Uzatmalar qutisi va taqsimlash qutisiga TXK




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/81
Sana02.02.2024
Hajmi0,81 Mb.
#150608
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81
Bog'liq
Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi

 
Uzatmalar qutisi va taqsimlash qutisiga TXK. Qutilarning qanday ishlashi 
kundalik 
ko'rikda 
hamda 
avtomobilning 
harakatlanishida 
tekshirib 
turiladi. 
Zichlagichlarning jipsligi, uzatmalarning oson va shovqinsiz ulanishiga alohida e'tibor 
beriladi. Tekshirilayotgan agregatlarning ishlash vaqtida begona taqillashlar va shovqinlar 
bo'lmasligi kerak. Uzatmalarning shesternyalari to'liq ulanishi lozim, o'z-o'zidan ajralib 
qolishiga yo'l qo'yilmaydi. 
Uzatmalar qutisi korpusining qizishi, avtomobil to'xtatilganda qo'lni kuydirmaydigan 
darajada bo'lishi kerak. 
KXK va 1-TXK da nazorat qilib, eshitib, hamda haroratga qarab tekshirishdan 
tashqari, qutilar korpusi kirlardan tozalanadi, mahkamlangan joylar tekshiriladi va tortib 
qo'yiladi, moy sathi me'yoriga keltiriladi. 2-TXK da yuqorida qayd etilgan ishlarga 
qo'shimcha ravishda, qutilardagi moylar xarita bo'yicha almashtiriladi. Bu ish ko'targich 
yoki ko'rish ariqchalariga ega bo'lgan maxsus ishchi postlarida bajariladi. Qutidagi moy 
dvigatel to'xtagan zahotiyoq, quti sovib ulgurmasdan to'kiladi. 
Agregatlardagi moy sathi shchup yordamida yoki nazorat teshigi orqali tekshiriladi. 
Agar moy sathi pasaygan bo'lsa, toza moy quyib me'yoriga keltiriladi va sapun kanallari 
tozalab qo'yiladi. Moy almashtirish quyidagicha bajariladi: qutidagi eski moy to'kib 
tashlangandan so'ng, o'rniga 1
¼2 l miqdorda yuvish moyi quyiladi. Avtomobil orqa 
ko'prigining birorta g'ildiragi ko'tarib qo'yiladi, dvigatel ishga tushiriladi va birinchi 
uzatma ulanadi. Transmissiya ishlay boshlaydi, shu alfozda qutining ichki bo'shlig'i 
yuviladi va chiqindilardan tozalanadi. Bir necha daqiqadan so'ng yuvish moyi to'kib 
tashlanadi, toza moy quyiladi. Moy almashtirilayotgan paytda to'kish teshigi tiqinining 
magniti ham tozalanadi. 
Taqsimlash qutisi boshqarish richaglarining zarur vaziyati, tortqilar uzunligini 
rostlash orqali ta'minlanadi. Shu maqsadda tortqi barmoqlari shplintlardan ozod qilinadi 
va ayridan ajratiladi. Fiksatorlar aniq ishlagan vaqtda, shtoklar to'liq ulangan holatga 


61 
o'rnatiladi. Richaglar uzatmalar ulangan vaziyatga qo'yiladi va ayrini aylantirib, tortqining 
kerakli uzunligi o'rnatiladi. So'ng tortqi o'z joyiga qo'yiladi, barmoq shplintlanadi va 
kontrgayka qotirib mahkamlanadi. 

Download 0,81 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uzatmalar qutisi va taqsimlash qutisiga TXK

Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish