• 2.Avtomobillarga TXK texnologik jarayonlarini tashkil qilish.
  • Microsoft Word 13-атэ-лотин-маъруза doc




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet60/81
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,81 Mb.
    #150608
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81
    Bog'liq
    Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi

     
    Adabiyotlar 
    1.Автомобиллар техник эксплуатацияси. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус 
    таълим вазирлиги автотранспорт олий ўқув юртлари талабалари учун дарслик сифатида тавсия 
    этган. Проф. Сидиқназаров Қ.М. умумий таҳрири остида, Тошкент “VORIS-NASHRIYOT”, 2008. 
    – 560 б. 
    2. O.Hamraqulov, Sh.Magdiyev. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. Toshkent, 2005 yil. 
    3. Magdiyev Sh.P. Rasulov H.A. Avtomobil va dvigatellarga texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash. 
    Toshkent, “ILM ZIYO” -2006 yil. 
    1.Texnik sharoitlarga asosan ma'lum bir ketma-ketlikda ish va operatsiyalarni 
    bajarishga texnologik jarayon deyiladi. 
    TXK va JT texnologik jarayonini amalga oshirishdan maqsad avtomobillarni texnik 
    tayyor holatda ushlab turishdan iborat. 
    Ishlarni ratsional ketma-ketlikda bajarish uchun texnik xujjatlardan, ya'ni 
    texnologik xaritalardan, zavod ko'rsatmalaridan, texnik shartlardan foydalaniladi. 
    TXK va JT texnologik jarayoni ishchi postlarida va ish joylarida bajariladi. 
    Ish joyi deb - ma'lum bir ishni bajarish uchun texnologik uskunalar, yordamchi 
    jihoz va asboblar bilan jihozlangan bir ishchining mehnat qilish muxiti tushuniladi. 
    Ishchi posti deb - TXK jihozlari, yordamchi uskunalar va avtomobil uchun joy bilan 
    jihozlangan va bir yoki bir necha ish joylaridan iborat bo'lgan muhit tushiniladi. 
    TXK va JT texnologik jarayonini bajarishda ATK ning ICHTB sida texnologik va 
    operatsion xaritalar, post xaritalari, xarita-sxemalar TXK uchun qo'llanma, JT uchun 
    qo'llanma va boshqa turdagi xujjatlar ishlatiladi. 
    2.Avtomobillarga TXK texnologik jarayonlarini tashkil qilish. TXK texnologik 
    jarayoni va uni tashkil qilish ish rejalarini o'z vaqtida bajarish uchun kerak bo'lgan ishchi 
    postlari va joylarning soni bilan aniqlanadi. 
    TXK ishlarini bajarilishi va taqsimlanishi uchun kerak bo'lgan ishchi postlari, 
    ularning soniga va tashkil etilishiga asosan, universal va maxsus turlarga bo'linadi. Bu 
    ishchi postlari o'z navbatida, boshi berk va boshi ochiq bo'lishi mumkin. qulayligiga qarab 
    ketma-ket yoki parallel joylashadi. 
    Maxsus postlarning ketma-ketlikda joylashishi oqimli qatorni tashkil etadi. 


    80 
    Universal postlarda TXK ni tashkil qilish. Bu usulda, TXK dagi barcha ishlar bir 
    postda bir guruh maxsuslashgan yoki universal ishchilar yordamida amalga oshiriladi. 
    Texnologik jarayonni boshi berk yoki boshi ochiq ishchi postlarida tashkil qilinadi. Boshi 
    berk postlar asosan 1-TXK va 2-TXK da, boshi ochiq postlar esa KXK da qo'llaniladi. 
    Bu usulni kamchiligi avtomobillarni postlarga qo'yish va olishda vaqtning ko'proq 
    ketishi, atrof-muhitni ifloslanishi va universal ishchilar ishlaganda, ko'proq ish haqi 
    to'lanishidan iborat. 
    TXK ni maxsus postlarda tashkil qilish. TXK ni maxsus postlarda bajarishni tashkil 
    qilish, TXK dagi barcha ishlarni maxsus postlarga bo'lib yuborish va shu postlarda 
    maxsus mutaxasislikka ega bo'lgan ishchilarni ishlashidan iboratdir. Bu vaqtda har bir 
    post o'ziga yarasha uskuna va jihozlar bilan ta'minlanadi, hamda barcha ishlar oqimli yoki 
    operatsion-post usulida tashkil etiladi. 
    Oqimli usulda postlar ketma-ket yoki yonma-yon joylashishi mumkin. Bu usulda 
    asosiy shartlardan biri avtomobilni har bir postda bir xil vaqtdan bo'lishi kerakligidir. Bu 
    esa har bir postdagi ish hajmiga va ishchilar soniga bog'liq bo'lib, quyidagi talab 
    bajarilishi kerak: 
    =
    ўр
    0
    P
    t

    = const 
    bu yerda: t
    o
    - har bir postda bajariladigan ish hajmi, ishchi soat 
    Ro'r- har bir postdagi o'rtacha ishchilar soni,ishchi 
    t - avtomobillarni postda bo'lish vaqti,soat 
    Bunday postlarning yig'indisi oqimli qatorni tashkil etadi. TXK jarayonini bunday 
    tashkil qilish usulida, avtomobilni postdan postga o'tish vaqti kamayadi, egallanadigan 
    ishlab chiqarish maydoning yuzasi kamayadi va konveyr qo'llash imkoniyati tug'iladi. 
    Bu usulning kamchiligi postlarda bajariladigan ish hajmini o'zgartirish mumkin 
    emasligi va qo'shimcha ishchilarni ushlab turish (ish hajmining oshishini inobatga olib) 
    mumkin emasligidadir. Oqimli qatorlar to'xtovsiz oqimli qator va to'xtab-to'xtab 
    harakatlanuvchi oqimli qator kabi turlarga bo'linadi. 
    To'xtovsiz oqimli qatorda TXK, avtomobil postdan-postga to'xtovsiz harakatlanib 
    turishida amalga oshiriladi. Bu usul asosan KX da qo'llaniladi. Bunda konveyr tezligi 
    Vk
    =0,8-1,5 m/min, avtomobillar orasidagi masofa U=1,2-4 m ni tashkil etadi. 
    To'xtab-to'xtab harakatlanuvchi oqimli qator deb, avtomobilga TXK da 
    konveyrning to'xtab turishi va postdan-postga o'tishida harakatlanishi tushiniladi. Bu 
    usulni KXK da qo'llab bo'lmaydi, chunki KXK da mexanizatsiyalanish va 
    avtomatlashtirilgan moslamalar qo'llaniladi hamda bu yerda tezligi 10 - 15 m
    /min bo'lgan 
    konveyrlar qo'llaniladi. Ishchi posti uzunligi Li.p 
    = La + U, m ga, ya'ni La-avtomobil 
    uzunligining va ikki avtomobil orasidagi masofaning(U) yig'indisiga teng bo'ladi. 
    Operatsion post usulida, TXK dagi ish hajmi bir necha maxsus postlarga agregat va 
    mexanizm turlari bo'yicha bo'lib yuboriladi (1-oldi ko'prik, 2-orqa ko'prik, 3- uzatmalar 
    qutisi va h.k.). 


    81 
    Bu usulda TXK boshi berk postlarda bajariladi va har bir postda avtomobillarni 
    turish vaqti bir xil bo'lishi kerak. Avtomobillarni har qanday postga qo'yish mumkinligi 
    ishlarini tez va sifatli bajarishga imkon yaratadi, ammo avtomobilning postdan-postga 
    o'tish vaqti ko'pligi tufayli, atrof-muhitni ifloslantirishni ko'paytiradi. Bu usulda, 
    avtomobillarga TXK ishlari bir necha bo'laklarga bo'linib, bir necha kunda o'tkazilishi 
    maqsadga muvofiq bo'ladi. 
    TXK usulini tanlash tartibi - TXK texnologik jarayonini tashkil etish usulini 
    tanlash, avtomobillar soni va turiga, TXK ga ajratilgan vaqtga, ba'zi bir operatsiyalar va 
    TXK jarayonlar ish hajmiga va avtomobil liniyada ishlash vaqtiga bog'liq bo'ladi. 
    Hozirgi vaqtda, har bir smenada avtomobillarga TXK lar soniga va ularning turiga 
    qarab usul tanlanadi (1-TXK lar soni 11-13 ta, 2-TXK lar soni 3 va undan ortiq bo'lganda 
    oqimli qator, kam bo'lsa, universal postlar qabul qilinadi). 

    Download 0,81 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word 13-атэ-лотин-маъруза doc

    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish