Rama va osmalarga texnik xizmat ko'rsatish




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/81
Sana02.02.2024
Hajmi0,81 Mb.
#150608
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81
Bog'liq
Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi

Rama va osmalarga texnik xizmat ko'rsatish. Ramani ko'rikdan o'tkazib, uning 
geometrik shakli va o'lchamlaridagi o'zgarishlar, darzlar mavjudligi, lonjeronlar va 
ko'ndalang 
to'sinlar 
egilganligi, 
ressora, 
ressoraostligi 
va 
amortizatorlar 
kronshteynlarining ramaga mahkamlanishi tekshiriladi.
Ramaning geometrik shaklini, uning kengligini lonjeronlarning tashqi tekisligi 
bo'yicha oldindan va orqadan o'lchab ko'rish orqali tekshirish mumkin. Rama kengligidagi 
farq GAZ avtomobillari uchun 4 mm dan ortmasligi lozim. Rama lonjeronlarining 
boshlang'ich holatga nisbatan surilishini ramadagi ko'ndalang to'sinlar orasidagi 
diagonallarni ayrim uchastkalarda o'lchab ko'rib aniqlash mumkin. Har bir uchastka 
diagonallari uzunligi bir xil bo'lishi kerak. Minimal chetga chiqishlar 5 mm dan ko'p 
bo'lmasligiga ruxsat etiladi.
Ko'priklarning o'zaro vaziyati, oldingi va orqa ko'priklar o'qlari orasidagi masofa 
o'ng hamda chap tomondan o'lchab ko'rib aniqlanadi. O'lchangan masofalarning bir-
biridan farq qilishiga ruxsat etilmaydi. Agar rama holatini tekshirishda uning 
konstruksiyasida jiddiy nosozliklar yoki bazaviy o'lchamlarda ruxsat etilgan qiymatlardan 
chetga chiqishlar aniqlansa, u holda avtomobil mukammal ta'mirlashga jo'natiladi.
Osmalar holati, texnik xizmat ko'rsatish chog'ida tashqi ko'rikdan o'tkazilib, 
ularning mahkamlanishi esa kuch qo'yish orqali tekshiriladi. Ressoraning singan yoki darz 
ketgan listlari(varaqlari) aniqlanadi. Ressoralar ko'zga ko'rinadigan darajada bo'ylama 
siljishga ega bo'lmasligi kerak. Bunday holat markaziy boltning kesilishi oqibatida sodir 
bo'lishi mumkin. Ressoralarning ishonchli mahkamlanishini tekshirishda alohida e'tiborni 
uzangisimon tortqi gaykalarining qanday tortilganligiga hamda ressorani sharnirli 
mahkamlaydigan vtulkalardagi yeyilishlarning bor-yo'qligiga qaratish lozim. Agar 
ressoraning bir uchi rezina yostiqchalarga mahkamlangan bo'lsa, yostiqchalarning 
butunligi va ularning tayanchda to'g'ri joylashganligi tekshiriladi. Ressoraning 
uzangisimon 
tortqilari 
va 
xomutlaridagi 
gaykalarni 
bir 
tekisda, 
avval 
oldingilari(avtomobilning harakatlanishi bo'yicha), so'ng keyingilari tortib qo'yiladi. 
Ressoralarning elastikligi ularning erkin holatdagi yoysimonligi bo'yicha 
tekshiriladi. Bu ko'rsatkichni ressora uchlari orasida ip tortib va ipdan egilgan o'zak 


73 
listning o'rtasigacha bo'lgan tik masofani o'lchab aniqlash mumkin. Avtomobil 
osmalaridagi ressoralarning yoysimonligi bir-biridan bo'yicha 10 mm dan ko'p farq 
qilmasligi kerak. Avtomobil harakatlanganda ressoralarda g'ichirlashlar, shuningdek, 
listlarda zanglar paydo bo'lsa, ularni kirlardan tozalash, kerosinda yuvish va grafit bilan 
moylash lozim bo'ladi.

Download 0,81 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rama va osmalarga texnik xizmat ko'rsatish

Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish