77
2. Ta'mirlashga tayorlash - bu shinalarni yuvish va quritishdan iborat. Yuvilgan
shinalar maxsus quritish shkaflarida 40-60
°S haroratda, 24 soat mobaynida quritiladi.
3. Shinalarni qirqish-Shikastlangan rezina va karkas qismlar 45
°- 60°
burchak
ostida konussimon qirqiladi. Shikastlangan joyiga qarab, ularni uch xil qirqish mumkin:
qirqib tayyorlangan shinalar 50-60
°S haroratda quritish shkaflarida quritiladi.
4. Yuzani dag'allashtirish - yelimlanadigan yuzalar
yaxshi yopishishi uchun
dag'allashtiriladi, buning uchun maxsus dag'allashtirish stanoklari ishlatiladi.
5. Kley surtish - yuzaga kley surtish shyotka yoki sepgich yordamida bajariladi.
Sepishda kley hamma yuzaga bir xil qalinlikda yopishadi.
Shyotka yordamida 2 marta, birinchi marta 1:8 yoki 1:10 nisbatdagi (1 qism yelimli
rezina 8 yoki 10 qism benzin) yelim surtiladi, keyin 1:5 nisbatdagi kley surtiladi. Oraliqda
kley quriguncha kutiladi.
6. Teshikni berkitish - 2 usulda bajariladi: qavat-qavat yopishtirish yoki tiqin
qo'yish.
qavat-qavat yopishtirishda - teshikka qalinligi 0,7...0,9 mm bo'lgan
yupqa rezina
yopishtiriladi, undan so'ng qalinligi 2 mm bo'lgan pishimagan rezina ketma-ket
yopishtiriladi.
Tiqin qo'yish - bu usulda karkas ichidan qirqib olib tashlanadi va maxsus qirqilgan
kord teshik ichiga joylashtiriladi. Bu ish ancha qi-yinchilik tug'diradi.
Shuning uchun u
ko'p qo'llanilmaydi.
7. Yamash - teshiklar berkitilgandan so'ng yamaladi. Yamash materiallarni bir-biri
bilan mustahkam birikishini ta'minlaydi. Sifatli yamash uchun siqish bosimini, harorat va
yamash vaqti tanlay bila olish zarur.