47
bosqichidagi gaz bosimi (dastlab kontrogaykani bo'shatib) gaykadan sozlanadi, ya'ni u
buralganda, diafragmadagi prujinaning tarangligi o'zgaradi.
Rostlash paytida gaz bosimi
(avtomobil kabinasi ichidagi peshtoqdan) past bosimli manometrdan nazorat qilib turiladi.
Suyultiril-gan gaz uchun birinchi bosqichdagi bosim 0,1 dan 0,2 MPa gacha
bo'ladiReduktorning Редукторнинг ikkinchi bosqichi bosimi rostlash nippelini burash
hisobiga o'zgaradi: nippelni burasa, bosim ortadi, aksincha bo'shatsa, bosim kamayadi.
Ikkinchi bosqichdagi gaz bosimini pyezometrda tekshirish uchun, reduktorning yuklovchi
qurilmasiga shtutser ulanadi yoki shtutserga maxsus qopqoq (ikkinchi bosqich qopqog'i
tuynugi o'rniga) o'rnatiladi.
Dvigatel salt ishlaganda, reduktorning ikkinchi bosqichidagi
bosim 0,05
¸0,1kPa bo'ladi. Ballondagi gaz bosimiga bog'liq holda, yuklanish(nagruzka)
ni oshirib, ikkinchi bosqichdagi bosim atmosfera bosimigacha yoki 0,01:0,02 kPa gacha,
to'la yuklanish (nagruzka) da esa, 0,16:0,25 kPa gacha kamaytiriladikamaytiriladiIkkinchi
bosqich klapanining to'g'ri o'rnatilishi diafragma shtogining yurish yo'lini (5:6 mm bo'lishi
kerak) tekshirib aniqlanadi. Klapanning yurishini rostlash uchun magestral ventili ochilib,
klapanning rostlash vinti kontrgaykasi (klapan gaz chiqarishni boshlaguncha) bo'shatib
turiladi. Shundan so'ng (klapandagi gaz sizib chiqishi to'xtaguncha, tovushi so'nguncha)
rostlash vinti 1
/8:1/4 nisbatda buraladi va kontrgayka burab mahkamlanadi. Magistral
ventil berkitilib, klapanning yurish masofasi (yuqorida aytilganidek) diafragma shtogining
yurish masofasi kabi tekshiriladi. Reduktorning (birinchi bosqichli) saqlovchi
(predoxranitelnoy) klapani, chiqarish shtutserini burab (prujina tarangligini o'zgartirib)
rostlanadi. To'g'ri rostlangan klapan gaz bosimi 0,45 MPa bo'lganda ochila boshlaydi.
Ta'minlash tizimiga TXK ning o'ziga xos jihatlari. Avtomobil yo'lga
chiqishidan
oldin har kuni gazda ishlaydigan dvigatel, gaz quvurchalari, naychalarining germetikligi,
gaz jihozlarining tashqaridan shikastlanmaganligi, kabinadagi magistral ventilining va
rezervdagi ta'minlash tizimining ishlashi tekshiriladi. Avtomobil ishdan qaytgandan keyin
ballondagi gaz ventilini berkitib qo'yish va gaz tizimida qolgan gazni (yondirib,
tashqariga) chiqarib yuborish kerak.
1-TXK paytida (KXK dan tashqari) reduktorni yechib, filtrlovchi elementni
tozalanadi, magistral va bug', suyuqlik va to'ldiruvchi vetillarning shtogi rezbasi
konsistent moy bilan moylanadi hamda gaz tizimi germetikligi (havoning 1,6 MPa)
bosimida tekshiriladi va inert gazi bilan gaz sizib chiqishi bartaraf etiladi. 2-TXK paytida
(yuqorida ko'rsatilganlardan tashqari), gaz apparutaralarining mahkamlanishi,
yondirish
payti (burchagi) ning to'g'ri o'rnatilishi tekshiriladi. Bundan tashqari, gaz reduktori,
aralashtirgich va bug'latgich tekshiriladi hamda rostlanadi. Bir yilda bir marta gaz
apparaturalari taftish qilib turiladi. Ventillar klapani va uyasi (ishchi yuzalari)
kirlanishdan tozalanib, zarur bo'lsa, bu yuzalar shilinadi va ishqalab artiladi (pritirka).
Bug'latgich va gaz
filtri atseton bilan yuviladi, klapanlar va reduktor prujinasining
tarangligi rostlanadi. Zarur holda, yaroqsiz detallari almashtiriladi.