• Shina va kameralarni yol sharoitida tamirlash.
  • Shinalarni yamash uchun jihozlar




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/81
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,81 Mb.
    #150608
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81
    Bog'liq
    Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi

    Shinalarni yamash uchun jihozlar 
    Shinalarni yamash uchun maxsus jihozlar ishlab chiqarilgan yoki ular ATK 
    sharoitida tayorlanishi mumkin. 
    Kameralarni ATK da ta'mirlash - kameralar ishga yaroqliligi aniqlangandan so'ng 
    yamaladi. Ishga yaroqli kameralarning qotib qolgan joylari yo'q, yirtiq joylarining bo'yi 50 
    mm dan, eni 5 mm dan oshmasligi kerak. Teshiklar oddiy yoki pishmagan rezinaga 1:8 
    konsertratsiyali kley surtilib va yirtiq joyga yopishtirilib jihoz yordamida yamaladi. Oddiy 
    rezina esa charxda dag'allashtiriladi, kley surtilgan teshikka yopishtiriladi va qirralariga 
    8:10 mm kenglikda pishmagan rezina yopishtirib apparat yordamida yamaladi. Kameralar 
    plitalar ustiga maxsus siqgichlar yordamida siqiladi va 15-20 minut davomida yamaladi. 
    Shina va kameralarni yo'l sharoitida ta'mirlash. 
    Yo'l 
    sharoitida 
    shinalarni 
    teshigi 
    qo'ziqorinsimon 
    tiqinlar 
    yordamida 
    berkitiladi.Tiqin shinani ichki tomonidan maxsus bigiz yordamida tiqiladi. 
    Kameralar esa pishmagan rezina bilan, yo'l sharoitiga mo'ljallangan yamash 
    moslamalari yordamida yamaladi. Yo'lda yamash moslamasi, maxsus vint yordamida bir-
    biriga yaqinlashtiriladigan yassi plitkalardan iborat bo'lib, ularga ichidan qizdirish 
    elementlari o'rnatilgan bo'ladi, hamda akkumullyator batareyasi yordamida ishlaydi. 
     


    78 
    Kamerasiz shinalarni ta'mirlash 
    Kamerasiz shinalar xuddi kamerali kabi ta'mirlanadi, lekin teshiklari 2 xil usul bilan 
    yamaladi. Kichik teshilganda (3 mm ga) shinalar yechilmasdan, joyida, teshigiga shpris 
    yordamida maxsus pasta yuborilib yamaladi. Buning uchun shinadagi bosim 0,03:0,05 
    MPa ga tushiriladi, pasta yuborilgandan 10-15 min keyin bosim me'yoriga keltiriladi. 3 - 
    10 mm li teshiklar maxsus probkalar yordamida, shinani diskdan yechmasdan turib 
    yamaladi. Yoki shinani yechib oddiy shinalar kabi yamaladi. 
    Shinani diski bilan yamash uchun maxsus sterjen yordamida kley surtilgan teshikka 
    tiqin tikiladi va uning uchi pratektordan 2-3 mm chiqarib qo'yiladi. 

    Download 0,81 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish