• Ot oldirish tizimi asosiy nosozliklari.
  • Microsoft Word 13-атэ-лотин-маъруза doc




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/81
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,81 Mb.
    #150608
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81
    Bog'liq
    Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi

    3.Avtomobillarda batareyali, kontaktli-tranzistorli, kontaktsiz-tranzistorli va 
    elektron o't oldirish tizimi qo'llaniladi. Dvigatelning 40% dan ziyod nosozliklari shu 
    tizimga to'g'ri kelib, uning quvvatini pasayishiga sabab bo'ladi. 
    Eng ko'p tarqalgan o't oldirish tizimi batareyali bo'lib, u uzgich-ulagich, o't oldirish 
    g'altagi, svecha, yuqori va past kuchlanish simlaridan tashkil topgan. 


    52 
    O't oldirish tizimining eng ko'p tarqalgan nosozliklari yuqori va past kuchlanishli 
    simlar ustki qoplamni ochilib qolishi va massaga tegishi, ulash joylarida yaxshi ilashish 
    yo'qligi, uzgich-ulagich kontaktlarini oksidlanib qolishi va kuyishi, kontaktlar orasidagi 
    tirqishni o'zgarishi, xarakatlanuvchi kontakt prujinisini bo'shashib qolishi, taqsimlagich 
    valini yedirilishi, kondensatorni ishdan chiqishi, svechalarga moy sachrab ifloslanib 
    qolishi, o't oldirish g'altagi sim chulg'amlarini qisqa tutashishi, o't oldirish momentini 
    noto'g'ri qo'yilganligi, markazdan qochirma va vakkumli o't oldirish sozlagichlarini yaxshi 
    ishlamasligidan iborat. 
    O't oldirish tizimi asosiy nosozliklari. O't oldirish tizimidagi elementlar bo'yicha 
    nosozliklarning sodir bo'lishini har biri bo'yicha alohida ko'rib chiqamiz. Yuqori 
    kuchlanishli g'altakning nosozliklariga g'altak qopqog'ining darz ketishi va kuyishi, 
    birlamchi va ikkilamchi chulg'amlar himoya qobiqlarining kuyishi oqibatida o'ramlar 
    orasidagi qisqa tutashuv, chulg'amlarning ulangan joyidan uzilib qolishi, qo'shimcha 
    rezistorning uzilib qolishi yoki birlashgan qismlarning bo'shashib qolishlari kiradi. 
    Uzgich-taqsimlagichning nosozliklariga kontaktlarga moy tegishi yoki kuyishi
    uzgich kontaktlari orasidagi tirqishning yetarli emasligi yoki juda kattaligi, 
    kondensatorning shikastlanishi yoki kuyishi, rotor va qopqoq-ning ifloslanishi, 
    qopqoqning darz ketishi, richag prujinasi tarangligining pasayishi, yetaklovchi valcha 
    vtulkasi, uzgich richagi vtulkasi yoki turtkichi, podshipnikning yeyilishi, markazdan 
    qochma rostgich prujinasining kuchsizlanishi va yukchalarning qadalib qolishi, vakuumli 
    rostlagich diafragmasining teshilishi, uzgich mushtchasi, markazdan qochma rostlagich 
    yukchalari teshiklari va o'qlarining yeyilishi, himoya qobig'i yoki «massa» simlarining 
    uzilishi, taksimlagich qopqog'i ichki yuzasidagi elektrodlarning kuyishi yoki oksidlanib 
    qolishi, yuqori kuchlanishli simlar himoya qoplamlarining kuyishi kabilar kiradi. 
    Chaqmoq(svecha)larning asosiy nosozliklari: korpus va markaziy elektrod bo'yicha 
    jichlikning yetarli emasligi, yon va markaziy elektrodlarning yeyilishi, himoya qoplami 
    etagining yemirilishi, chaqmoqning ichki yuzalarida elektrodlar orasidagi havo tirqishi 
    qisqarishiga olib keluvchi qurum qoplamini paydo bo'lishi. 
    Agar dvigatelda karburator va o't oldirish tizimi to'g'ri sozlangan bo'lsa va me'yoriy 
    ishlasa, shuningdek, ishlatilayotgan yonilg'i sifatli bo'lsa, u xolda dvigateldan yechib 
    olingan chaqmoqning rangi zang yoki jigarrang ko'rinishida bo'ladi. Ishlash 
    davomiyligiga qarab korpus yupqa qurum qatlami bilan qoplanadi. Markaziy elektrod 
    kulrang tusda bo'ladi. Bunday chaqmoqlarni temir shchetka yoki qumqog'oz bilan tozalab, 
    tirqishini rostlagandan so'ng yana dvigatelga o'rnatish mumkin. 
    Agar chaqmoqning yonish kamerasiga kirib turuvchi qismi mayda qurum 
    zarrachalari bilan qoplangan bo'lsa, buning asosiy sabablari aralashmani o'ta boyligi, havo 
    tozalagichning kirlanishi, uchqunning kuchsizligi, dvigatel ko'p vaqt davomida salt 
    ishlashi va klapanlardagi issiqlik tirqishining noto'g'i rostlanganligidir. 
    Chaqmoqning moy bilan qoplanishi porshen halqalarining yeyilganligi, klapan 
    moytutqichi teshigining kengayib ketganligi, dvigateldagi moy sathining yuqoriligi, moy 
    filtrining ifloslanishi, karburatordagi aralashmaning boyligi, o't oldirish tizimining 
    nosozligi tufayli sodir bo'ladi. 
    Chaqmoqni kulrang-jigarrangdan to kulrang-ko'k ranggacha qurum bosganligiga 
    chaqmoq belgilangan me'yoridan ortiq haroratlarda ishlatilayotgan-ligi(kalil soni pastligi), 


    53 
    karburatordagi aralashmaning kambag'al bo'lishi, yondirish onining ertaligi, porshen tubi 
    va silindr kallagining qurum bilan qoplanishi, dvigatel silindriga qo'shimcha havoning 
    so'rilishi, chaqmoqda zichlash halqasining yo'qligi sabab bo'ladi. 
    Yuqori kuchlanishli simlarning asosiy nosozliklariga himoya qoplamining yorilishi 
    va teshilishi, uchlarining kuchsiz qisilishi tufayli kuchsiz kontaktda bo'lishi, sinishlar, 
    uzilishlar va qarshilikning ortib ketishi kiradi. 
    Eng ko'p tarqalgan o't oldirish tizimi batareyali bo'lib, u uzgich-taqsimlagich, o't 
    oldirish g'altagi, chaqmoqlar, yuqori va past kuchlanishli simlardan tashkil topgan. 

    Download 0,81 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word 13-атэ-лотин-маъруза doc

    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish