97
b) Texnologik-bunda ishchilar birlamchi guruhlarga birlashib, har bir guruh faqat
ayrim ishlarni bajaradilar. (misol: TX, JT, g'ildiraklar bo'yicha ishlar,
payvandlash va
boshqalar).
v) Texnologik-detallar bo'yicha bunda birlamchi guruhlar ayrim agregat va
birikmalar bo'yicha hamma ishlarni bajaradi. (misol: boshqaruv qism (rul), yonilg'i
taminlash qismi...).
Kompleks ish tashkil qilish avtosamosvallar soni 50 gacha bo'lganda yaxshi natija
beradi, texnologik usul esa 50 dan ko'p bo'lganda qo'llaniladi. Texnologik - detal usulini
shaxsiy javobgarlik yuqori va tayyorgarlik ishlarini hajmini kamaytirish imkoni bo'lgani
uchun, maxsus joy va bo'lim talab qilinishiga qaramay, avtosamosvallar 100 tadan ortiq
bo'lganda qo'llash katta samara berishi mumkin.
27 va 40 t samosvallar uchun kompleks usulda 1-TXK va 2-TXK ishlari,
nosoz
detallarni almashtirish universal ish joylarida tashkil qilinadi. Texnologik usulda tashkil
qilishda, 1-TXK oqimli qatorda, 2-TXK ishlari nosoz detal,
agregatlarni almashtirish
boshi berk universal ishchi post bajariladi. Texnologik-detal usulida tashkil qilishda esa
2-TXK ish hajmining hammasi, nosoz detal, agregatlarni almashtirish
ish hajmi bilan
birga asosiy agregat va birikmalar guruhlariga bo'linadi (dvigatel, GMP va h.k.) va
mutaxasislashtirilgan ish bo'limlarida bajariladi. TXK va JT ning hamma usul va
usullarida ham yuvish-tozalash, shina va payvandlash ish joylari alohida tashkil qilinadi.
Qaytarish uchun savollar
1. Ixtisoslashtirilgan avtomobil turlari.
2. Ixtisoslashtirilgan avtomobillarning mahsus jihozlarga TXK va T texnologiyasi.
3. O'zi ag'dargichlarga TXK va JT. qo'llaniladigan texnologik jihozlar.
4. Furgonlarga TXK va JT. qo'llaniladigan texnologik jihozlar.
5. Avtotsisternalarga TXK va JT. qo'llaniladigan texnologik jihozlar.
6. Sisternalarni tozalash va tekshirish usullari.
7. Refrejeratorlarga TXK va JT. qo'llaniladigan texnologik jihozlar.
8. Sisternalarni tozalash va tekshirish usullari.