Microsoft Word 13-атэ-лотин-маъруза doc




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/81
Sana02.02.2024
Hajmi0,81 Mb.
#150608
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   81
Bog'liq
Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi

2.Sovuq iqlim sharoitida avtomobillardan samarali foydalanishga salbiy ta'sir 
etuvchi omillardan biri, ularni yo'lga chiqishga shaylashga juda ko'p vaqt ketishidan 
iboratdir. Bularni oldini olish uchun asosan avtomobillarni saqlash turini va saqlash 
anjomlarini to'g'ri tanlash kerakdir. 
Avtomobil dvigatelini qiyin o't olishining asosiy sababi, tirsakli valning o't olishi 
uchun kerak bo'lgan eng past aylana tezligini ololmasligidir. Buning sababi havoning 
sovuqligi, moyning quyuqligi, yonilg'i aralashmasi tayyorlashning qiyinligi, o't olishning 
sekinlanishidir. 
Avtomobil starteri o't oldirishning eng past aylanish momentiga erishishni 
ta'minlashi kerak. 


89 
Ms 
= Mk + Mj + Mr 
bu yerda: 
Ms - starterning aylantirish momenti, 
Mk - ishchi yonilg'ini siqish uchun kerak bo'lgan moment, 
Mr - ishqalanish kuchlarini yengish uchun kerak bєlgan moment, 
Mj - inersiya kuchlarini yengish uchun kerak bo'lgan moment. 
Mr 
= 30 - 80% ni tashkil qiladi. 
Mk 
= 15 - 40% ni tashkil qiladi. 
Mj
= 1 - 3% ni tashkil qiladi. 
Avtomobillarni ochiq maydonlarda ishga shay holda saqlab turishga garajdan 
tashqarida saqlash yoki ochiq holda saqlash deyiladi. Hozirgi vaqtda yuk 
avtomobillarining 30 - 50% ochiq maydonlarda saqlanadi. 
Garajdan tashqarida saqlashda avtomobillarni ishga chiqarish uchun, dvigatelni 
yengil o't oldirish uchun kerakli bo'lgan har xil anjomlar va yo'llar qo'llaniladi. 
Garajdan tashqarida avtomobil saqlanganda dvigatelni o't oldiri-shini ta'minlash va 
agregatlarni issiqlik rejimini saqlab turish uchun quyidagi usullar qo'llaniladi: 
1 - avtomobilda ishdan keyingi issiqlikni saqlab turish, 
2 - tashqi manbaadagi issiqlikdan foydalanish, 
3 - dvigatelni sovuq holda o't oldirish anjomlaridan foydalanish. 
Birinchi usulni qo'llash, paxtali g'iloflardan foydalanish, akku-mullyator 
batareyasini 30 mm li oynali material bilan o'rash, dvigatel karteri, yonilg'i baki va moy 
tozalagichlarni g'iloflashdan iborat. Bu o'z navbatida 0
°S da dvigatelni 8 soatgacha, -30 
°S da 0.5 soatgacha sovib qolmasligini ta'minlaydi. Bu usul avtomobillarni qisqa vaqt 
ishlamay turishida qo'llaniladi. 
Ikkinchi usuldan, avtomobillarni smenalararo vaqt mobaynida issiq holda saqlab 
turish uchun foydalaniladi. Bunda isitish anjomlaridan, avtomobil dvigatelini uzluksiz va 
bir zumda isitish uchun foydalaniladi.
Saqlash turlari va anjomlari avtomobillarni yakka holda va guruhiy holda saqlash 
uchun moslashgan bo'lishi mumkin. Saqlash turlarini qo'llash avtomobilni issiq 
tayyorlashga bog'liqdir. 
Issiq tayyorlash tashqaridan beriladigan issiqlik manbaaini ko'rsatadi. Bu uzluksiz 
va bir damda isitish orqali amalga oshiriladi. 
Uzluksiz isitish, bu avtomobilning dvigatelini ishdan bo'sh vaqtida uzluksiz issiq 
holda saqlab turish demakdir. 
Bir zumda isitish esa, bu avtomobil ishga chiqishidan oldin, uning dvigatelini tezda 
isitish demakdir. 
Bir zumda issiq suv bilan isitishda ketadigan suv sarfini quyidagicha aniqlanadi: 

= Q ´ (1 - 0.1 ´ t okr), litr 
bu yerda: 
Q - dvigatelga bir to'ldirilgan suv hajmi, 
tokr - atrof muhit harorati. 


90 
Bu usulda 
- 40°S dagi dvigatelni + 85°S gacha isitish uchun 15-20 minut kifoya 
qiladi. 
Yuqorida keltirilgan isitish turlaridan tashqari, elektr energiyasi, infra qizil nurlar 
va qizigan havo bilan isitish kabilar mavjud. 
Uchinchi usulda asosan suyultirilgan moylar va o't oldirish suyuqliklari ishlatiladi. 
O't oldirish suyuqligi rolini etilli efir bajaradi. U juda past haroratda ham tezda o't oladi 
("
-139" - "-140" °S ), uchuvchanlik qobiliyatiga ega va qaynash temperaturasi 34.5°S ga 
teng. Bu suyuqlik silindrga sochiladi va 190-200
°S da o't oladi (siqish hisobiga). Dizellar 
uchun Xolod D-40 (etilli efir - 60%,izopropil nitrat - 15%, petroleyniy efir - 15% va gaz 
trubinalarining moyi - 10%) tez yonar aralashmasi ishlatiladi. Karburatorli dvigatellar 
uchun "Arktika"suyuqligi ishlatilib, uning tarkibida etil efiri, gaz efiri, izopropil nitrat va 
yedirilishga qarshi qo'shimchalar bor. 

Download 0,81 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   81




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 13-атэ-лотин-маъруза doc

Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish