76
Avtomobil shinalariga TXK, shinadagi havo bosimini tekshirish, tashqi tomonini
nazorat qilish va protektor yedirilishini aniqlash, undan uchlik narsalarni chiqarib
tashlash, juftlab qo'yilgan shinalar orasidan masofani (40-50 mm) tekshirish, ularning
o'rnini almashtirishdan iborat.
Shinadagi havo bosimini aniqlash uchun porshenli yoki prujinali monometrlardan
foydalaniladi. Siqilgan havo qo'zg'almas yoki qo'zg'aluvchan kompressorli moslamalardan
olinadi. Ularning ishlab chiqarish qobiliyati 1 m3
/min bo'lib, hosil qiladigan bosimi 1,0-
1,2 Mpa ga teng bo'ladi.
Shinalarga TXK jarayoni quyidagicha:
- Diagnostika (D-1) paytida ularning ichki bosimini nazoratdan o't-kazish va 1-
TXK paytida ichki bosimni normal holatga keltirish,
- Shinalarni qarovdan o'tkazish, chegara yeyilishini aniqlash, qoplamaga va ular
orasiga tiqilgan predmetlarni tozalash, chuqurligini tekshirish,
- 2-TXK paytida shinalarni avtomobildan yechib olib yoki yechmasdan mu-
vozanatlash.
Shinalarni ko'proq ishlashi uchun ularni ajratish va yig'ish ishlariga alohida e'tibor
berish kerak.
Shinalarni yig'ish ishlarini bajarishdan avval disklar va g'ildirak detallari
tekshiriladi (bort va qulf halqalari), hamda iflosliklardan va zangdan tozalanadi. Disklarni
to'g'rilash va tozalash uchun maxsus stanoklardan foydalaniladi.
Yengil avtomobillarni shinalarini ajratish va yig'ish uchun maxsus SH-501 M
modelidagi kabi jihozlar ishlab chiqarilgan, ulardan tashqari juda ko'p turdagi nostandart
jihozlar ham mavjud bo'lib, ular asosan elektrodvigatel, reduktor, siqgich, kranchalar va
boshqa detallardan tuzilgan bo'ladi.
Yuk avtomobili va avtobuslarni g'ildiraklarini ajratish va yig'ishda ham maxsus
jihozlardan foydalaniladi.
Yengil avtomobil shinalarini ajratib va yig'ilgandan so'ng ularni muvozanatlash
zarurdir.