95
ko'tarishdan so'ng almashtiriladi. qolgan ishlar esa avtomobilning turiga qarab, nizom
bo'yicha bajariladi.
Qurilish konstruksiyalarini tashuvchi avtopoyezdlarga TXK. Qurilish
konstruksiyalarini tashuvchi maxsuslashtirilgan harakatdagi qismning yarim tirkama
o'tirish qurilmasiga, yarim tirkama va qo'shimcha jihozlarga TXK ishlari bajariladi.
KXK da avtomobilning tayanch bog'lovchi qurilmasining ishonchli qotirilganligi
tekshiriladi, yarim tirkamada esa tayanch bog'lovchi qurilmaning holati, maxsus
konstruksiya elementlarining sozligi (ferma, maydoncha, tross, tortuvchi lebedka, tayanch
va hokazo) nazorat qilinadi. Undan tashqari tormoz tizimi germetikligi va ballonlardan
kondensat to'kilganligi tekshiriladi.
1-TXK vaqtida yarim tirkamalarda burilish mexanizmlarini o'qining vtulkasi, egari,
muvozanat o'qi, barmoqlar moylanadi. Shinadagi havo bosimi, tormoz tizimining
germetikligi, qo'l tormozining sozligi, tross va lebedkalarning mustahkamligi tekshiriladi.
2-TXK da 1-TXK da bajarilgan ishlarning hammasi bajarilib, qo'shimcha ravishda
barcha mexanizmlar iflosliklardan tozalanib, yangi surkov moyi surtiladi.