50
Akkumulator batareyasini yuklama vilkasi bilan tekshirish, uning qizigan dvigatelni
yurgazish tartibiga mos kelgan zaradsizlanish holatini aniqlashga imkon beradi.
Yuklama vilkasi yordamida zaradlanganlik darajasini aniqlashda voltmetr
ko'rsatkichi quyida keltirilgan ma'lumotlarga mos tushishi lozim:
Akkumulatorning
kuchlanishi, V
1,7
¼
1,8
1,6
¼
1,7
1,5
¼
1,4
1,4
¼
1,5
1,3
¼
1,4
Zaradlanganlik
darajasi, foiz
100
75
50
25
O
Soz akkumulator batareyasining kuchlanishi yuklama vilka bilan tekshirilganda
kamida 5 sekund davomida o'zgarmasligi keraq Akkumulator batareyasi qopqog'idagi
teshiklar tiqinlar bilan berkitilgan bo'lishi lozim. Elektrolitning zichligi 1,2 g
/sm3 dan
kam bo'lgan akkumulatorlarni yuklama vilkasida tekshirish tavsiya etilmaydi.
Elektrolit zichligining 0,01g
/sm3 ga kamayishi akkumulator batareyasining 6%
zaradsizlanganligini ko'rsatadi
. Batareyaning zaradsizlanishi yozda kamida 50% ni,
qishda 25% ni tashkil etsa, uni zaradlash kerak.
Akkumulator batareyasi uch oyda bir marta batareya haqiqiy sig'imining 1
/10 dan
1
/13 gacha tok kuchi bilan zaradlanadi.
Batareyalarni zaradlash ikki usul bilan:
- doimiy tok kuchi bilan;
- doimiy kuchlanish bilan zaradlanadi.
Birinchi usulda, batareyani zaradlash tarmog'iga ketma-ket guruhlab kuchlanishlar
reostati orqali ulanadi. Batareya ikki bosqichda zaradlanib, birinchi bosqichda zaradlash,
batareyaning bitta elementidagi kuchlanish 2,4V
ga yetguncha, ikkinchi bosqichda esa,
tok kuchi 50 % ga kamayguncha bajariladi. Bu usulning kamchiligi shuki, zaradlash
10
¼15 soat davom etadi hamda ulanadigan batareyalar bir xil sig'imda bo'lishi va tok
kuchi har soatda nazorat qilib turilishi zarur.
Ikkinchi usulda, doimiy kuchlanish bilan har xil sig'imdagi
va har xil darajada
zaradlanadigan
batareyalarni
zaradlash
mumkin.
Batareyalarning
bir
xil
kuchlanishdagilari guruhlarga ajratiladi va zaradlash qisqa vaqt davom etadi hamda tok
kuchi rostlab turilishi zarur. Shuningdek, zaradlashni bevosita avtomobilning o'zida
bajarish ham mumkin. Zaradlash jarayonining jadallashishi katta tok kuchi(50A) hisobiga
olib boriladi. ATK larda qo'llaniladigan to'g'rilagichlar (vipryamitellar VAS-111, VSA-5
va h.k.) kuchlanish 80V gacha va tok kuchi 12A bo'lishini ta'minlaydi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan (NEKSIYA, TIKO va DAMAS
avtomobillariga qo'yilayotgan) 12V35AH va 12V55AH (MF) akkumulator batareyalarida
mahsus indikatorlar bo'lib, ular akkumulatorni me'yoriy (yashil rang), zaradtalab (qora
rang) va elektrolitning kamligini (rangsiz) ko'rsatadi. Indikatorning rangiga qarab,
akkumulatorni zaradlash yoki unga elektrolit quyish zarurligini aniqlash mumkin.
Akkumulator batareyasini joriy ta'mirlashdan oldin uning tashqi sirti 3
¼5
foizli
kalsiy sodasining qaynoq eritmasi bilan yungli cho'tkada yuviladi. Batareya yuvilgandan
51
keyin sovuq suv bilan chayib tashlab, quruq latta bilan artiladi. Batareyaning kislotaga
chidamli mumli(mastika) sirtining yoriqlari, jips bo'lmagan joylari elektrolitning sizib
chiqishi va sachrashi orqali aniqlanadi. Bunday nuqsonlar
akkumlyatorlar batareyasini
qismlarga ajratmay turib bartaraf etiladi. Shu yoriq joylari(90
¼120° burchak ostida)
qizdirilgan iskana bilan o'yib ko'chirib olinadi, so'ngra shu joylarga qaynoq, suyultirilgan
mum quyiladi. Ta'mirlash oldidan qismlarga ajratmay turib, batareyaning haqiqiy
sig'imidagi tok 1
/20¼1/15 nisbatdagi qiymatida, kuchlanishni 1,5V ga pasayguncha
zaradsizlantiriladi. So'ngra elektrolit sopol vanna yoki shisha idishlarga quyib qo'yilib,
batareya distillangan suv bilan yuvib yuboriladi. Shundan so'ng, barmoqsimon freza yoki
diametri 18
mm li parma yordamida parmalab, ulagich(peremichka) chiqarib olinadi va
qopqoqdagi kislotaga chidamli mum qobig'i elektrda qizdirilgan kurakchalar
yordamida
ko'chirib tashlanadi.
Batareyaning mumdan tozalangan qopqog'i yechgich yordamida yechib olinadi.
Plastinaning yaxlit bloklari bakdan maxsus ushlagich(yoki ombir-ushlagich) yordamida
chiqarib olinadi. Bloklarning nosoz majmuasi bakdan (peremichkani yechmay turib,
batareyani qo'zg'atmay ushlab turib), qisib ushlagich(yoki ombir-ushlagich) yordamida
chiqarib olinadi.
Qismlarga ajratilgan batareya kislotaga chidamli vannaga solib yuviladi. Nosoz
separator va plastinalar (qulog'i kavsharlangan joyidan eritib) baretkalardan ajratib
olinadi. Bak jipsligi unga qaynoq suv quyib va uning sizib chiqishiga razm solib yoki
elektr o'tkazuvchanligini sinab tekshiriladi. Buning uchun bakka elektrolitning suvdagi
kuchsiz eritmasi quyiladi va yaxshi aralashtirilib, sinab bo'lingandan so'ng, vannaga to'kib
yuboriladi. Vannada va bak
ichida elektrodlar joylashib, ulardan voltmetr orqali
127
¼220 V kuchlanishli tok o'tkaziladi. Bak jips bo'lsa, voltmetr strelkasi « 0 » holatidan
siljimaydi. Urilgan, yorilgan hamda turli ko'rinishlarda shikastlangan baklar ta'mirlanadi
yoki almashtiriladi. Yig'ilgan plastinkalar blokida qisqa tutashuvlar sodir bo'lishi yoki
bo'lmasligi bakning alohida joyiga o'rnatib qo'yilgan voltmetr orqali tekshiriladi. Bunday
paytda qopqoq asbest yoki rezina chilvir bilan jips mahkamlanadi va bu sirtga erigan mum
quyiladi. Yig'ilgan batareyaga me'yordagi zichlikda elektrolit quyilib(25
¼30°S
haroratgacha sovutib) 4
¼5 soat ushlab turilgandan so'ng, zaradlanadi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan (NEKSIYA, TIKO va DAMAS
avtomobillariga qo'yilayotgan) 12V35AH va 12V55AH (MF) akkumulator batareyalarida
mahsus indikatarlar bo'lib, ular akkumulatorni me'yoriy (yashil rang), zaradtalab (qora
rang) va elektrolitning kamligini (rangsiz) ko'rsatadi. Indikatorning rangiga qarab,
akkumulatorni zaradlash yoki unga elektrolit quyish zarurligini aniqlash mumkin.