4.Ko'tarish
, tashish va qarash ishlari texnologik jarayoni. ATK da JT ishlari
texnologik jarayonini tashkil qilish texnik, texnologik va hisobga oluvchi hujjatlarni
tayyorlash (ta'mirlash texnologik xaritalari, ajratish-yig'ish ishlari xaritalari) hamda, ish
joylarini tashkil qilish ishlarini o'z ichiga oladi.
Ko'tarish, qarash va tashish jihozlari JT va TXK da ishlatilib ular avtomobillarga
har tomondan (ustidan, tagidan, yonidan) XK va T ga imkon yaratadi va ish unumini
83
oshiradi. Avtomobillarga TXK ishlarining 40-50 % tagidan, 10-20 % yonidan va 40-45 %
ustidan bajariladi.
Ko'tarish, qarash va tashish jihozlari ish unumini oshiribgina qolmay balki, uning
sifatini oshirishga ham imkon yaratadi.
Asosiy ko'tarish, qarash va tashish jihozlarga ko'rish ariqchalari, ko'targichlar,
konveyrlar va estakadalar, yordamchilarga esa damkratlar, ag'dargichlar va har xil shu
kabi jihozlar kiradi. TXK va JT ishlarini bajarish asosan ishchilarni tik turgan holda
ishlashini talab etadi.
Ko'rish ariqchalari: ular eng ko'p tarqalgan universal ko'rish tuzilmalari bo'lib,
avtomobillarga ustidan, yonidan va tagidan xizmat ko'rsatish uchun imkon yaratadi.
Ko'rish ariqchalari bilan boshi berk, boshi ochiq ishchi postlari va oqimli qatorlar
jihozlanadi. Ular ensiz va enli bo'lishi mumkin.
Ensiz deb, ariqchalarning eni avtomobil enidan kam bo'lsa, enli deb avtomobil
enidan ko'p bo'lsa tushiniladi.
KO'RISH ARIQCHALARI
BOSHI BERK
BOSHI OCHIQ
ENSIZ
ENLI
Avtomobil koleyasi
oralig'ida
Yontomonli
Koleya tagida
ko'prikli
Avtomobilni
ko'tarib turuvchi
Ko'rish ariqchalarining turlanishi
Ko'rish ariqchalari tuzilish avtomobillarni turiga bog'liq bo'lib, uzunligi avtomobil
uzunligidan (yengil avtomobillar uchun 1.4-1.5m, yuk avtomobillar va avtobuslar uchun
1.2-1.3 m) uzun bo'ladi
. Eni esa avtobus va yuk avtomobili uchun 0.9-1.1 m, yengil
avtomobillar uchun 0.8 m bo'ladi. Ko'rish ariqchalariga kuchlanishli yoritgichlar (42 V)
o'rnatiladi va ularni harorati 16-25
°S bo'lgan, har 1 metr uzunlikka 200 m.kub/soat
hajmidagi,tezligi 2-2,5 m
/s va yo'nalishi 45° burchak ostida bo'lgan havo bilan
shamollatib turilishi kerak. Chiqindi gazlarni chiqarish uchun maxsus trubalar o'rnatiladi.
Ko'rish ariqchalari, ularda bajariladigan ish turiga qarab ko'targichlar,
harakatlanuvchi voronkalar, moy quyish qurilmalari bilan jihozlanadi.
Ensiz ko'rish ariqchalari yoriq emasligi, hamda ba'zi bir agregatlarni yechish va
o'rnatishning qiyinligi, enli ariqchalar ko'p joy egallashi kabi kamchiliklardan ham holi
emasdir.
|