• Ot oldirish tizimiga texnik xizmat korsatish.
  • O't oldirish tizimiga TXK




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/81
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,81 Mb.
    #150608
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   81
    Bog'liq
    Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi

     
    4. O't oldirish tizimiga TXK. TXK jarayonida diagnostikalash, maxkamlash, 
    moylash va sozlash ishlari bajariladi.
    O't oldirish tizimini diagnostikalash. Diagnostikalashda elektron-nur trubkali 
    qo'zg'almas motor-testerlardan, hamda elektron avtotesterlardan (sonli aks ettiruvchi) 
    foydalaniladi. 
    Motor-tester va elektron avtotestr yordamida aniqlangan ko'rsatkichlarni me'yoriy 
    ossillogrammalar bilan taqqoslab, o'zgaruvchan tok generatori, kondensator va o't oldirish 
    g'altagining birlamchi sim chulg'ami holati, taqsimlagich kontaktlari orasidagi tirqish va 
    uning holati, o't oldirish chaqmoqlaridagi kuchlanish va o't oldirish g'altagining ishlash 
    qobiliyatini aniqlab beradi. Hozirgi vaqtda motor-testerlarning ikkinchi avlodi bo'lgan 
    mikroprotsessorli tizimga asoslangan avtotesterlardan keng foydalanish diagnostika 
    jarayonini to'liq avtomatlashtirish imkonini beradi.
    O't oldirish tizimiga texnik xizmat ko'rsatish. Taqsimlagichni davriy ravishda 
    moylab turish, uning kontaktlari orasidagi tirqishni tekshirish va rostlash, detallarning 
    holati hamda tozaligini kuzatib borish lozim. 
    Xizmat ko'rsatish vaqtida taqsimlagichning mahkamlanganligi tekshiriladi va zarur 
    bo'lsa, yana mahkamlanadi. Bundan avval o't oldirish onining to'g'ri o'rnatilganligini 
    tekshirish lozim. Taqsimlagich qopqog'i yechib olinib, uning ichki va tashqi sirtlari kirdan 
    tozalanadi. 
    Uzgich kontaktlari orasini moy qoldiqlari va changdan benzin shimdirilgan zamsh 
    materialida tozalash kerak. 
    Kuygan kontaktlarni maxsus abraziv plastina yoki donadorligi 150 bulgan mayin 
    oynasimon jilvir bilan tozalash zarur. Kontaktlarni tozalashda ularning yuzasida paydo 
    bo'lgan do'nglik va chukurliklar tekislanishi lozim. Ularni to'liq tekislash tavsiya 
    etilmaydi.
    Kontaktlar tozalangandan so'ng ularni havo bilan puflash, so'ngra benzinda yengil 
    namlangan zamsh bilan artish va kontaktlar orasidagi tirqishni sozlash lozim. 
    Harakatlanuvchi kontakt o'z o'qida qadalib kolishini tekshirish uchun richagni 
    barmoq bilan tortib, so'ng qo'yib yuboriladi, richag prujina chertilgandek, tez sur'atda 
    dastlabki holatiga qaytishi lozim. Agar richag dastlabki holatiga sekin qaytsa, 
    harakatlanuvchi kontakt yoki kontakt yig'masi yangisiga almashtiriladi. 
    Taqsimlagichdagi markazdan qochma va vakuumli sozlagichlarning ishlashi hamda 
    uchqunning bir maromdaligini tekshirishni, shuningdek, kontaktlarning ochiq holatda 
    turish burchaklarini o'rnatishni maxsus SPZ-12 jihozida yoki shunga o'xshash jihozlarda 


    54 
    amalga oshirish darkor. Uzgich o'qining ichquymasi hamda ko'p avtomobillarda 
    qo'llanilayotgan vakuum sozlagich podshipnigini davriy ravishda moylab turish lozim. 
    O't oldirish burchagini irgarilatishni tekshirish va sozlash. Bu ishni bajarish siqish 
    taktida, ishlamay turgan dvigatelda, porshen yuqori chekka nuqtaga yaqinlashish chog'ida 
    blok va shkivdagi (yoki maxovikdagi) belgilarni bir-biriga to'g'ri keltirilib, so'ngra bir 
    uchi kontaktga keluvchi simga va ikkinchi uchi massaga ulangan lampochkaning yonish 
    onini aniqlash orqali bajariladi. Biroq bu usulda xatolik 
    ±5° gacha yetadi. Shuning uchun 
    yakuniy sozlash dvigatel salt yurishda ishlab turganida va tezlashayotgan vaqtda tezlik va 
    yuklanishni hamda vakuumli va markazdan qochirma sozlagichlar ishini hisobga olib 
    amalga oshiriladi. Agar dvigatelning salt yurishida vakuumli sozlagich uzib qo'yilsa, 
    tirsakli valning aylanishlar soni to'satdan tushib ketadi, markazdan qochirma 
    sozlagichning yaxshi ishlamasligi dvigatelning tezlik olish qobiliyatini susaytiradi. 
    O't oldirish burchagini aniq sozlash ishlayotgan dvigatelda stroboskop yordamida 
    bajariladi. Uning ishlash prinsipi qisqa vaqt (0,0002 s) oralig'ida belgilangan onlarda 
    aylanuvchi detalni qisqa yorug'lik impulsi bilan yoritilsa, u qo'zg'almas bo'lib ko'rinishiga 
    asoslangan. Shunga asosan tirsakli valning kichik, o'rta va katta aylanishlarida o't oldirish 
    burchagining me'yoriy qiymatlari tekshiriladi. Tekshiruv natijalariga ko'ra uzgich-
    taqsimlagich sozlanadi yoki almashtiriladi. Almashtirilgan uzgich-taqsimlagich 
    ustaxonada ta'mirlanadi va ta'mirlash sifati qo'zg'almas jihozlar yordamida tekshiriladi.

    Download 0,81 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   81




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish