• Yaqinlashuv burchagini sozlash shakli
  • K-463 turidagi teleskopik o'lchsagich




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/81
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,81 Mb.
    #150608
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81
    Bog'liq
    Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi

    K-463 turidagi teleskopik o'lchsagich 
     
    O'lchagichning tayanchli-7 harakatlanuvchi uchi-6 avtomobilning oldingi 
    g'ildiraklari koleyasi kattaligiga qarab suriladi va qotirgich-5 bilan mahkamlanadi. 
    Chizg'ichning ikki uchiga qotirilgan zanjirlar-8 o'lchagichni ikkala tomonini poldan bir hil 
    balandlikda o'rnatishni ta'minlaydi. Yaqinlashuv buchagini sozlash yon tortqilarning 
    uzunligini o'zgartirish bilan bajariladi(2.71 rasm). Shaklda yaqinlashuv burchagini 
    sozlash uchun tortqining uzunligini o'zgartirili-shi keltirilgan. Buning uchun 3-xomutning 


    75 
    1-gaykasi bo'shatiladi va sozlovchi trubka buragich yordamida kerakli o'lchamni hosil 
    qilguncha buraladi. 
     
    Yaqinlashuv burchagini sozlash shakli 
    Oldingi 
    ko'prik 
    birikmalarini 
    diagnostikalash va sozlash ishlari 1-TXK, 2-
    TXK, SXK yoki JT davrida bajariladi. Ishlash 
    jarayonida eng ko'p yediriladigan oldingi
    ko'prik detallaridan shkvoren va burash mushti 
    vtulkasi hisoblanadi. Diagnostikalash natijalariga 
    ko'ra bu detallar yangisiga yoki ta'mirlanganiga 
    almashtiriladi.
    Oldingi ko'prigi yetaklovchi zamonaviy 
    avtomobillarda 
    g'ildiraklarning 
    og'ish 
    va 
    kronshteynning o'rnatish burchaklari me'yoridan farq qilsa, kronshteyn yangisiga 
    almashtiriladi. 
    VAZ, “Moskvich” va shu turdagi avtomobillarda g'ildraklarning og'ish burchaklari 
    pastki yoki yuqorigi richaglarning tagidagi sozlovchi shaybalarning qalinligini o'zgartirish 
    yo'li bilan amalga oshiriladi. 
    Burilish burchaklarining bir-biriga monandligi tortqilardan birini qisqartirish, 
    ikkinchisini uzaytirish hisobiga sozlanadi. Bu shartni bajarmaslik yaqinlashuv 
    burchagining o'zgarishiga olib keadi.
    G'ildirakning yaqinlashuv burchagini to'g'ri sozlash eng muhim hisoblanib, uning
    me'yorida bo'lmasligi shina protektorini juda tez va notekis yeyilishiga olib keladi.
    Hulosa qilib aytganda, 1-TXK vaqtida rul boshqarmasi va oldingi o'q bo'yicha rul 
    chambaragining lyufti, rul tortqilari sharnirlari, g'ildirak gupchagi podshipniklari, 
    gidrokuchaytirgichli tizim jipsligi, sharli barmoqlarning qotirilganligi, soshka, buriluvchi 
    sapfa richaglari va shkvoren holati tekshiriladi. 2-TXK da 1-TXK ni hisobga olgan holda 
    oldingi o'q balkasi va oldingi g'ildirak o'rnatish burchaklarining to'g'ri o'rnatilganligi, 
    g'ildiraklarning muvozanatsizligi, rul boshqarmasi kardan valining va barcha birikma 
    hamda detallarning qotirilganligi tekshiriladi.

    Download 0,81 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish