82
Kompleks brigadalar usuli. Bu usulda ATK larida 1-TXK, 2-TXK va JT ishlarini
alohida-alohida guruh avtomobillarga bajaruvchi kompleks brigadalar tuziladi.
TXK va JT ishlari markazlashgan holda olib boriladi. Brigadalar alohida-alohida
mutahassisliklarga ega bo'lgan ishchilar bilan komplektlanadi. Bu usulda ham, har bir
ishchining javobgarligi sezilarli darajada emas, JT ishlarini hajmi oshadi. Oqimiy usulni
tashkil qilish qiyinlashadi. Barcha moddiy texnika materiallari brigadalar orasida bo'linib
ketadi, bu o'z navbatida ulardan samarasiz foydalanishga olib keladi. Bu usulning
qulayligi, TXK va JT ishlarini bajarishdagi javob- garlik brigada zimmasiga tushadi.
Agregat uchastka usuli. Bu usulda TXK va JT ishlari avtomobilning qismlari
bo'yicha uchastkalarga bo'lib beriladi. Ishlab chiqarishdagi ishchilar ham o'z navbatida
uchastkalarga bo'linib, ular TXK, JT ishlarini bir yoki bir necha agregatlar bo'yicha
bajaradilar. Uchastkalarning soni, ATK ning katta - kichikligini qarab 4 tadan 8 ta gacha
bo'lishi mumkin, masalan:
1-uchastka - dvigatellarga TXK va JT.
2-uchastka - ilashish muftasi, uzmalar qutisi, qo'l tormozi, kordan uzatmasi,
radiator.
3-uchastka - oldi ko'prik, rul boshqarmasi, orqa ko'prik, tormoz tizimi, podveskalar.
4-uchastka - elektrojihozlar va ta'minlash sistemasi.
5-uchastka - rama, kabina, kuzov, issiqlik sexi ishlari.
6-uchastka - shinalar.
7-uchastka - chilangar-mexanik ishlar.
8-uchastka - yuvish-tozalash ishlari.
Ishni bu usulda tashkil qilish, ishlab chiqarishdagi barcha uskuna, jihozlarni,
ehtiyot qism, materiallarni sarfini hisobga olishni osonlashtiradi, hamda TXK va JT
varag'i asosida, bajarilgan ish turi va bajaruvchi to'g'risida ma'lumot olish imkonini
beradi.
Bu usul texnik hodimlarni ishga bo'lgan qiziqishini, javobgarligini va texnik
xizmatning samaradorligini oshiradi.
Bu usulning kamchiligi shundan iboratki, to'liq avtomobil uchun hech kim javob
bermaydi, balki alohida-alohida qismlar uchun javob beriladi.
Hozirgi vaqtda bu usul takomillashib, brigada nazarida tusini olyapti va shu brigada
ma'lum guruh avtomobillarning texnik holati uchun javob beradi. Bunda brigadalarga
oxirgi natija bo'yicha haq to'lanadi.