55
O'zgaruvchan tok generatorida mexanik va elektr turkumidagi nosozliklar bo'lishi
mumkin. Mexanik nosozlik: rotor valining yeyilishi, shponka uyasining kengayishi,
podshipnikning yedirilishi va gayka rezbasining shikastlanishi va boshqalardan iborat.
Ular razm solish va bo'laklarga ajratish yo'li bilan aniqlanadi. Ko'rsatilgan nosozliklar
elektrotexnik va tokarlik ustaxonalarida bartaraf etiladi. Eng ko'p uchraydigan nosozliklar
cho'tkaning yeyilib ketishi va uni ushlab turuvchi prujinaning
elastikligini kamayishi
hisoblanadi. Bu nosozliklar detallarni almashtirish yo'li bilan bartaraf etiladi.
NEKSIYA, TIKO va DAMAS rusumidagi avtomobillarda 12V-1.4A turidagi
o'zgaruvchan tok generatorlari qo'llaniladi, ularga TXK ishlarini tashkil etish MDX da
ishlab chiqilgan generatorlarnikidan unchalik farq qilmaydi.
Starterda ishlash jarayonida mexanik nosozliklar ko'proq uchraydi. Yedirilish
natijasida starter shesternyasi va maxovik qo'shilmay qoladi. Bu nosozliklar, brikmalarda
salt yurish ko'payib ketishi natijasida sodir bo'lishi ham mumkin.
Undan tashqari sim
chulg'amlarining uzilishi, qisqa tutashish, yakor qo'nimidagi bronza vtulkalarini yeyilishi,
klemmalarning kuyishi va oksidlanib qolishi natijasida nosozliklar kelib chiqadi.
Neksiya va Espero avtomobillarida kontaktsiz tranzistorli o't oldirish tizimi
qo'llaniladi, tizimdagi barcha jihozlarni tashxislash ishlari skaner yordamida bajariladi.
Bunda o't oldirish momenti, svechalarga kelayotgan kuchlanish qiymati,
xatto svechalar
orasidagi tirqishnining me'yoridaligini tekshirish mumkin.