98
15-MAVZU
AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA MODDIY
TEXNIKA TA'MINOTI
REJA
1. ATK larda moddiy texnik ta'minoti xizmati vazifalari.
2. Ehtiyot qismlar va materiallarni me'yor bo'yicha rejalash.
3. ATK ni yonilg'i va boshqa energiya resurslari bilan ta'minlash.
4. Suyuq yonilg'ini tashib kelish, saqlash va tarqatish.
5. Yonilg'i sarfini me'yorlash.
Adabiyotlar
1.Автомобиллар техник эксплуатацияси. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта
махсус
таълим вазирлиги автотранспорт олий ўқув юртлари талабалари учун дарслик сифатида тавсия
этган. Проф. Сидиқназаров Қ.М. умумий таҳрири остида, Тошкент “VORIS-NASHRIYOT”, 2008.
– 560 б.
2. O.Hamraqulov, Sh.Magdiyev. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. Toshkent, 2005 yil.
3. Sidiqnazarov Q.M., Magdiyev SH.P. Transport vositalarining texnik ekspluatatsiyasi fani
bo'yicha laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy qo'llanmalar to'plami. TAYI,
ATE kafedrasi, 2008 y.
1.Avtotransport vositalari doimo ko'payishi va ulardan ko'proq foy-dalanilishi
natijasida, ekspluatatsion harajatlar oshib bormoqda. Bu harajatlarning bor-yo'g'i 12-15%
ni texnik xizmat va ta'mirlash (TXK va JT) uchun sarflanadi. Shu bilan birga, yuk tashish
tannarxi boshqa maxsulotlar (yonilg'i va moy maxsulotlari, shinalar,
haydovchilar oyligi
va hokazo) uchun ketadigan harajatlarning qiymatiga, TXK va T ni sifatiga hamda,
muxandis-texnik xizmati (MTX)ning samarali ishlashiga uzviy bog'liqdir.
Avtotransport korxonalarida (ATK) texnik xizmatni yaxshi tashkil qilinmaganligi
va ishlab chiqarishni boshqarish to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi sababli, hodimlarni 30%
gacha va jihozlarni 40% gacha ish vaqti bekorga yo'qotiladi.
Bundan tashqari avtomobillar sonini oshishi atrof muhitni
zaharli moddalar bilan
ifloslanishini ko'paytirmoqda. Bu yerda ta'minlash va yondirish tizimlaridagi nosozliklar,
yonish mahsulotlari tarkibidagi zaharli moddalarni qiymatini 2 - 7 martagacha oshib
ketishga olib keladi. Hozirgi vaqtda halq xo'jaligining boshqa tarmoqlari kabi,
avtotransport sohasida ham yaqin yillarda bajariladigan eng asosiy vazifalar belgilangan:
- avtotransport korxonalarini qaytadan tiklash va zamonaviy uskunalar bilan
jihozlash;
- yonilg'i va boshqa ekspluatatsion materiallarini tejab sarflash;
- korxonalarda yangicha boshqarish usullarini tatbiq qilish;
- atrof muhitni muhofaza qilishni ta'minlovchi usullarni qo'llash va hokazolar.
Yuqorida ko'rsatilgan vazifalarni bajarish avtotransport
korxonalarida ishlaydigan
muxandis texnik hodimlarini malakasiga katta bog'liqdir. Shuning uchun bu vazifalarni
bajarish usullarini chuqur o'rganish zarurdir. Avtotransport korxonalarida moddiy texnika
99
ta'minoti avtotransport vositalarini ekspluatatsion materiallar (yonilg'i, moy, rezina),
ehtiyot qismlar, agregatlar bilan ta'minlab, ularni betoxtov ishlashi uchun zamin yaratadi.
ATK
larida MTT ning asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
1) Korxonalardagi avtomobillarni betoxtov ishlashi uchun kerak bo'lgan barcha
materiallar bilan o'z vaqtida ta'minlash,
2) Ehtiyot qismlar va materiallarni saqlashni tashkil qilish,
3) Omborlardagi ehtiyot qismlar va materiallarni aylanishni ko'paytirish,
4) Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatishda va ta'minlash ishlarini bajarishda
ehtiyot qismlarni va materiallarni tejab tergab ishlatishni ta'minlash.
ATK larda MTT ni samaradorligini oshirish sarflashni zamonaviy normativlaridan
foydalanishga uzviy bog'liqdir. Shu bilan birga ehtiyot qismlar va materiallarni o'z vaqtida
olib kelib yaxshi saqlash va to'g'ri taqsimlash katta ahamiyatga egadir.
Ta'minot rejalari kelgusi yildagi yuk va yo'lovchilarni
tashish rejalarini,
ekspluatatsiya qilish sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak. Bu rejalar
shundagina tejamkorlikni ta'minlay oladi.
ATKlarda ishlab chiqarishda ishlatiladigan ehtiyot qismlar va boshqa materiallar
quyidagi asosiy qismlarga bo'linadi:
- agregatlar va ehtiyot qismlar 40...60%
- har xil materiallar
10...12%
- shinalar
8...15%
- yonilg'i
4...8%
- asbob-uskunalar va vositalar 15...28%
Ehtiyot qismlar va materiallar ishlash qobiliyati va chidamligiga qarab ham, har xil
guruhlarga bo'linadi:
1) Ishlay bilish qobiliyati avtomobilnikiga teng qismlar,
2) Harakat havsizligini ta'minlovchi qismlar,
3) Ishlay bilish qobiliyati kam va ularni ish jarayonida almashtirish hisobga olingan
qismlar,
4) Oldingi 3 guruh qismlarni almashtirish jarayonida, almashtiri-lishi zarur bo'lgan
yordamchi qismlar.
Ko'rinib turibdiki biz rejalashtirishda asosiy diqqatimizni keyingi 3 guruh
qismlarga qaratishimiz kerak.
ATK larda saqlanadigan, ishlatiladigan ehtiyot qismlar va materiallarni turlari 4000
ga yetadi. Bu qismlar va materiallarni omborlariga
biron-bir qonuniyat bilan
joylashtirilmasa, ularni topib olish juda ko'p vaqtni oladi. Shuning uchun saqlanadigan
ehtiyot qismlar va materiallar ma'lum qonuniyatga asosan bo'linadi va peshtaxtalarga
joylashtiriladi. Ehtiyot qismlar guruhlarga, guruhlar guruhchalarga va h.k bo'linib
nomenklatura qatorlari hosil bo'ladi. Bu qator bo'yicha har bir qism 3 yoki 4
raqamdan
iborat yorliqqa ega bo'ladi. Ko'rsatilgan shakl pog'onali narvon bo'yicha bo'linish deyiladi.
Ehtiyot qismlar, metall materiallar omborxonada maxsus ko'p qavatli peshtaxtalarda
saqlanadi. Shinalar ham 2 qavatli peshtaxtalarda tik turgan holda saqlanadi. Kameralarga
100
ozroq dam berilgan holatda ilgaklarda saqlanadi. Ular vaqti-vaqti bilan bir oz aylantirilib
turiladi. Shinalar ombori qorong'i bo'lib, u yerda havoni harorati me'yorida bo'lishi kerak
((-10
°S< t < +20°C oralig'ida), tez yonadigan materiallar bo'yoqlar, laklar, eritgichlar
maxsus yong'inga chidamli qurilmalarda saqlanishi zarur. Kislotalar solingan shisha
idishlar, yumshoq idishlarda, alohida xonalarda saqlanishi kerak.