Havo yuritmali tormoz tizimiga TXK




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/81
Sana02.02.2024
Hajmi0,81 Mb.
#150608
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81
Bog'liq
Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi

Havo yuritmali tormoz tizimiga TXK. TXK davrida havo yuritmali tormoz tizimi 
bo'yicha quyidagi ishlar bajariladi: 
1. Kompressor texnik holatini aniqlash va tasmalarning tarangligini sozlash. 
Kompressorni tekshirishdan avval tasmasining tarangligi tekshiriladi va sozlanadi.
Ikki shkiv o'rtasidan tasmani 30-40 N kuch bilan bosganda, egilishi 10-15 mm ni tashkil 
etishi kerak. 
Kompressorni tekshirish uchun dvigatel ishga tushirilib havo bosimining 
ko'tarilish tezligi aniqlanadi. Havo bosimi 0 dan 0,6...0,7 MPa ko'tarilishi 5-6 minut 
davom etishi kerak. 
2. Havo sozlagichni tekshirish va sozlash. 
Havo sozlagich kompressorni tizimdan 0,7-0,74 MPa bosimda uzishi va 0,55-0,6 
MPa bosimda ulashi kerak. Yuqori bosim qistirmalar sonini oshirish yoki kamaytirish
pastki bosim - qalpoqchani qotirish yoki bo'shatish yo'li bilan sozlanadi. 
3.Tormoz tizimining zichlikligini tekshirish va sozlash. 
Zichlik ikki uchastkada tekshiriladi: 
A. Kompressor - tormoz krani uchastkasi: 
Ishlab turgan dvigatel o'chiriladi va havo bosimi pasayishi manometr yordamida 
kuzatib boriladi. Tormoz tepkisi bosilmagan holatda, bosimning 10-12 minut davomida 
pasayishi 0,01 MPa dan oshmasligi kerak. Bosimning me'yoridan tez pasayishi 
“kompressor-ressiver-tormoz krani” uchastkasida jipslik buzilganligini ko'rsatadi. 
B.Tormoz krani - tormoz kamerasi uchastkasi: 
Ishlamayotgan dvigatelda tormoz tepkisi to'liq bosiladi va manometr yordamida 
bosimning pasayishi tekshiriladi. Bunda bosim tezda 0,10-0,15 MPa ga pasayishi so'ngra 
pasaymasdan turishi zarur. Bosimning me'yoridan pasayishi “tormoz krani-tormoz 


69 
kamerasi” uchastkasida jipsliklik buzilganligini ko'rsatadi. Havo chiqish joyi eshitish
yoki sovun aralashmasini shubhali joylarga surtish bilan aniqlanadi. 
4. Tormoz kranini tekshirish va sozlash. 
Tormoz tepkisining erkin yurish yo'li chegaralovchi gayka bilan mahkamlangan 
bolt yordamida sozlanadi. Tormoz tepkisining erkin yurishi (30...60 mm), tormoz krani 
yuqori richagining (1...2 mm) erkin yurishga mos keladi. Tormoz tepkisi bosilganda,
ya'ni tormoz kamerasi va ressiverda bosim tenglashganda, uning orqa tomoni kabina 
poliga 10...30 mm yetmasligi kerak. Agar shu shart bajarilmasa, tepkiga biriktirilgan vilka 
yordamida bu masofa sozlanadi. 
5. Tormoz kameralari shtoki yo'lini tekshirish va sozlash.
Shtok yo'lining uzunligi chizg'ich yordamida aniqlanadi; bu oraliq oldingi 
g'ildiraklarda 15...25 mm, orqa g'ildiraklarda 20...30 mm bo'lishi kerak. Shtok yo'li, uning 
uchiga o'rnatilgan vilkani oldinga yoki ketinga burash yo'li bilan sozlanadi. Sozlash 
davrida chap va o'ng g'ildiraklardagi tormoz kamerasi shtogining ishchi yo'li bir xil 
bo'lishi ta'minlanadi. 
Tormoz kamerasi shtogining uzunligi hamda kolodka qoplamasi va baraban 
orasidagi tirqish qo'shimcha ravshda chervyakli sozlash mexanizmi yordamida me'yoriga 
keltiriladi. 

Download 0,81 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish