni sinashdan avval to'liq 2-TXK hajmidagi ishlarni bajarish zarur.
Ta'minlash tizimiga diagnoz qo'yish ishlarining majmuasi quyidagilardan iborat
bo'lib, dvigatel salt ishlaganda, tirsakli valning eng kichik aylanishlar soni bilan ravon
aylanishi tekshiriladi va sozlanadi; karburatorning qalqovuchli kamerasidagi yonilg'i satxi
va ignasimon klapanning germetikligi tekshiriladi hamda, tezlatish
nasosining ishlashi
sozlanadi, jiklyorlarning o'tkazuvchanlik qobiliyati aniqlanadi, karburator kirdan va
smolalardan tozalanadi. Dvigatel salt ishlaganda, karburatorni kichik aylanishlar soniga
sozlash uning ravon va iqtisodli ishlashini ta'minlab turadi.
Karburatorni sozlashdan avval dvigatelning sovutish tizimidagi
suyuqlik harorati
75-80
°S gacha qizdirilib olinadi va o't oldirish tizimi to'liq nazoratdan o'tkaziladi.
Karburatorni kallektorga o'rnatish jipsligi va yonilg'i kirituvchi kanallar germetikligi
tekshiriladi. Undan so'ng dvigatelni salt ishlashga moslab sozlash ishlari quyidagi tartibda
bajariladi: sifat, sozlash vintini oxirigacha qotirib, so'ngra 1.5 - 2 marotaba aylantirib
bo'shatiladi va drosselning tayanch vintini yoki miqdor vintini burab teks ishlashga
erishiladi. Yana sifat vinti buralib dvigatelni eng katta aylanishlar sonidagi ravon ishlash
rejimiga keltiriladi va miqdor vinti orqali kichik ravon aylanishlar soni sozlanadi. Bu
jarayon
bir necha marta qaytarilib, dvigatelni eng past aylanishlar sonida ravon ishlash
holatiga keltiriladi. So'ngra drossel birdaniga ochilib hamda berkitilib, karburator ishlashi
tekshiriladi. Bunda dvigatel o'chib qolmasligi zarur. Dvigatelning tirsakli valini eng
kichik va bir teks ishlashiga erishilgandan so'ng, chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod
oksidi miqdori tekshiriladi va sozlanadi.
43
Karburatordagi yonilg'i satxini tekshirish va sozlash. Ko'pchilik karburatorlada
yonilg'i satxini tekshirish uchun maxsus tirqish yoki oynakchalar bo'lib,
ular orqali satx
tekshiriladi. Hozirda ishlab chiqarilayotgan karburatorlarning qalqauchli (po'kakli)
kameralaridagi yoqilg'i satxini tekshirish uchun karburatorni ustki qismini yechish va
nazorat qilish mumkin. qalqovuchli kameradagi yoqilg'i satxini sozlash uchun,
qalqovuchning maxsus sozlovchi tilchalaridan foydalaniladi. Tilchalar ignasumon
klapanlar ustiga o'rnatilgan bo'lib, ular ignaning yurish yo'lini (1.2 - 1.5 mm) sozlash
orqali kameradagi yoqilg'i satxini me'yoriga keltiradi. qalqovuchni germetikligini
tekshirish uchun uni o'qidan chiqarib olib, 60-80
°S gacha isitilgan suvli ishdishga botirib,
1 daqiqa mobaynida tekshiriladi. Bunda, havo pufakchalarining
chiqishi qalqovuchda
teshik joyi borligidan darak beradi. qalqovuch ichiga kirib qolgan yoqilg'ini chiqarib
yuborish uchun, shikastlangan joy qarshisidan teshiladi va siqilgan havo bilan purkaladi.
qalqovuchning shikastlangan joyi qalay yoki maxsus kleylar yordamida yamab qo'yiladi.
Karburatordagi jiklyor va purkagichlarning o'tkazuvchanlik holatini tekshirib turish
zarur. Ularning o'tkazuvchanlik qobiliyati suvning harorati 19-21
°S, bosimi 1 metrli suv
ustuni balandligida dozalash teshigidan 1 daqiqa davomida oqib o'tgan suvning miqdorini
o'lchash orqali aniqlanadi. Natija aniq bo'lishi uchun sinov 3-4 marotaba takrorolanadi.
Jiklyor va purkagichlarni tekshirishdan avval atseton yoki oliy navli benzin bilan
iflosliklar (kir, yog' dog'lari, smola quyqasi) dan tozalanadi.
ATK larda korbyuratorni tekshirish uchun NIIAT-489A moslamasi ishlatiladi. U
korbyuratorni dvigatelda har qanday ishlashini aks ettira oladi. Sinash natijalariga ko'ra
ta'minot tizimining kerakli kerakli qismlari bo'laklarga ajratilib, alohida tashxislash ishlari
bajariladi.