Akkumulyatorlar batareyasini tuzilishi, ko'rsatkichlari, nosozliklari va zaryad qilish usullari Reja




Download 22.05 Kb.
Sana19.05.2023
Hajmi22.05 Kb.
#62078
Bog'liq
Akkumulyatorlar batareyasini tuzilishi, ko\'rsatkichlari, nosozliklari va zaryad qilish usullari
AQTvaUTXK 54 dars, Курочка Ряба, balans modeli va uni transport masalasi yordamida yechish, diplomatik-yozishmalarning-xususiyatlari-shartnoma-matnlarini-shakllantirish-tamoyillari, Biznes jarayonlarining axborot xavfsizligi., Kompyuter dizayni kundaligi diplom oldii.docxvord, portal.guldu.uz-Analitik kimyoning fizik kimyoviy usullari, Slayd-11, Beksulton, 16-Mavzu, Apparat O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaorligi (1), 9-Mavzu Simmetrik shifrlash tizimlari. Bajardi 009-, 16, TurdaliyevAvazbek

Akkumulyatorlar batareyasini tuzilishi, ko'rsatkichlari, nosozliklari va zaryad qilish usullari
Reja:
1. Qo’rg’oshin kislotali akkumulatorlar batareyasining tuzilishi
2. Akkumulatorlar batareyasining ishlash prinsipi
3. Akkumulator elementlarining o’zaro ulash uslublari.
Akkumulatorlar batareyasi ( I, I -rasm) yaxlit qobiq 12 dajoylashtirilgan uch yoki oltita ketma-ket ulangan akkumulatorlardan tashkil topgan.Har bir akkumulator bir-biridan to'siqlar bilanajratilgan. Akkumulatorlar batareyasining qobig'I ebonite, termoplast, polipropilen va polistirol kabi kislotaga chidamli, mexanik mustahkamligi yetarlidarajada yuqori bo'lgan materiallardan tayyorlanadi. Qobiqning har bir bolimining pastkiqismida musbat va manfiyplastinalar tayanadigan qovurg'alar 13 bo’lib, ular akkumulator tubiga cho'kmalar yig'ilganda (aktiv massa to'kilganda) plastinalari qisqa tutashuvdan saqlaydi.
Akkumulator elementi musbat 2 va manfiy plastinalardan yig'iladi. Plastinalar asosi qo'rg'oshin panjarabo’lib, uning quyilish xususiyatlarini yaxshilash, mexanik mustahkamligini vakorroziyagachidamliligini oshirish maqsadida tarkibiga 5-7% sunna va 0,1-0,2% mishyak (margimush) qo'shiladi. Qo'rg'oshin panjara oralariga aktiv massa to'ldiriladi. Musbat plastinaga aktiv massa sifatida qo'rg'oshin surigi (Pb3 O4 ) qo'rg'oshin oksidi (PbO) va sulfat kislota (H2 S04 ) aralashmasi qoplansa, manfiy plastinaga qo'rg'oshin kukuni va sulfat kislota aralashmasi suriladi.
Musbat plastinaning aktiv massasi mustahkamligini oshirish uchun unga polipropilen tolalalari qo'shiladi. Manfiy plastinalaridagi aktiv massa ish jarayonida zichlashib ketishini oldini olish uchun uning tarkibiga 2% gacha kengaytiruvchi moddalar qo'shiladi. Kengaytiruvchi moddalar sifatida torif, qorakuya, paxta tarandisi va hokazolar ishlatiladi.
Shu usulda tayyorlangan plastinalar presslanadi, quritiladi va sulfat kislota H2 SO4 hamda distillangan suvdan tashkil topgan eritmaga, ya'ni elektrolitga tushiriladi va qiymati kichik bo'lgan tok bilan zaryad qilinadi. Bu jarayon plastinalaring shakllanishi deb ataladi.
Plastinalaring shakllanish jarayoni natijasida, musbat plastinadagi aktiv massa och jigarrang qo'rg'oshin oksidiga PbO2  manfiy plastinadagi kul-rangli g'oyak qo'rg'oshin Pb ga aylanadi. Tayyor plastinalar baretka 4 yordamida manfiy va musbat yarim bloklariga biriktiriladi. Baretka-bom va plastinalaring quioqchalari kavsharlanadigan ko'prikcha 6 dan tashkil topgan. Yarim bloklardagi plastinalar soni akkumulatorlarbatareyasining nominal sig'imini belgilaydigan omillardan bin hisoblanadi. Musbat plastinalaning deformatsiyaga moyilligi katta bo'lganligi sababli, ulari manfiy plastinalar orasigajoylashtiriladi. Shuning uchun aksareyat holda manfiy plastinalaning soni bittaga ko'p bo'ladi. Har xil qutbli plastinalaring o'zaro qisqa tutashuvini oldini olish maqsadida ulaning orasiga separatorlar I joylashtiriladi.
Separatorlar kislotaga chidamli, izolatsiya xususiyatiga ega bo'lgan g'ovak materiallardan tayyorlanadi. Xususan, mikrog'ovakli plastmassalar (miplast, porovinil, porving, vinipor), mikrog'ovakli ebonit (mipor), shisha namati kabi materiallar separatorlar tayyorlashda keng qo'llaniladi. Mipordan tayyorlangan separatorlar o'zining o'ta g'ovakligi, liktrqarshiligikamligi bilan boshqa materiallardan tayyorlangan separatorlardan ustun turadi. Miporli separatorlar akkumulatorlar batareyasining ishlash muddatini oshirish imkonini berdi. Lekin mipor tabliy kauchukdan olinganligi sababli, undan tayyorlangan separatorlar nisbatan qimmatroq bo'ladi.
Miplastdan tayyorlangan separatorlar elektrolitni o'zigajuda tez singdirib oladi, ularing mexanik mustahkamligi, kimyoviy chidamliligi yetarli darajada bo'ladi. Lekin miplastdan tayyorlangan separatorlaring g'ovakligi nisbatan past va ularda tok o'tkazuvchan o'simtalar hosil bolish ehtimoli yuqoriroq bo'ladi. Shuning uchun separatorlari miplastdan tayyorlangan akkumulatorlaring ishlash muddati bir muncha kamroq bo'ladi.
Separatorlar to'rtburchakli plastina ko'rinishida bo’lib, elektrolit o'tishini yengillashtirish uchun musbat plastinaga qaratilgan tomoni qovurg'ali qilib tayyorlanadi. Separatorlar plastinalarga nisbatan eniga 3-5 mm, bo'yiga 9-10 mm ga kattaroq bo'ladi. Bu plastinalar orasida tok o'tkazuvchan o'simtalar hosil bolish ebtimolini kamaytiradi. Ba'zida, og'ir sharoitda ishlaydigan avtomobillar uchun qo'sh separatorli akkumulatorlar o'rnatiladi. Qo'sh separatorlarning tuzilishi quyidagicha bo'ladi: miplast yoki mipordan tayyorlangan separatorning qovurg'ali tomoniga shisha paxtadan tayyorlangan yupqanamatjoylashtiriladi. Shisha namat musbat plastinaga yopishib turadi va uning aktiv massasini tebranish, titrash ta'sirida sirg'alib to'kilib ketishidan ancha saqlaydi.
Akkumulatorlar batareyasi qobig'ining bolinmalariga bloklarga yig'ilgan elektrod va separatorlarjoylashtiriladi. Qarama-qarshi qutbli yarimbloklaring bar biri qobiq tubida o'z qovurg'asiga tayanganligi sababli cho'kmalar orqali plastinalar orasida mavjud bo’lishi mumkin bo'lgan qisqa tutashuv istisno qilinadi. Elektrolit sathini yoki zichligini o'lchash jarayonida, plastinalar hamda separatorlaring yuqori qismini yemirilishdan saqlash maqsadida, ular ustiga kislotaga chidamli plastmassadan tayyorlangan g'alvirsimon saqiovchi to'siqJ o’rnatiladi.
Ebonit yoki plastmassadan tayyorlangan qopqoq akkumulatoning alohida bo'linmalarini yoki qobiq ustini tola yopadigan qilib tayyorlanishi mumkin. Har bir akkumulator alohida qopqoq 7 bilan yopilganda uning atrofi kislotaga chidamli maxsus mastika yordamida zichlashtiriladi. Plastmassadan tayyorlanadigan umumiy qopqoqlar akkumulator qobig'iga kavsharlanadi yoki maxsus yelim yordamida yopishtiriladi.
Alohida qopqoqning(1.2-rasm) uchta doirasimon tuynugi bo’lib, ikkita chekkasidagi plastina yarimbloklarining qutb quioqchalarini chiqarish uchun mo'ljallangan bo'lsa, o'rtadagi rezbali tuynuk 2 akkumulatorga elektrolit, distillangan suv quyish va elektrolit sathini va zichligini o'lchash uchun xizmat qiladi. Plastina yarimbloklarining qutb quioqchalarini yoki bomni kavsharlash va tegishli germetik zichlikni ta'minlash maqsadida qopqoqning ikki chekkadagi tuynugiga qo'rg'oshin halqalar 3 joylashtiriladi.
Akkumulatorlaning rezbali tiqmlari (1.3-rasm) ebonitdan yoki plastmassadan (polietilen, polistirol, fenolit va hokazo) tayyorlanadi. Ish jarayonida akkumulator ichida hosil bo'ladigan gazlar chiqishi uchun tiqinlarda maxsus shamollatish tuynugi I o'yiladi. Avtomobil harakatlanganda elektrolit chayqalib to'kilmasligi uchunn tiqinning pastki qismida to'siq 3 o’rnatiladi. Akkumulator qopqog'i bilan tiqin orasidagi zichlik rezina halqa 2 yoki ba'zida konussimon qin-a 4 yordamida ta'minlanadi. Yangi elektrolit quyilmagan akkumulatorlarda elektrodlar oksidlanib qolishim oldini olish uchun tiqinlar tagi rezina lappak bilan zichlashtiriladi yoki shamollatish tuynugi yopishqoq tasma bilan yelimlanib qo'yiladi. Ko'pchilik yangi akkumulatorlaning plastmassa tiqinlarining shamollatish tuynugi plastmassa quyilmasi 5 bilan yopilgan bo'ladi. Akkumulatorni ishga tushirishdan oldin ushbu plastmassa quyilma qirqib tashlanishi va shamollatish tuynugi ochib qo'yilishi zarur. Akkumulator batareyasining qopqog'i umumiy bo'lganda, unga bir yo'la bir nechta elektrolitquyish tuynuklarini yopadigan tiqinlar bloki o’rnatiladi. Tiqinlar bloki plastmassa taxtacha (1.4-rasm) shaklida yasalib, unga kerakli miqdorda rezbasiz tiqinlar 2 joylashtiriladi.
Akkumulator elementlari turli tuzilishga ega bo'lgan elementlararo ulagichlar yordamida batareyaga birlashtiriladi. Qopqoqlari alohida bo'lgan akkumulatorlarda ulagichlar tashqaridan 'tadi (1.5-a rasm). Umumiy qopqoqli akkumu atorlarda ulagichlar elementlararo to'siqlar stidan (1.5-b rasm) yoki bevosita to'siq orqali (1.5-c rasm) o'tkaziladi. Bu ko'rinishdagi, ya'ni altalashtirilgan elementlararo ulagichlar akumulatorlaring ichki qarshiligini, qo'rg'oshin sarfini va demak. akkumulatorlar batareyasining umumiy vaznini kamaytirish imkonini beradi.
Download 22.05 Kb.




Download 22.05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Akkumulyatorlar batareyasini tuzilishi, ko'rsatkichlari, nosozliklari va zaryad qilish usullari Reja

Download 22.05 Kb.