74
yangisiga almashtiriladi. Oldingi ko'prik balkasi egilganligini maxsus moslamalar,
shablonlar, lineykalar va burchak o'lchagichlar yordamida aniqlanadi.
Yeyilgan shkvoren vtulkalari yangisiga, avval vtulkaning bir tomoni,
keyin esa
ikkinchi tomoni almashtiriladi. Almashtirish vaqtida o'rnida qolgan vtulka o'rnatilayotgan
vtulka uchun markazlovchi rolini o'ynaydi.
Oldingi ko'prik nosozliklarining eng ko'p uchraydigani - g'ildirak o'rnatish
burchaklarining buzilishidir. Tuzilishi jihatidan yuk avtomobillari va avtobuslar uchun
faqat yaqinlashuv burchagi, yengil avtomobillar uchun g'ildirakning og'ish burchagi,
shkvorenning bo'ylama og'ishi, burilish burchaklarining
bir-biriga monandligi va
yaqinlashuvi sozlanadi. Keltirilgan ketma-ketlik texnologik zaruriy hisoblanadi. Bu
ketma-ketlikka rioya qilmaslik avval sozlangan burchakning buzilishiga olib keladi.
Yuk avtomobillari va avtobuslarda g'ildiraklarning og'ish burchagi hamda
shkvorenning bo'ylama og'ish burchagining buzilishi balkaning deformatsiyasi hisobiga
o'zgaradi. Agar balkani to'g'rilashning imkoni bo'lmasa, uni yangisiga almashtiriladi.
Hozirda ishlab chiqarilayotgan oldingi osmasi ikkita richagdan iborat bo'lgan yengil
avtomobil g'ildiraklarining og'ish burchagi yuqorigi yoki pastki richagni siljitish yo'li
bilan sozlanadi. Buning uchun har bir qotirish bolti tagiga bir xilda g'istirmalar qo'yiladi
(yoki olinadi).
Shkvorenning bo'ylama og'ish burchagi richag o'qlarini gorizontal tekislikda burash
hisobiga sozlanadi. Buning uchun sozlash tiqinlarini bir bolt
tagidan olib ikkinchisiga
qo'yiladi. Tiqinlarni o'zgartirish soni sozlanuvchi burchakka bog'liqdir.
Avtomobil boshqarish g'ildiraklarining o'rnatilish burchaklarini me'yorida
bo'lishi, uning ravon yurishini, yengil boshqarilishini, shinaning kam yeyilishini va
tebranishga qarshiligini, yonilg'i sarfining kamayishini ta'minlaydi.
Zamonaviy
avtomobillarda, avtobuslar va yuk avtomobillarida oldingi
g'ildiraklarning o'rnatilish burchaklaridan yaqinlashuv burchaklarigina sozlanadi.
Sozlash ishlari K-463 turidagi teleskopik o'lchagich yoki boshqa jihozlarda amalga
oshirilishi mumkin. Quyida teleskopik o'lchagichning(2.70-rasm) tuzilishi keltirilgan.