72
Yurish qismiga TXK. 1-TXK ning ish hajmiga amortizatorlar, oldingi va orqa
osmalarning
holati
hamda
mahkamlanishini
tekshirish,
g'ildirak
gupchagi
podshipniklaridagi va buriluvchi sapfa shkvorenlaridagi lyuftlarni o'lchash, shuningdek,
ramani va oldingi o'q to'sinining holatini baholash kiradi. Moylash xaritasiga mos
ravishda, grafik bo'yicha, buriluvchi sapfa shkvorenlarining sharnirli tayanchlari yoki
podshipniklari moylanadi. Shinalar holati va ulardagi havo bosimi tekshiriladi, zarur
bo'lsa me'yoriga keltiriladi.
2-TXK da yuqorida aytib o'tilgan ishlarga qo'shimcha ravishda oldingi va orqa
ko'priklarning to'g'ri o'rnatilganligi, oldingi g'ildiraklarni o'rnatish burchaklari tekshiriladi
hamda zarur bo'lsa rostlanadi, oldingi va orqa ressoralarning barmoqlari, uzangisimon
tortqilari hamda xomutlari, amortizatorlar va ressora yostiqchalari mahkamlanadi,
g'ildirak podshipniklariga minimal tirqishlar qo'yiladi.