Avtomobillarni iqlimi issiq sharoitlarda




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/81
Sana02.02.2024
Hajmi0,81 Mb.
#150608
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81
Bog'liq
Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi

3. Avtomobillarni iqlimi issiq sharoitlarda ekspluatatsiya qilishning o'ziga hos 
xususiyatlari bo'lib, shulardan asosiylari quyidagilardan iborat: 
- havoning yuqori harorati va nisbiy namlikning pastligi, 
- havoning tarkibidagi changning ko'pligi, 
- sovutish tizimiga solinadigan suvning qattiqligi va iflosligi. 
Avtomobillarni ekspluatatsiyasini og'irlashtiruvchi omillarning asosiylaridan biri 
shuki, yoz kunlari tuproqni va yo'l qoplamlarining haroratini 70
°dan oshib ketishidir. 
Ba'zi joylarda, yerdagi beton va asfalt yo'llar qoplamasining harorati 85
°S va xatto undan 
ham oshib ketadi. Toshkent shaxri atrofidagi yo'l qoplamining harorati esa 75
°S dan 80°S 
gacha, Xorazm yo'llarining harorati 78
°S gacha yetadi. 
Havoning namligi, jumhuriyatimizning ba'zi bir nohiyalarida 28-30% ni tashkil 
qilib, shunday kunlarning soni bir oyda 18-28 kunni tashkil etadi. 
Havoning harorati yuqori bo'lgan sharoitlarda eng katta e'tibor korbyuratorli 
dvigetellarda, ta'minlash tizimining ishiga qaratilishi zarur. Chunki, hozirgi paytda 
avtomobillarni ta'minlash tizimi o'rtacha iqlim sharoitlariga moslab loyihalanadi. 
Natijasida, avtomobillar issiq sharoitlarda ishlaganda, dvigatellarni o'z-o'zidan to'xtab 
yoki ishdan chiqish hollari tez-tez uchrab turadi. Buning asosiy sababi ta'minlash tizimida 
bug' tusini hosil bo'lib, korbyuratorga yonilg'ini kerakli miqdordagi yetib kelmasligidir. 
Bu hol asosan yozning eng issiq kunlarida, shaxarlardagi yo'l harakati tig'iz paytlarida, 
avtomobillarni yig'im-terim ishlariga jalb qilingan paytlarda, yo'l sharoiti juda og'ir 
joylarda yuzaga keladi. 
Bug' tusi suyuqlik bug'langandagi, uning katta hajmiy kengayishi natijasida paydo 
bo'ladi. U, avtomobilda yonilg'i bakdan karburatorgacha bo'lgan oraliqda, yonilg'ining 
qizishi natijasida, benzin tarkibidagi tez qaynaydigan fraksiyalari bug'lanishidan sodir 
bo'ladi. Bizga ma'lumki benzin bug'langanda, uning hajmi 150-200 marta oshib ketadi
natijada yonilg'i nasosining quvvati katta hajmdagi bug'ni haydashga yetmay qoladi. 
Natijada silindrga yetarli darajada yonilg'i yetkazib berilmaydi, bu o'z navbatida yonuvchi 


91 
aralashma tarkibidagi yonilg'ini kamayib ketishiga va dvigatelni to'xtab qolishiga sabab 
bo'ladi.
Avtomobillarning takomillashishi natijasida, kapot osti oralig'idagi bo'sh joylar 
kamayib bormoqda. Bu birinchidan, oraliqning kichrayishi bo'lsa, ikkinchidan kapot osti 
oralig'ida yangi-yangi jihozlarning paydo bo'lishidir. Natijada kapot osti oralig'idagi 
havoning almashishi qiyinlashib, harorati ko'tarilib ketadi. Bu esa yonilg'i bilan ta'minlash 
jihozlari ichidagi yonilg'i haroratining oshib ketishiga olib keladi. 
Avtomobillarni yozning issiq kunlarida ekspluatatsiya qilishda, ha-voning tarkibida 

Download 0,81 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish