Transmissiya agregatlariga TXK




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/81
Sana02.02.2024
Hajmi0,81 Mb.
#150608
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81
Bog'liq
Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi

Transmissiya agregatlariga TXK. Transmissiya agregatlariga xizmat ko'rsatish 
navbatdagi KXK, 1-TXK, 2-TXK jarayonida amalga oshiriladi.
KXK da transmissiya agregatlari, avtomobilni o'rnidan jildirib va harakatlanish 
vaqtida uzatmalarni almashlab ulab tekshiriladi. Yetaklovchi ko'prikning holati va jipsligi 
nazorat qilinadi. 
1-TXK da KXK dagi ishlarga qo'shimcha ravishda ilashish muftasi tepkisining erkin 
yurish yo'li tekshriladi va zarur bo'lsa, rostlanadi, yuritma detallari plastik materiallar 
bilan moylanadi. Uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, taqsimlash qutisi, orqa ko'prik 
karterining mahkamlanishi, zichlagichlarning holati tekshiriladi, agregatlardagi moy 
sathlari me'yoriga keltiriladi. 
2-TXK da transmissiya agregatlari bo'yicha KXK va 1-TXK dagi barcha ishlar 
bajariladi, moylash xaritasiga mos ravishda agregatlardagi moylar almashtiriladi. Agar 
agregatlarda nosozliklar aniqlansa, ularni ishchi holatiga keltirish uchun ta'mirlanadi. 
Qo'shimcha ravishda, har bir transmissiya agregatlari bo'yicha bajariladigan ishlarni 
alohida-alohida ko'rib chiqamiz. 
 
Ilashish muftasiga texnik xizmat ko'rsatish. Ekspluatatsiya jarayonida ilashma 
rostlab turiladi, ammo bundan oldin ilashma tepkisining erkin yo'li tekshiriladi. Buning 
uchun ikkita surilgichi bo'lgan chizg'ichdan foydalaniladi. Chizg'ichning bir uchi kabina 
poliga tiraladi, surilgich esa tepki maydonchasiga to'g'rilanadi. Ilashma tepkisi, 
harakatlanishga qarshilik keskin ortgunga qadar bosiladi va shu vaziyat ikkinchi surilgich 
yordamida qayd qilinadi. Chizg'ichning ikkala surilgichi orasidagi masofa tepkining erkin 
yo'lini aniqlaydi. 
Zamonaviy Neksiya, Espero va shunga o'xshash avtomobillarda ko'pincha ilashish 
muftasi uchun gidravlik yuritma ishlatiladi. Bunday mufta yuritmasi tepkisining to'liq 
harakatlanish va erkin yurish yo'li me'yoriga keltiriladi. To'liq harakatlanish yo'lini 
aniqlash uchun ilashish muftasining tepkisi bilan rul chambaragining pastki qismigacha 
bo'lgan masofa (NEKSIYA avtomobilida) aniqlanadi, so'ngra tepki to'liq bosilib yana 
masofa aniqlanadi. Bu ikki masofalar orasidagi farq 130-136 mm bo'lishi kerak. Agar bu 
masofa me'yoridan farq qilsa, u holda sozlash ishlari bajariladi. Tepkining erkin yurish 
yo'li 8-15 mm oralig'ida bo'lishi kerak. 


60 
VAZ, Moskvich va GAZ rusumli yengil avtomobillarda, ilashish muftasi 
tepkisining erkin yurish yo'li ishchi silindr shtokining uzunligini o'zgartirish yo'li bilan 
sozlanadi.
Monjeta, porshen yoki silindrlarning yeyilishi natijasida me'yoridan ortiq miqdorda 
tirqishlar yuzaga keladi. Ular orqali ilashish muftasining yuritmasiga havo kirib qoladi
Uni ishchi silindrning havo chiqarish trubkasi orqali chiqarib tashlanadi.
Buning uchun ishchi silindr chang va kirliklardan tozalanadi. Ilashish muftasi 
yuritmasidagi suyuqlik quyish idishining qopqog'ini ochib, suyuqlik sathi tekshiriladi. U 
rezbali qismidan 15-20 mm. dan pastda yoki ”min” belgisidan past bo'lmasligi kerak. 
Ishchi silindrning chiqarish klapani(1) rezina qopqog'i olinib, o'rniga rezina shlanga 
tiqiladi va bir uchi 1
/3...1/2 hajmda tormoz suyuqligi to'ldirilgan shisha idishga 
tushiriladi. Yuritma tepkisi qarshilik sezilguncha, ya'ni tepkining yurish yo'li 
o'zgarmagunga qadar, tez-tez bosib harakatlantiriladi, so'ngra tepkini bosib turib, klapan 
1
/2...3/4 aylanaga buraladi va tepki oxirigacha bosilgach, klapan mahkamlanadi hamda 
tepki sekin qo'yib yuboriladi. Bu holat shisha idishda havo pufakchalari chiqmay 
qolguncha davom ettiriladi. Operatsiya vaqtida vaqti-vaqti bilan sig'imdagi tormoz 
suyuqligi sathi tekshirilib va me'yoriga keltirib turiladi. Nihoyat, klapan qotirilib,
shlanga yechib olinadi.

Download 0,81 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish