93
Bundan tashqari, bu g'ildiraklarning sovushi uchun avtomobil davondan tushgach,
kamida 20 km yo'l bosishi kerak, demak bu oraliqda haydovchi
tormoz mexanizmidan
to'la foydalana olmaydi, chunki g'ildirak diskining harorati 350...400
°S bo'lganda,
avtomobilni to'xtatish yo'li me'yoridagidan 3 barobar ortiq bo'ladi.
Har 1000 m dengiz satxidan balandlikda karburatorli dvigatellarni quvvati o'rtacha
12% ga kamayadi, chunki havoning zichligi kamayadi va yonuvchi aralashma tarkibidagi
benzin oshib ketadi.
Havoni kamayib ketishi yonilg'i sarfini oshib ketishiga atrof muxitni ko'proq
zararlanishga olib keladi. (Masalan: ZIL-130 avtomobili me'yoridagi sharoitda har 100
km ga 30...35 l yonilg'i sarflasa, baland tog'li nohiyalarda esa 55...60 l sarflaydi. Bu
holatlar o'z navbatida avtomobil ishi unumini kamaytirib
yuboradi va atrof muhitni
zaharlanishiga oshib keladi.
Qaytarish uchun savollar
1. Avtomobillarni maxsus ishlash sharoitlari.
2. Avtomobillarga maxsus ishlash sharoitlarda saqlash turlari.
3. Maxsus sharoitlarga moslab chiqariladigan avtomobillar
4.Sovuq iqlim sharoitida avtomobillarni saqlash va saqlash anjomlaridan foydalanishning samarali
usullari.
5.Avtomobil dvigatellarini bir zumda isitish
usuli
6.Avtomobil dvigatellarini uzluksiz isitish usuli
7.Sovuq iqlim sharoitida avtomobil agregatlarini issiq sharoitda saqlab turishning usullari.
8. Dvigatelni isitmasdan turib, sovuq holda o't oldirish. Ishga tushirish
suyuqliklari va maxsus
motor moylari.
9. Avtomobillardan sahro-qumlik va issiq iqlim sharoitlarda foydalanishda ta'sir qiluvchi omillar.
10. Avtomobillardan tog'lik sharoitda foydalanishda ta'sir qiluvchi omillar.