58
yoki tizimdan suyuqlikning qisman oqib ketishi ilashmaning nosoz ishlashiga sabab
bo'lishi mumkin.
Uzatmalar qutisi va taqsimlash qutisidagi nosozliklar. Bu nosozliklar uzatmalarni
almashlab ulashda kiyinchiliklar tug'diradi, uzatmalar o'z-o'zidan uzilib qolishi yoki
ishlash vaqtida shovqinlarga sabab bo'ladi. Almashlab ulash
mexanizmining ayrisi yoki
kallagidagi boltlarning bo'shab ketishi, fiksatorlarning qadalib qolishi, shesternyalar,
podshipniklar va vtulkalar yeyilishi oqibatida uzatmalarni ulash kiyinlashadi.
Sinxronizator muftasi va shesternyalar tishlarining
yon tomonida hamda ishchi
yuzalaridagi yeyilishlar uzatmalarni to'liq ulanmasligi, fiksator prujinalarining bo'shashib
qolishi tufayli uzatmalarning o'z-o'zidan uzilib qolishi sodir buladi. Uzatmalar qutisidagi
shovqin esa vallar podshipniklari hamda shesternya tishlarining ishchi yuzalaridagi
yeyilishlar va sinishlar, moy sathining pasayishi natijasida kelib chiqadi.