Tormoz tizimi birikmalarini joriy ta'mirlash. Bunda tormoz tizimining ishdan
chiqqan birikmalari bo'laklarga ajratiladi, yeyilgan detallar yangisiga almashtiriladi.
Avtomobillarning tormoz tizimiga 2-TXK va JT vaqtida yeyilgan tormoz
kolodkalarining qoplamalari R174 turidagi jihozlar yordamida yo'nilib yoki parchinmixlar
parmalanib olib tashlanadi. Yangi qoplamalar rangli metallardan tayyorlangan
parchinmixlar yoki VS-10T yelimi yordamida qotiriladi. Yelimlash ish hajmini uch
barobar kamaytiradi, rangli metallarni tejaydi, qoplamalarning ishqalanish yuzasini va
ishlash muddatini oshiradi. Yelimlashdan avval kolodkalar metallgacha tozalanadi,
atseton yordamida moysizlantiriladi va 10 min. davomida quritiladi. Yelim yuzaga
0,1
¼0,15mm qalinlikda bir qatlam surtiladi va 10¼15 min. ushlab turiladi (yelim
qatlamining qalinligi 0,5mm dan yuqori bo'lsa, birikma mustahkamligi pasayadi), keyin
ikkinchi qatlam suriladi va qaytadan quritiladi. Qoplama kolodka bilan birlashtirilib
maxsus moslamaga (1.68-rasm) o'rnatiladi hamda 0,2
¼0,4MPa bosim bilan siqiladi va
175
¼185°S haroratda 1,5¼2 soat quritiladi. Bundan so'ng 50¼60 min. davomida
pechka harorati 100
°S ga tushguncha hamda 2¼3 soat havoda sovutiladi. Bunday
sovutishda yelimlangan birikmada qoldiq kuchlanish kamayadi.
Yelimlashning boshqa usuli ham mavjud bo'lib, unda paxta qog'ozli lenta maxsus
moslamalar yordamida VS-10T yelimi bilan shimdiriladi va quritiladi. Yelimlash vaqtida
kerakli o'lchamdagi lenta qirqib olinadi, kolodka va qoplama orasiga qo'yiladi va uni
0,2
¼0,3MPa bosim bilan siqiladi, 180±5°S haroratda 1,5 soat ushlab turiladi. Yelimlash
sifati 7,5
¼8MPa bosim ostida press yordamida siljishga tekshiriladi.
Kolodkalarning ishchi yuzalari radiusi tormoz barabani o'lchamiga mos kelishi
zarur. Buni amalga oshirish uchun tormoz kolodkalari R114 yoki R117 turidagi jihozlarda
yo'nib tashlanadi. Xuddi shu jihozlarda tormoz barabanlarini ta'mirlash o'lchamlarigacha
70
yo'nish mumkin. Kolodkalarni tormoz barabanlariga o'rnatishda ishchi yuzalar bir-biriga
to'liq birlashishini ta'minlash zarur. Ular orasidagi tirqish juda kam qiymatga ega bo'lishi,
lekin barabanning erkin aylanishini ta'minlashi lozim.