|
Tormoz tizimining asosiy nosozliklariBog'liq Avtomobil transporti ekspluatatsiyasiTormoz tizimining asosiy nosozliklari. Bunga friksion qoplamalar va tormoz
barabanlarining (disklarining) yeyilganligi, tormoz kuchi sozlagichining noto'g'ri ishlashi,
gidroyuritmali tormoz tizimida rezinali manjetlarning yeyilishi va shishib ketishi, silindr,
porshen, pnevmatik tormoz tizimida esa tormoz va himoya klapanlarining yeyilishi,
tormoz kamerasidagi diafragmaning teshilishi, quvvat akkumullyatorlari manjetlarining
ishdan chiqishi misol bo'ladi.
Tormoz tizimiga xizmat ko'rsatish ishlari asosan 1-TXK, 2-TXK va MXK
davrlarida bajariladi.
1-TXK da tormoz tizimi bo'yicha barcha birikmalar va truba o'tkazgichlarning
jipsligi, kompressor hosil qiluvchi bosim, jihozda tormozning ishlash sifati, detal va
birikmalarning joyiga qotirilishi, tormoz tepkisining erkin va ishchi yurishi tekshiriladi.
2-TXK da 1-TXK dagi ishlar bilan birgalikda tormoz barabanlari (disklari),
kolodkalar, g'ildirak podshipniklari, gidravlik tormoz tizimidagi suyuqlik sathi, ko'p
konturli pnevmatik tizimlardagi konturlar va tormoz kuchini sozlagichlarning ishlashi
tekshiriladi.
Qo'shimcha ravishda kundalik xizmat ko'rsatish vaqtida ballonlardagi kondensat
to'kiladi, kuz va qish vaqtlarida nam ajratgichdagi suyuqlik sathi tekshiriladi. Mavsumiy
xizmat davrida bosim sozlagichdagi filtr kerosin bilan yuviladi va mavsum kirishiga nam
ajratgich tayyorlanadi(harorat
+5°S dan pasayganda nam ajratgich ushlagichini yuqori
holatiga qo'yiladi).
Quyida biz gidroyuritmali va havo yuritmali tormoz tizimlari bo'yicha bajariladigan
texnik xizmat ko'rsatish ishlarini alohida-alohida ko'rib chiqamiz.
Gidroyuritmali tormoz tizimiga TXK. Bunday tormoz tizimiga ega bo'lgan
avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatishdagi ishlar bosh tormoz silindridagi suyuqlik
sathini tekshirish va uni me'yoriga keltirish, agar tizimga havo kirib qolgan bo'lsa, uni
chiqarib yuborish, tormoz tepkisining erkin yurish yo'lini, kolodka va tormoz barabanlari
orasidagi tirqishni sozlash, tormoz qoplamalari yuzasidagi moylarni tozalashdan iboratdir.
Gidravlik tormoz tizimiga TXK ishlari bilan alohida-alohida tanishib chiqamiz:
1. Tormoz tizimini tashqi nazorat qilish.
Tormoz tizimi barcha mexanizmlari mahkamlanganligi va jipsligini tekshirish hamda
avtomobil g'ildiragini osib qo'yib, uning yengil aylanishini aniqlashdan iborat.
2. Tormoz tepkisining erkin yurish yo'lini tekshirish va sozlash (2.64-rasm).
Bu ish avtomobillarning kabinasi yoki salonida haydovchi o'rindig'i oldida
bajariladi. Chizg'ichning bir uchi polga qo'yilib, ikkinchi tomoni tepkining yuzasi bilan
tenglashtiriladi va oraliq aniqlanadi. Shu holatda tepki qarshilik hosil bo'lguncha
bosilib, yana oraliq aniqlanadi. So'ngra birinchi va ikkinchi qiymatlar farqi hisoblanadi va
me'yoriy qiymatga mos kelmasa, sozlanadi.
3. Tormoz kolodkalari qoplamasi va baraban orasidagi tirqish, GAZ-3110, VAZ,
MOSKVICH va UZDEU yengil avtomobillarida avtomatik ravishda sozlanadi.
67
VAZ avtomobillarida tormoz tepkisining
erkin yurish yo'lini sozlash: 1-vakuum
kuchaytirgich; 2-itargich; 3-tormoz tepkisi;
4-to'xtash chirog'ini yoqqich; 5-yoqqich
gaykasi; 6-to'xtatish chirog'ini o'chirgich; 7-
tepkini tortib turuvchi prujina; 8-bosh
silindr.
Boshqa suyuqlik yuritmali tormoz tizimiga ega bo'lgan avtomobillarda (GAZ yuk
avto-mobillari, PAZ avtobuslari) tirqish g'ildirakning orqa tomonidan(2.65-rasm) tayanch
disk(1) dagi ekssentrik barmoq(2) yordamida sozlanadi.
|
| |