Tormoz kolodkalari qoplamasi va baraban




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/81
Sana02.02.2024
Hajmi0,81 Mb.
#150608
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81
Bog'liq
Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi

Tormoz kolodkalari qoplamasi va baraban
orasidagi tirqishni sozlash 
Old 
va 
orqa 
kolodkalarning 
tayanch 
barmoqlari gaykasi bo'shatiladi va tormoz 
tepkisiga 150-200 N kuch bilan bosiladi.
Tayanch barmoqlari katta kuch sarf qilmasdan 
buraladi va gaykalar tortib qo'yiladi. Tormoz 
tepkisi qo'yib yuborilib, barabanning yengil 
aylanishi tekshiriladi. Agar kolodka barabanga 
tegib aylansa, operatsiya qaytadan bajariladi. 
Baraban yechilib maxsus o'lchash 
barabani o'rnatiladi va yassi shuplar 
yordamida kolodka va baraban orasidagi tirqish aniqlanadi. 
Tirqish barmoq tomondagi kolodkaning uchidan 25-30 mm masofada aniqlanadi 
(0,15 mm), bu o'z navbatida qarama-qarshi tomondagi tirqishni 0,4 mm ga sozlaydi. 
4. Suyuqlik yuritmali tormoz tizimidan havoni chiqarish. 
Bosh tormoz silindri va g'ildirak ishchi silindrlari chang va kirliklardan tozalaniladi. 
Tormoz suyuqligi idishining qopqog'i ochiladi va suyuqlik sathi tekshiriladi. Sath
sig'imning rezbali qismidan 15-20 mm. dan yoki ”min” 
belgisidan past bo'lmasligi kerak. Ishchi silindrdagi 
chiqarish klapani(1) ning rezina qopqog'i olinib, o'rniga 
rezina shlanga(2) tiqiladi va bir uchi 1
/3...1/2 hajmda tormoz 
suyuqligi to'ldirilgan shisha idishga tushiriladi.
Tormoz tepkisi qarshilik sezilguncha, ya'ni tepkining 
yurish 
yo'li 
o'zgarmagunga 
qadar 
tez-tez 
bosib-
harakatlantiriladi, so'ngra tepkini bosib turib klapan 1
/2...3/4 
aylanaga buraladi va tepki oxirigacha bosilgach, klapan 
mahkamlanadi hamda tepki sekin qo'yib yuboriladi. Bu holat 
shisha idishda havo pufakchalari chiqmay qolguncha davom 


68 
ettiriladi. Operatsiya vaqtida vaqti-vaqti bilan idishdagi tormoz suyuqligi sathi 
tekshirilib va me'yoriga keltirib turiladi. Nihoyat, klapan qotirilib, shlanga yechib 
olinadi. Shu havo chiqarish ketma-ketligi eng uzoqdagi silindrdan boshlab bosqichma-
bosqich bajariladi. UZDEU yengil avtomobillarida esa havo chiqarish ketma ketligi orqa 
g'ildirakdan boshlab diagnal bo'yicha amalga oshiriladi (orqa chap-oldingi o'ng, orqa 
o'ng-oldingi chap). 
5. Qo'l tormozini tekshirish va sozlash. 
Orqa kolodka qoplamalarining yedirilishi, trossning cho'zilishi, qo'l tormozi dastagi 
yo'lining ko'payib ketishiga olib keladi. Orqa g'ildiraklar dastak to'liq yo'lining 2
/3 
qismda 400 N kuch bilan tortilganda to'liq tormozlanadi. Uni sozlash uchun dastak ostiga 
ulangan kolodkalarni tortish trossi uzunligini kamaytirish lozim. 
Hozirgi vaqtda BSK(TU-6-10-1553-75) va NEVA(TU-6-09-550-73) turi-dagi 
hamda xorijiy firmalarda ishlab chiqarilayotgan tormoz suyuqliklari (DOT-2, DOT-3, 
DOT-4 va boshqalar) dan keng foydalanilmoqda. BSK suyuqligi kanakunjut moyi(47 %) 
va butil spirti(53%)dan hamda qizil rang beruvchi organik moddadan tayyorlanadi. Uning 
kamchiligi minus 15
°S dan past va 25°S dan yuqori haroratda o'z oquvchanligini 
yo'qotishidadir. NEVA turkumidagi tormoz suyuqliklari etilkarbitol suyuqligi asosida 
bo'lib, quyuqlashtiruvchi va zanglashga qarshi qo'shimchalardan tarkib topgan bo'ladi. Bu 
suyuqliklarni bir-biriga qo'shib ishlatish man qilinadi. 

Download 0,81 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish