• Avtotsisterna - kuzovlariga TXK.
  • Refrejerator va furgonlarga TXK




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet72/81
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,81 Mb.
    #150608
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81
    Bog'liq
    Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi

    Refrejerator va furgonlarga TXK. Refrejerator va furgonlar oziq ovqat va tez 
    buziladigan maxsulotlarni tashish uchun xizmat qiladi. 
    Kuzovlarni izotermik holatini tekshirib turish, tashiladigan yuklarni buzilmasligini 
    ta'minlaydi. Shuning uchun ularga KXK da sanitar ishlov beriladi va germetikligi 
    tekshiriladi. Bunda 30-35 
    °S issiqlikda kalsiyli sodaning 1% li suvdagi eritmasi bilan 
    kuzovning ichiga ishlov beriladi. Belgilangan vaqt oralig'ida dizenfeksiyalanadi. (10% li 
    xlor eritmasini 0,5 litrini 1 m2 yuzaga mo'ljallab ishlatiladi). 
    Avtotsisterna - kuzovlariga TXK. Avtotsisterna-zapravshiklarga TXK da 
    quyidagi ishlar bajariladi: 
    - mashinani tozalash va yuvish, 
    - maxsus jihozlar mexanizmlari, priborlari va agregatlarini hola-tini aniqlash, 
    nosozliklarni bartaraf etish, 
    - yong'indan muhofaza etuvchi agregatlarni tekshirish va sozlash. 
    KXK da majburiy ravishda va to'liq hajmda tozalash, yuvish, moylash, agregatlarni 
    texnik holatini tekshirish, sozlash, hamda ekspluatatsion suyuqliklarni me'yoriga keltirish 
    ishlari bajariladi. 
    1-TXK avtomobillardagi kabi bajarilib, maxsus jihozlar bo'yicha quyidagi 
    tekshirish ishlari bajariladi: 
    - trubalarning germetikligi, 
    - quvvat oluvchi uzatmalar qutisi va yonilg'i haydovchi nasosning salnigi, 
    - yonilg'i quyish lyukining rezina jipslashtiruvchisining holati, 
    - nasos kardon uzatmasining holati, 
    - nafas oluvchi klapanlarning sozligi, 
    - nasos uzatmasining tortgichi va richaglarning moylanishi. 
    Yuqoridagi ishlar bajarilgan mexanizm, birikma va detallarning holati ishlash 
    jarayonida yana bir bor tekshiriladi. 


    96 
    2-TXK da 1-TXK bajarilgan ishlar bilan birgalikda, quyidagi ishlar bajariladi: 
    - quvvat oluvchi uzatmalar qutisi yechib olinadi, ajratish-yig'ish, almashtirish, 
    sozlash va sinash ishlari bajariladi, 
    - nasos yechib olinadi, ajratish-yig'ish, almashtirish, sozlash va sinash ishlari olib 
    boriladi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etiladi. 
    Shunday qilib avtotsisterna-quyuvchilar uchun nazorat ishlari ishga chiqishdan 
    avval, KXK da ishdan qaytgach, 1-TXK ishlari 1500 km dan so'ng, 2-TXK ishlari 4500 
    km dan so'ng, MXK ishlari bir yilda 2 marta o'tkaziladi. 

    Download 0,81 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish