Uzatmalar qutisini ta'mirlash




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/81
Sana02.02.2024
Hajmi0,81 Mb.
#150608
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81
Bog'liq
Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi

Uzatmalar qutisini ta'mirlash. Avtomobilning oldinga yurish uzatmasi shovqin 
bilan ishlab, uzatmalar yaxshi qo'shilmay qolganda (bu sixronizator halqasining ishga 
yaroqsiz bo'lib qolishidan kelib chiqadi), sixronizator muftasi tishlarining tashqi, yonbosh 
sirtlari, podshipniklar, vallar yeyilganda, shesternya tishlari singanda joriy ta'mirlanadi. 
Yeyilgan detallar holatiga qarab, (birikish jufti bilan) almashtirilib, ta'mirlanadi. 
Detallarni almashtirish uzatmalar qutisi uzoq muddat shikastlanmay ishlashini ta'minlaydi 
va natijada ta'mirlashga kam mehnat sarf etiladi. Uzatma shesternyasining sinxronizator 
gupchagi va boshqa detallarini yechib (chiqarib) olishda maxsus asboblardan 
foydalaniladi. 
 
Asosiy va kardanli uzatmalarga TXK. Kardanli va asosiy uzatmalarni avtomobil 
harakatlanayotganda nazoratdan o'tkaziladi. Bunda transmissiyada aylantiruvchi 
momentni uzatish tartibi tortishdan tormozlanishga yoki aksincha o'zgarganda, begona 
shovqinlar va taqillashlar kuzatilmasligi lozim. 
Kardanli uzatmalarga texnik xizmat ko'rsatishda kardanli birikma flanetslarining 
mahkamlanishi tekshiriladi va tortib qo'yiladi. Xizmat ko'rsatishda kardan sharnirlarining 
podshipniklari va vallarning shlitsali birikmalari moylanadi. Buning uchun № 158, US—1 
va boshqa moylash materiallari ishlatiladi. 
Yengil avtomobillarning kardan sharnirlari transmission moyda, Litol—24, plastik 
moylash materialida yoki tayyorlovchi zavod ko'rsatmalariga mos keladigan boshqa 
materiallar bilan moylanadi. Moy kardan krestovinasiga maxsus shpris yordamida 
yuboriladi. O'tkazish klapani yonidan yoki podshipniklarning salniklari ostidan moy sizib 
chiqquncha yuboriladi. Agar avtomobilga moy to'ldirilishi nazarda tutilmagan kardan 
sharnirlar o'rnatilgan bo'lsa, moylash ishlari faqat qismlarga ajratilganda amalga oshi-
riladi. 
Yetaklovchi ko'prik karteridagi moy sathi 2-TXK da tekshiriladi va moy quyish 
teshigining qirrasigacha to'ldiriladi. Moyni to'liq almashtirish moylash xaritasiga muvofiq 
va ish mavsumi o'zgarganda amalga oshiriladi. Yetaklovchi ko'prik karteridagi moyni 
almashtirish jarayoni xam transmissiyaning boshqa agregatlari uchun qabul qilingan 
texnologiya asosida bajariladi. 
Agar asosiy uzatmadagi yetaklovchi shesternyaning ilashishidagi bo'ylama tirqishi 
ruxsat etilgan qiymatdan orta boshlasa, konussimon podshipniklar rostlanadi. Rostlash 
zavod ko'rsatmasiga binoan bajariladi yoki kardan val flanetsi ajratiladi, yarim o'qlar 
sug'uriladi, asosiy uzatma karterini mahkamlovchi boltlar bo'shatiladi va yetaklovchi 
shesternya yig'ilgan holatida sug'urib olinadi. Yetaklovchi shesternya stakani tiskiga 
o'rnatiladi, Mahkamlash uzeli qismlarga ajratiladi va podshipnik ostidagi qistirmalarning 
qalinligi o'zgartiriladi, so'ngra yig'iladi va birikma mahkamlash darajasi dinamometrda 
tekshirilgan holda mahkamlanadi. Asosiy uzatma shesternyalari ilashishidagi tutashish va 
yon tirqish faqat ta'mirlanganda rostlanadi. 


62 

Download 0,81 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish